6 may kuni muborak Ramazon oyi boshlanadi
Prezident 2019 yil 1 may kuni tegishli qarorni imzoladi
Bojxonachilarga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qanday qoplanadi
Bojxona organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi tasdiqlandi
Imtihon: hujjatlar kamaydi, imtiyozlilar koʻpaydi
Mahalliy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish mexanizmiga tuzatish kiritildi. Bakalavriat, magistratura va sirtqi ta’lim shakliga qabul qilish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Adliya vazirligi FKning yangi tahririga oid takliflarni jamlamoqda
Har bir taklif koʻrib chiqilib, maqbul deb topilganda hujjatni ishlab chiqish chogʻida foydalaniladi
Bojxona institutiga oʻqishga qanday kirish mumkin
Davlat bojxona qoʻmitasining Bojxona institutiga oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi
Davlat aktivlari sotiladi, investitsiya takliflari shakllantiriladi
Mamlakatimizga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
Uzcard kartasi egalari overdraft-kreditni darhol oladilar
Yagona umumrespublika protsessing markazi ushbu xizmatni toʻldirib, mukammallashtirdi
Davlat ulushi boʻlgan kompaniyadagi boshqaruvchilar – Hukumat bilan kelishilgan holda
Vazirlar Mahkamasining 26.04.2019 yildagi «Davlat aktivlarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 356-son qarori qabul qilindi
1 maydan joriy etilgan qonunchilikdagi yangiliklar
2019 yil 1 maydan kuchga kirgan asosiy huquqiy yangiliklar toʻplamini oʻquvchilar e’tiboriga havola etamiz
Yana 3 ta bank va 2 ta aksiyadorlik jamiyati IPO va SPO oʻtkazadi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi 358-son qarorida shu nazarda tutilgan
Ta’lim sohasida sifat jihatidan jiddiy oʻzgarishlar kutilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi
Loyiha va hujjatlarni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi baholaydi
Qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash metodikasi tasdiqlandi
Maktablar va bolalar bogʻchalarini faqat 6 ta davlat organi tekshirishga haqli
Maktabgacha hamda umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish mexanizmi belgilandi
Qaysi OTM diplomlari imtihonsiz tan olinadi
Quacquarelli Symonds World University Rankings (2019) e’lon qilindi
Maktabda pullik xizmatlar: u qanday amalga oshiriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida pullik ta’lim xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Ta’limdagi byudjetdan tashqari mablagʻlardan foydalanish nazorat qilinadi
Xalq ta’limi muassasalarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Ekspertlar majburiy tibbiy sugʻurtani joriy qilishni muhokama qildilar
2021 yildan uni joriy etish boshlanadi va birinchi navbatda, yirik tashkilotlarda majburiy sugʻurta ta’minlanadi. Bu Toshkentda “Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlashni moliyalashtirishni isloh qilish” xalqaro uchrashuvida muhokama qilindi
Muvofiqlikni baholash organlarini maxsus Markaz akkreditatsiyadan oʻtkazadi
Bu Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 apreldagi 349-son qarorida belgilangan
Oliy Majlis Senatining oʻn toʻqqizinchi yalpi majlisi 3 may kuni boʻlib oʻtadi
Kun tartibiga mamlakatimizning bugungi rivojlanish yoʻlida qoʻyilgan maqsadlarga erishishga, fuqarolik jamiyati asoslarini yanada mustahkamlash va demokratik islohotlar samaradorligini ta’minlashga qaratilgan qator qonunlar kiritilgan
Mahalliy mahsulotlar sifatini oshirishga doir ishlar takomillashtirilmoqda
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasini yaxshilashga yoʻnaltirilgan bir qator chora-tadbirlar belgilandi
Sifatsiz boʻlgan mahsulotlar ochiq bazaga kiritiladi
Insonlar hayoti, salomatligi, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz boʻlgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
«GM Uzbekistan» avtomobillari mahalliy shinalar bilan butlanadi
Hukumat «Birinchi rezinotexnika zavodi» MChJni yagona yetkazib beruvchi sifatida tan oldi. Endi byudjet va korporativ buyurtmachilar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzgan holda, korxona mahsulotlarining xaridini amalga oshirishga haqlidirlar
Oʻzini oʻzi band qilganlarga guvohnoma beriladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Oʻzini oʻzi band qilish uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini kiritish toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyilgan
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi: turizm va baliqchilikni rivojlantirish
Aydar-Arnasoy koʻllar tizimining biologik resurslaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi
9 Mayni nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi
Tegishli qarorni Oʻzbekiston Prezidenti 2019 yil 23 aprel kuni imzoladi
Aholini roʻyxatga olish aniq ma’lumotlarni ta’minlashi kerak
24 aprel kuni Qonunchilik palatasida Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi tashabbusi bilan «Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamasiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi
Huquqiy targʻibot qanday baholanadi
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash tartibi tasdiqlandi
Oʻzbekistonda bolalar ombudsmani boʻladi
Prezidentning 22.04.2019 yildagi «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4296-son qarori imzolandi
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


