Toshkentda xorijiy investorlarga maxsus markazlar yordam beradi
2019 yilning 1 fevralidan poytaxtning tuman hokimliklari huzurida Investorlarni qoʻllab-quvvatlash markazlari ish boshlaydi. Markazlar investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy investorlarga, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida koʻmaklashadi
2019 yilda bolalar bogʻchasi uchun toʻlov qanday oʻzgaradi
Toshkent shahri va viloyatlar markazlari boʻyicha indeksatsiya foizi koʻrsatilgan holda bolalar bogʻchasi uchun toʻlovning amaldagi va 2019 yil 1 maydan joriy etiladigan miqdorlarining solishtirma jadvalini taqdim etamiz
Mehmonxonalarni qurish boʻyicha xarajatlarning bir qismi davlat tomonidan qoplanadi
2021 yil oxiriga kelib mamlakatimizda mehmonxona nomerlari 2,5 baravar koʻp boʻladi. Xostellar va zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalar qurish ustuvor hisoblanadi. Buning uchun investorlar faol jalb etiladi, ularni har tomonlama, loyihalarni birgalikda moliyalashtirishgacha qoʻllab-quvvatlash amalga oshiriladi
Ijara toʻlovining eng kam stavkalari oshirildi
Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarori bilan jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladigan 2019 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi
Xorijga chiqish pasportlari mavzusi boʻyicha F.A.Q.
Poytaxt IIBB xorijga chiqish pasportlariga taalluqli eng koʻp beriladigan savollarga javob beradi
Garov reyestriga yozuv kiritish va undan koʻchirma olish ikki baravar arzonlashdi
Vazirlar Mahkamasining “Garov reyestri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2014 yil 12 iyundagi 155-son qaroriga tegishli tuzatishlar kiritildi
Asossiz oshirilgan narxlar haqida Moliya vazirligiga xabar berish mumkin
Moliya vazirligi huzurida Shtab tuzildi, u qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashga oʻtish, shuningdek iste’mol tovarlariga narxni shakllantirish yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga tezkor javob qaytarish bilan shugʻullanadi
Elektrotexnika sanoati korxonalari uyushmasi tashkil etildi
Uyushma “Oʻzeltexsanoat” AK negizida tashkil etiladi. Ixtiyoriy asosda a’zo boʻlgan elektrotexnika sanoati korxonalari va tashkilotlari uning a’zolari boʻlishi mumkin
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi hisobidan qanday kadrlar tayyorlanadi
2019-2021 yillarda Jamgʻarma stipendiyalari hisobidan kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtkazish dasturlari boʻyicha 4 000 ta mutaxassisni tayyorlash rejalashtirilmoqda. Ularning 20%i magistratura va doktoranturada oʻqishadi
Koʻchmas mulk toʻgʻrisida ma’lumot olish osonlashdi
Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom yangi tahrirda tasdiqlandi
Davlat dasturi – 2019 loyihasi taqdim etildi
Loyiha umumiy muhokamaga qoʻyildi, u 15 yanvarga qadar davom etadi. Davlat dasturi doirasida 2019 yilga qanday tadbirlar rejalashtirilganligi haqida – bizning sharhimizda
Baholash tashkilotlariga nisbatan qator talablar bekor qilindi
LBMA Prezidentning 1.06.2018 yildagi “Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-3764-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar haqida eslatib oʻtadi
Asosiy fondlarni qayta baholash indekslari yangilandi
Davlat statistika qoʻmitasi 2019 yil 1 yanvar holatiga asosiy fondlar qiymatini qayta baholashning yangi indekslarini ishlab chiqdi
Mis eksporti - yana QQSning nol stavkasi boʻyicha
2018 yil 5 iyundan boshlab tarkibida mis boʻlgan mahsulotlar eksportiga istisno tartibida 20% stavka boʻyicha QQS solingan, endi esa – yana nol stavkasi boʻyicha
Germaniyalik turistlar uchun kirish vizalari bekor qilindi
2019 yil 15 yanvardan Germaniya fuqarolari Oʻzbekistonda turistik maqsadlarda 30 kun davomida kirish vizalarini rasmiylashtirmasdan sayohat qilishlari mumkin boʻladi
DSQ raisiga savol bering
«Xalq soʻzi» va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati Davlat soliq qoʻmitasi raisi Behzod Musayev bilan intervyu tayyorlamoqda. Bu jarayonda oʻz savollarini tahririyat manziliga yuborgan holda barcha istak bildirganlar ishtirok etishlari mumkin
Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqiladi
Bu 2019 yil uchun Davlat dasturi loyihasida nazarda tutilgan
Asosiy mahsulotlar QQSdan ozod etildi
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, realizatsiyasi boʻyicha aylanmasi qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan oziq-ovqat mahsulotlari Roʻyxati e’lon qilindi
Investitsiyaviy muhit, barqaror oʻsish va mintaqaviy savdo
Yirik, yuqori unumdor, raqobatdosh korxonalarni koʻpaytirish hamda ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik biznesni rivojlantirish – iqtisodiyotni yangilashga va inson omiliga yoʻnaltirilgan investitsiyalarga bogʻliqdir
Davlat yerni olib qoʻygan boʻlsa, zararni kim qoplaydi
Vazirlar Mahkamasi Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmalar mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi
Sud orqali undiriladigan soliqlar boʻyicha eng kam qarz 25%ga oshirildi
Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ–4806-son qarori bilan undiruvni soliq toʻlovchilarning mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari tasdiqlandi
YaTT uchun «soliq amnistiyasi» uzaytirildi
Faoliyat yuritmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlarning soliq qarzlari va jarima sanksiyalari hisobdan chiqarilganda ular tiklanishi mumkin boʻlgan muddat uzaytirildi
Bolalar bogʻchasi uchun toʻlov yil boshidan oshmaydi
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar ta’minoti uchun ota-onalar toʻlovining yangi miqdorlari 2019 yil 1 maydan joriy etiladi
2019 yil 1 yanvardan alkogol narxlari oshadi
MV va DSQning «Alkogolli mahsulotlar uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisida»gi qarori (28.12.2018 yilda 3107-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) e’lon qilindi
26 tadan 19 tasi yoki namanganliklar bir.uz tizimida qanday natijaga erishganliklari haqida
Namanganda 22–23 dekabr kunlari bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimining navbatdagi attestatsiya imtihoni boʻlib oʻtdi. Ishtirokchilar va sinovdan muvaffaqiyatli oʻtganlar soni boʻyicha uning tengi topilmadi. Bir.uz ta’lim portali ma’muri Dmitriy Shubin norma.uz portaliga bergan intervyuda bu haqda batafsil gapirib berdi
Hakamlik sudlari ommabop boʻlmoqda
26 dekabr kuni Savdo-sanoat palatasida Palata tizimidagi hakamlik sudlari faoliyatining 2018 yil yakunlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
TIV yanada tezkor ishlaydi
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga tezkor va har tomonlama koʻmak berish maqsadida Call-markazning yagona qisqa telefon raqamini ishga tushirdi
Ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamning qat’iy miqdorlari belgilandi
2019 yil 1 yanvardan boshlab 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola 2 yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi boʻyicha nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning yangi miqdorlari joriy etiladi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


