Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
08.02.19

Media-ombudsman institutini tashkil etish rejalashtirilmoqda

Uning faoliyati OAVning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, davlat organlarining ular faoliyatiga asossiz aralashuvining oldini olishga yoʻnaltiriladi

08.02.19

TDYuUga kirish imtihonlarida fanlar boʻyicha ballar taqsimoti oʻzgartirildi

Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari boʻyicha)» yoʻnalishi boʻyicha bakalavriatga oʻqishga kirishda test sinovlaridagi fanlar boʻyicha ballar taqsimoti oʻzgardi

08.02.19

Huquq-tartibot xodimlari yangi maxsus dastur boʻyicha oʻqitiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida yuridik kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha TDYuUning Ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi

08.02.19

Film ishlab chiqarish uchun davlat koʻmagi qanday olinadi

Vazirlar Mahkamasining 5.02.2019 yildagi 89-son qarori bilan milliy va xorijiy kinokompaniyalar bilan hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi belgilandi

08.02.19

«Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ monopoliyasiga barham berildi

Transport vazirligi tashkil etildi. Idora 6 ta soha: avtomobil, temir yoʻl, havo, daryo transportlari, shuningdek metropoliten va yoʻl xoʻjaligiga boshchilik qiladi

07.02.19

Xalqaro shartnomalar barcha uchun ochiq boʻladi

«Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri (6.02.2019 yildagi OʻRQ–518-son) e’lon qilindi

07.02.19

Xitoy instituti filialida biznes yuritishni oʻrgatadilar

Nanking politexnika institutining delegatsiyasi Oʻzbekistonda filial ochishni taklif qildi

07.02.19

Pullik sport toʻgaraklari qanday ishlaydi

Davlat ta’lim muassasalarining sport inshootlarida pullik xizmat koʻrsatuvchi sport toʻgaraklarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi

07.02.19

Xorijiy mutaxassis sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari boʻladi

Sogʻliqni saqlash vazirligida sogʻliqni saqlash sohasiga ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun mas’ul vazir oʻrinbosari paydo boʻladi

07.02.19

Alkogol bilan ulgurji savdo qilish uchun litsenziya olinadi

Hozircha aniq sana belgilanmagan, ikki oy muddatda tegishli tuzatishlar kiritilgan qonun loyihasi ishlab chiqilishi kerak

06.02.19

Iqtisodiy sud ishlari soddalashtirilgan tartibda koʻriladi

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida toʻrtta qonun loyihasi koʻrib chiqildi

06.02.19

Dasturiy ta’minot eksportida valyuta tushishi muddati xorijiy savdo maydonchasi qoidalari boʻyicha belgilanadi

Dasturiy ta’minot vositalari eksporti va importi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 2549, 8.01.2014 y.) tuzatishlar kiritildi

06.02.19

Alkogol ishlab chiqaruvchilar 1 iyulgacha litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishlari shart

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning yangi tartiblari belgilandi. Ushbu mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarga qoʻyiladigan litsenziya talablari kuchaytirildi

06.02.19

Uzumchilik va vinochilikni boshqarish tizimi qayta tashkil etildi

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi tashkil etilmoqda, «Oʻzsharobsanoat» AJni esa tugatish taklif qilinmoqda

06.02.19

Oʻzbekistonda 1 martdan boshlab biznes yuritish osonlashadi

Prezidentning 5.02.2019 yildagi «Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

06.02.19

Elektr energiyasi va gaz uchun biznes toʻlaydigan oldindan toʻlov 50%gacha kamaytirildi

Maishiy iste’molchilar sirasiga kirmaydigan iste’molchilar energiya tashuvchilar uchun «50/50» tizimi boʻyicha – yarmini oldindan, yarmini oy oxirigacha toʻlash huquqiga ega boʻldilar

06.02.19

Oʻzbekiston aholisini roʻyxatga olish 2022 yilda oʻtkaziladi

Ushbu keng koʻlamli tadbir OʻzAda e’lon qilingan Prezidentning 2019 yil 5 fevraldagi Farmonida nazarda tutilgan

06.02.19

Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi: tuzilmasi, vakolatlari, hisobot

Vazirlar Mahkamasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi

05.02.19

Tibbiyot xodimiga tajovuz qilganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytiriladi

QHTBTda «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi joylashtirilgan

05.02.19

Darsliklarni nashr etish uchun xom ashyo – toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha

Davlat buyurtmachilari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) roʻyxati toʻldirildi

05.02.19

Energetika vazirligi tashkil etildi

Prezident 2019 yil 1 fevralda mamlakatimiz yoqilgʻi-energetika sektorini isloh qilishga yoʻnaltirilgan Farmon va qarorni imzoladi

05.02.19

Ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi

Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi 77-son qarori bilan ayrim ma’lumotlarni rasman e’lon qilish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi

05.02.19

Uchta shaharni rivojlantirish istiqbollari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatidagi sanoat shaharlari: Olmaliq, Angren va Chirchiqning bosh rejalarini tasdiqladi

05.02.19

Mediatorlar qanday va qayerda oʻqitiladi

«Keys-stadi», nizoli jarayonlarning imitatsiyasi, «aqliy hujum» – adliya vazirining buyrugʻi (31.01.2019 yilda 3134-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan tasdiqlangan Mediatorlarni tayyorlash dasturiga ana shunday ta’lim shakllari kiritilgan

05.02.19

OʻzMAA qayta tashkil etildi, uning maqomi oshirildi

Prezidentning 2.02.2019 yildagi Farmoni va qarori bilan mass-media sohasida boshqaruv organlarini qayta tashkil etish nazarda tutilgan

05.02.19

Sigareta tutunida qancha nikotin va smola boʻladi

Vazirlar Mahkamasining 1.02.2019 yildagi 74-son qarori bilan Tamaki mahsulotlari toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament tasdiqlandi

04.02.19

Ichki valyuta bozori faollashtiriladi

2018 yilda valyuta bozorida talab va taklif boʻyicha operatsiyalar hajmining oshganligi, valyuta bitimlari ishtirokchilari soni koʻpayganligi, shuningdek xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning yashirin valyuta bozoridan rasmiy valyuta bozoriga oʻtishi kuzatildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.