Konstantin Ivanov: «Kitoblar albatta buyurtmachilarga yetkaziladi»
knigi.uz internet-doʻkonida xaridor buyurtmasini birinchi marta oʻz vaqtida ololmadi. Balki manzil toʻliq koʻrsatilmagan va indeksni yozishda xatoga yoʻl qoʻyilgan boʻlishi mumkin. Kitoblar xaridorga yetib borishi uchun zarur choralar koʻrilyapti
Eksport qiluvchilarga soliq imtiyozlari berish taklif etilmoqda
Umumiy tushumda eksport ulushi 15%dan ortiq boʻlganda tashkilotlar foyda soligʻi va YaST boʻyicha soliq solinadigan bazani kamaytirishlari mumkin boʻladi. Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihani tasdiqlashsa, bunday imkoniyat yuzaga keladi
Tarixiy shaharlarda Duty Free doʻkonlarini ochish rejalashtirilmoqda
2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida biznes uchun katta ishlar hajmi nazarda tutilgan. Mehmonxonalar, restoranlar qurish, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish – tashabbuslar roʻyxati bu bilan cheklanmaydi, ularni amalga oshirish uchun tadbirkorlar faol qatnashishi va kreativ yondashishi talab etiladi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun yagona viza joriy etishi mumkin
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ayrim mamlakatlar bilan viza rejimini yanada soddalashtirish tashabbusi bilan chiqmoqda. Turar joyni ijaraga berish va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash tartibini ham osonlashtirish koʻzlanmoqda. Bu 2025 yilgacha turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi loyihasida nazarda tutilgan
Oʻzbekiston Ekologik partiyasini tashkil etish tashabbusi bilan chiqmoqdalar
Tashabbuskorlar yigʻilishida yangi siyosiy partiyani tashkil etish, nomlash, shuningdek uning tashkiliy qoʻmitasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi takliflar qoʻllab-quvvatlandi
Hisobda QQS bilan aks ettirilgan materiallarga alohida e’tibor beriladi
Bu safar yillik inventarizatsiya oʻziga xos tarzda oʻtkaziladi. Nima uchun deysizmi? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova bu savolga ushbu materialda javob beradi, uni oʻtkazish chogʻida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan murakkab holatlarni esa 2018 yil 23 noyabrda «Norma» PRMdagi seminarda koʻrib chiqadi
Toshkent viloyatida QR-kodli kadastr pasportlari berila boshlaydi
Vazirlar Mahkamasining 13.11.2018 yildagi 927-son qarori bilan Toshkent viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi
QQSga oʻtishga tayyorgarlik koʻrish uchun hali vaqt bor
«Norma» PRM 23 noyabrda «QQSga oʻtish uchun tayyorgarlik koʻrish rejasi: 2019 yil 1 yanvargacha yana nimalarga ulgurish mumkin» mavzusida maxsus trening oʻtkazadi. U muammosiz va moliyaviy yoʻqotishlarsiz QQSga oʻtishda biznesga yordam beradi
Import-eksport boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzi uchun jarimalarni kamaytirish taklif etilmoqda
Bu QHTBT portalida joylashtirilgan navbatdagi loyihada aks ettirilgan
Parrandachilikni rivojlantirishga – kreditlar foizlarning bir qismini kompensatsiya qilish bilan
Prezidentning 13.11.2018 yildagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
2017 yilgi (bazaviy sifatli) paxtaning boshlangʻich narxi – jahondagisidan 15%lik chegirma bilan
Paxta tolasini birja savdolarida sotish tartibi toʻgʻrisida nizomga (VMning 12.11.2018 yildagi 923-son qarori) qoʻshimcha kiritildi
Qurilishga zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi
2021 yil oxiriga kelib «Biznes yuritish» hisoboti «Qurilish uchun ruxsatnomalar olish» indikatori boʻyicha jahonning 50 ta ilgʻor mamlakatlari qatoridan oʻrin olish, qurilish faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zamonaviy standartlarini va investitsiyalarni jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani toʻliq qayta koʻrib chiqish koʻzlanmoqda
Shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalari roʻyxati yangilandi
