Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
04.02.19

1 iyuldan bankrotlik mexanizmining ayrim elementlari oʻzgaradi

Prezidentning 1.02.2019 yildagi «Bankrotlik taomillarini yanada soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

04.02.19

XUMSh va boshqaruvchi kompaniya ishini qanday kuzatish mumkin

Vazirlar Mahkamasining 30.01.2019 yildagi «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 67-son qarori qabul qilindi

01.02.19

Direktor uchun multfilmlar

«Norma» korxonalar rahbarlari uchun «QQS toʻgʻrisida» kulgili qilib chizilgan multfilmlarni yaratdi. Ularni buxgalter.uz da bepul tomosha qiling

01.02.19

Pensiya olish uchun ishonchnoma – qoʻshimcha toʻlovlarsiz

Adliya vazirligi 2018 yilda aholiga koʻrsatilgan huquqiy xizmatlar turlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi

01.02.19

Ish haqi miqdori va mehnat faoliyati toʻgʻrisida arxiv ma’lumotnomalarini olish osonlashdi

Endi buni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish mumkin

01.02.19

Jismoniy tayyorgarlikni topshirganlarga razryad, unvon va koʻkrak nishoni beriladi

Hukumat fuqarolarning umumiy jismoniy tayyorgarligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” sinov mashqlari tizimini tartibga soldi

31.01.19

Jizzax kichik biznes olgan daromadlar boʻyicha yetakchilik qilmoqda

Davstatqoʻm aholining 2018 yildagi jami daromadi umumiy hajmini hisoblab, uning tuzilmasini taqdim etdi

31.01.19

QQS boʻyicha ilk hisobotni muammosiz topshirish siri

QQS toʻlovchi korxonalarning buxgalterlari 2019 yil 26 fevralgacha soliq boʻyicha hisobot topshirishlari shart. «Norma» professional rivojlanish markazidagi treninglar uni muammosiz topshirishda yordam beradi

31.01.19

2018 yilda Oʻzbekistonga kelganlar soni koʻproq boʻldi

Oʻzbekistonga kelgan chet el fuqarolari soni 2,3 marta ortganligi ta’kidlanmoqda, bu esa mamlakatimizda turizm rivojlanayotganligidan dalolat beradi

31.01.19

Malakali siyosatshunoslar koʻpayadi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Siyosatshunoslik» kafedrasi ochiladi hamda ushbu yoʻnalishga qabul kvotalari tasdiqlandi

31.01.19 NHH loyihalari
31.01.19

Shisha idishlar faqat yuridik shaxsga topshiriladi

Xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatini qisqartirish taklif etilmoqda

30.01.19

Xorijda milliy brendlar ilgari suriladi

Investorlarni qoʻllab-quvvatlash hamda mahalliy mahsulotlarni xorijiy bozorlarga chiqarish boʻyicha yangi chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirila boshladi

30.01.19

1 fevraldan joriy etiladigan qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar

Qishning soʻnggi oyida Oʻzbekistonda viza rejimi, bojxona rasmiylashtiruvi, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash va boshqa sohalarda yangi qoidalar kuchga kiradi

30.01.19

Hukumatda – tarkibiy oʻzgarishlar va yangi ish tartibi

Hukumatning amaldagi ish usullari qayta koʻrib chiqildi, Vazirlar Mahkamasida ayrim departamentlar tugatilmoqda, qoʻshimcha lavozimlar, shuningdek rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tayinlash tartibi joriy etilmoqda

30.01.19

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tashkil etildi

U Tashqi savdo vazirligi va Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi negizida tashkil etildi

30.01.19

Uy-joy qurish uchun yer qanday olinadi

Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion oʻtkazish tartibi tasdiqlandi

30.01.19

Qachon chekdagi tovarlar roʻyxati almashtirilmaydi

Kassa chekida tovarlar va xizmatlar nomini koʻrsatish kerakmi? Soliq kodeksi va VMning 17.11.2011 yildagi 306-son qarori bunga ha deb javob beradi. DSQ xatida esa faqat tovarlar guruhi haqida soʻz borgan. Bunday vaziyatda savdo shoxobchalari qanday yoʻl tutishlari lozim?

30.01.19

Biznes uchun yengillik yaratish maqsadida

LBMA mutaxassislari «Doing Business» ma’ruzasida Oʻzbekistonning xalqaro reytingini oshirishga yoʻnaltirilgan harakatlar rejasini ishlab chiqdilar

30.01.19

Yangi harbiy institut ochildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi

30.01.19

Import-eksport rasmiylashtirilishini yaxshilash boʻyicha taklif kiriting

Adliya vazirligi ayrim idoralarning tovarlar importi va eksportini rasmiylashtirish jarayoni yuzasidan tadbirkorlarning takliflarini jamlamoqda

29.01.19

Davlat tashkilotlari haydovchilari ish haqi qanday boʻlishi kerak

Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq toʻlashning umumiy shartlari tasdiqlandi

29.01.19

Ekspertlar Oʻzbekistonni uzoq muddatli rivojlantirish Strategiyasini muhokama qiladilar

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 5-6 fevral kunlari «Oʻzbekiston 2035» II xalqaro forumi boʻlib oʻtadi

29.01.19

Jamoa shartnomasi maketi yangilandi

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi 2019 yilgi jamoa shartnomasining yangilangan namunali maketini, shuningdek tarmoq va idoraviy boʻysunishidan kelib chiqqan holda tuzilgan hujjatlarning maketlarini taqdim etdi

29.01.19

Xorazmda Malayziya universiteti filiali ochiladi

Malayziya Texnologiya universitetining bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha filialida injiniring, axborot texnologiyalari, fundamental fanlar va menejment yoʻnalishlari boʻyicha ta’lim beriladi

28.01.19

Soliqlar - 2019. Eng muhimi

2019 yil 30 yanvar kuni «Norma» professional rivojlanish markazida Aziza Toshxoʻjayeva “Soliqlar - 2019. Eng muhimi” seminarini oʻtkazadi

28.01.19

XALIKK–2017 kengaytirildi

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK–2017) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

28.01.19

Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati indeksatsiya qilindi

Yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish hamda pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaxshilash qiymati miqdorlari oshirildi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.