Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
26.08.19

Biznesni yopish qanchalik osonlashadi

1.01.2020 yildan tadbirkorlik sub’yektlarini ixtiyoriy tugatish va faoliyatini toʻxtatish, shuningdek moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotganlarni davlat reyestridan chiqarishning yangi tartibi kuchga kiradi

26.08.19

«Raqamli xoʻjalik» hosildorlikni 15-20%ga oshirishga yordam beradi

Bu fermerlarga ekinlar parvarishi va yerning holatini yaxshilash boʻyicha masofadan tavsiyalar olish imkonini beradigan mobil ilovadir.

26.08.19

Senatorlar 3 ta qonunni ma’qullab, 1 tasini rad etdilar

2019 yil 23 avgust kuni Toshkent shahrida Oliy Majlis Senati yigirma birinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni boʻlib oʻtdi.

23.08.19

Mehnat migrantlariga – kvartiralar, mikroqarzlar, kreditlarni toʻlashning soddalashtirilgan tartibi

Prezidentning 20.08.2019 yildagi PF-5785-son Farmoni bilan xorijda ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirishga doir chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

23.08.19 NHH loyihalari
23.08.19

Yangi Kodeksda nimalar bayon etilgan?

Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan, muhokama joriy yilning 1 sentyabriga qadar davom etadi.

23.08.19

Poytaxt maktablari modernizatsiya qilinadi

Toshkent shahri umumta’lim maktablari faoliyatini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

23.08.19

Energetika vazirligi – qoʻshimcha vazifalar va yangi departament

Prezidentning 22 avgustdagi qarori bilan Energetika vazirligining energiya samaradorligi va energiya tejovchi texnologiyalar sohasidagi maqomi belgilandi.

23.08.19

Hisoblagichlarning qiyoslashlararo intervali ikki baravar oshirildi

1 noyabrdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suv hisoblagichlarini yechish, qiyoslashdan oʻtkazish va oʻrnatishning yangi tartibi kuchga kiradi.

22.08.19

Kitob sovgʻa qilamiz

knigi.uz internet-doʻkoni navbatdagi bayram aksiyasini e’lon qildi. Ikkita va undan ortiq kitobni yagona toʻlov kiritib olgan har bir xaridorga uchinchi kitob sovgʻa qilinadi.

22.08.19

Startap-kompaniya asoschisiga qanday koʻnikmalar zarur

ERGO Research & Advisory konsalting va tadqiqot kompaniyasi tomonidan Innovatsion rivojlanish vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning startap kompaniyalari soʻrovnomasi oʻtkazildi.

22.08.19

Mustaqillik kunida necha kun dam olamiz

«Norma» 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasining davomiyligini hisobga olgan holda 2019 yil avgust oxiri – sentyabr boshida dam olinadigan kunlar kalendarini tayyorladi.

22.08.19

Yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari qanday tashkil etiladi

Respublikaning tumanlari, shaharlari va boshqa aholi punktlarida, oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan ob’yektlarda Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

22.08.19

Davstatqoʻm huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida doktorantura ochiladi

Davstatqoʻm huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi

22.08.19

Nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi

LBMA «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat qilish va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimini sinashga kirishdi.

22.08.19

Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish – 5 ta yoʻnalish boʻyicha

Nukus shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlatimiz rahbari mintaqani taraqqiy ettirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi.

21.08.19

Madaniyat va san’at muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etiladi

Ular toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan.

21.08.19

Kun tartibiga kiritilgan qonunlar ekspertizadan oʻtdi

Senatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokama qilindi.

21.08.19

Tashuvchilarimiz Turkiya portlarida yuklarni ortishlari mumkin

Turkiya Hukumati Oʻzbekiston avtotashuvchilariga qaytishda Turkiya portlarida yuklarni ortish huquqini berdi.

21.08.19

Asillik darajasini belgilash palatasi rahbariyati qanday tayinlanadi

Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy filiallari tuzilmasi hamda u toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.

21.08.19

“Xavfsiz shahar”: poytaxtda joriy etishni 2020 yil oxiriga kelib yakunlaydilar

Kelasi yilning ikkinchi yarmida videokuzatuv kameralari, ekodatchiklar va “aqlli” svetoforlar oʻrnatiladi. Tizim 2020 yilning IV choragida foydalanishga topshiriladi.

21.08.19

Qishloq xoʻjaligi sohasida oliy ta’lim olish yanada osonlashadi

Prezident 19.08.2019 yilda Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi PQ-4421-son qarorni imzoladi.

21.08.19

Nodavlat Qoʻqon universiteti tashkil etildi

Uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari Vazirlar Mahkamasining 17.08.2019 yildagi 683-son qarorida belgilangan.

21.08.19

2020 yilda milliy hisoblarning yangi tizimini joriy etishni boshlaydilar

U makroiqtisodiy koʻrsatkichlar qamrovining toʻliqligini va YaIMni yakuniy iste’mol usulida hisoblash metodologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi.

21.08.19

Ma’lumotlarni qanday yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish mumkin

Ochiq ma’lumotlar sohasidagi muammolarni aniqlash, ma’lumotlarning dolzarbligini va haqqoniylik darajasini, ularga boʻlgan talabni oshirish, ulardan foydalanish imkonini beradigan portalning funksionalini yaxshilash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.

21.08.19

Farmatsevtika: litsenziya olish uchun – tizimga ulaning

Hukumat farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va preparatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartiblarini qayta koʻrib chiqdi.

21.08.19

Davlat byudjeti shaffoflashadi

Fuqarolar esa mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismi uchun yoʻnalishlarni oʻzlari belgilashlari mumkin

20.08.19

Ayirboshlash shoxobchasida naqd valyutani xarid qilish mumkin

Markaziy bank xabariga koʻra, 20 avgustdan boshlab tijorat banklari ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyutani naqd shaklda sotishni boshladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.