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (12.11.2018 yilda 3087-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan hujjatning yangi versiyasi tasdiqlandi
Soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi qanday ishlaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlari oʻrtasidagi soliq nizolarini sudgacha hal qilish kengashi tomonidan soliq nizolarini koʻrib chiqish reglamenti loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Innovatsion texnoparklarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi tartibga solinadi
Ular davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritadilar. Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
Hal qiluvchi soʻzni DSQ aytadi
Nazorat-kassa mashinalariga qoʻyiladigan talablar qachon belgilanadi? Bizda fiskal ma’lumotlarni uzatuvchi qaysi texnologiyalarni qoʻllagan afzal? Norma.uz muxbiri ana shu savollarga javob izlab «Komkassintex» uyushmasiga yoʻl oldi
2019 yildagi qoʻshimcha dam olish kunlari ma’lum boʻldi
Kelasi yilda uchta qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi: 2 yanvarda, 22 martda va 2 sentyabrda. Yanvar, iyun, sentyabr va dekabr oylarida ham dam olish kunlarini koʻchirish amalga oshiriladi
Qonunlardan ustav fondlarining eng kam miqdorlari chiqarib tashlanadi
Adliya vazirligi tegishli tuzatishlar loyihasini ishlab chiqdi, u QHTBT portalida muhokama qilinmoqda
1 yanvardan TIF ishtirokchilari uchun nimalar oʻzgaradi
Soliq solishning yangi tizimida import va eksport. «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi direktori Svetlana Golosova 2018 yil 20 noyabrda «Norma» PRMda seminar tinglovchilariga bu haqda batafsil soʻzlab beradi
Oʻzbekistonliklar Turkiyada 90 kungacha vizasiz turishlari mumkin
Turkiya Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzoladi
DSQ umumbelgilangan soliqlarga oʻtkazganligi haqida shaxsan xabardor qiladi
Hisobot yili yakunlari boʻyicha 1 mlrd soʻmdan ortiq tovar aylanmasiga ega boʻlgan yoki uni kutayotgan tadbirkorlar 2019 yil 1 yanvardan umumbelgilangan soliqlarni toʻlashga oʻtishlari zarurligi haqida shaxsan xabardor qilinadi
Miryoqub Haydarov: «Banklar tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligini oshirishda ishonchli yordamchi topdilar»
Mamlakatimizning 8 ta mintaqasida treninglar boʻlib oʻtdi, ularda tijorat banklari xodimlari direktor.uz kichik va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish tizimi bilan ishlashni oʻrgandilar
Valyutaga xarid qilingan AVni hisobga qabul qilish sanasida soʻmga qayta hisoblang
Moliya vazirining buyrugʻi (roʻyxat raqami 1299-4, 8.11.2018 yil) bilan 5-son Buxgalteriya hisobining milliy standarti “Asosiy vositalar”ga oʻzgartirishlar kiritildi
Chet elliklar uchun Oʻzbekistonda ishlash osonlashadi
Prezidentning 7.11.2018 yildagi PQ–4008-son qarori bilan respublika hududida xorijiy malakali mutaxassislarning mehnat faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
2019 yilda JIEBB huzurida Probatsiya xizmati tashkil etiladi
Prezidentning 7.11.2018 yildagi «Jinoyat-ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4006-son qarori e’lon qilindi
Quvvat beruvchi ichimliklarni sotish – nazoratda, oʻsimliklar karantinini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 8 noyabr kuni boʻlib oʻtgan majlisida deputatlar 5 ta qonun loyihasini muhokama qildilar
Oʻzini oʻzi ish bilan ta’minlovchilar qanday pensiya oladi?
Hech qanday rasmiylashtirishsiz kirakashlik qiluvchi, xususiy tartibda yollangan holda kunbay haq toʻlanadigan ishlarni va ta’mirlash-qurilish ishlarini bajaruvchi shaxslarni legallashtirish imkoniyati muhokama qilinmoqda
Nazorat qiluvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi oʻzgartirishlarsiz tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 7.11.2018 yildagi 920-son qarori bilan Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarini tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


