16 martdan boshlab Tojikiston fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kunga vizasiz kira oladilar
Prezidentning 14.03.2018 yildagi «Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida»gi PQ–3604-son qarori imzolandi
5 ming AQSh dollaridan ortiq valyutani olib chiqish ustidan nazorat kuchaytirildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2678-2, 12.03.2018 y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan jismoniy shaxslar-rezidentlarga naqd xorijiy valyutani Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Kasb xatolaridan sugʻurtalanish – normal holat
Turli hujjatlar, ekspert xulosalari, qoʻllanmalarni tayyorlash bilan bogʻliq «intellektual mehnat» xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari orasida kasbiy javobgarlikni sugʻurtalashga talab katta. Ushbu maqolada mahalliy kompaniyalarning tegishli takliflarini sharhlaymiz
Roʻyxatdan oʻtmasdan tadbirkorlik bilan shugʻullanganlik uchun yillik soliq har oyning 10-sanasigacha qoplanadi
Moliya vazirligi va DSQning qarori (12.03.2018 yilda 2463-1-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat roʻyxatidan oʻtmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy shaxslardan qat’iy belgilangan soliqni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
«MUIC» rezidentlari majburiy auditorlik tekshiruvidan oʻtadilar
Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi a’zolari 1 iyulga qadar auditorlik tekshiruvidan oʻtishlari va auditorlik xulosasining nusxasini markaz Direksiyasiga yuborishlari shart
Soʻmni olib chiqishga ruxsatnomani Markaziy bankning bosh boshqarmasi beradi
MB va DBQning qarori (12.03.2018 yilda 1326-2-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini olib kirish va olib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi
Abay Qoʻnonboyev ijodi keng oʻrganiladi
Prezidentning «Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qoʻnonboyev ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Idoralararo elektron hamkorlik tizimi majburiy ijroni yengillashtiradi
Prezidentning 13.03.2018 yildagi «Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
«Hunarmand» uyushmasi xususiylashtirishda yordam beradi
Vazirlar Mahkamasining 7.03.2018 yildagi 186-son qarori bilan ayrim qonun hujjatlariga hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlashga doir tuzatishlar kiritildi
Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni «Welcome to Uzbekistan» belgisida markirovkalashi shart
«Oʻzstandart» agentligi O’zDSt 3284:2017 Davlat standartini tasdiqladi. «Oʻzbekiston Respublikasi standartlashtirish tizimi. Eksport qilinayotgan mahsulot markirovkasida ifodalanadigan tovar belgisi. Asosiy qoidalar»
Sanoat va qurilish korxonalarining pasportlari 1.04.2018 yilgacha topshirilishi shart
Toʻldirilgan shakllar Internet tarmogʻi orqali, Davlat statistika qoʻmitasining dasturiy-texnologik vositalaridan foydalangan holda yuboriladi
Tashkilotingiz tanlanma statistik kuzatuvga kiritilganligini tekshiring
Tanlanma kuzatuvga kiritilgan kichik korxonalar va mikrofirmalar 2.04.2018 yilgacha soʻrovnoma blankalarini toʻldirishlari va ERIdan foydalangan holda elektron shaklda davlat statistika organlariga topshirishlari lozim
Bolalar bogʻchalari xodimlariga qancha haq toʻlanadi
Vazirlar Mahkamasining 6.03.2018 yildagi 180-son qarori bilan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritildi
Telekommunikatsiya sohasidagi qonunbuzarliklar uchun jarimalar roʻyxati kengaytirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 7.03.2018 yildagi «Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 185-son qarori qabul qilindi
2018 yildagi qoʻshimcha dam olish kunlari: ta’til qanday hisoblanadi
Prezidentning 28.12.2017 yildagi PF–5290-son Farmoni bilan 2018 yilda 3 ta qoʻshimcha dam olish kuni: 2 yanvar, 20 mart va 31 avgust berildi. Ushbu sharhda ish kunlari qoplanishini hisoblashda amaliyotda qanday muammolar yuzaga kelganligi toʻgʻrisida soʻz yuritamiz
Bosh buxgalter attestatini olish uchun imtihon topshirish osonlashdi
Bir.uz administratori – «Norma» professional rivojlanish markazi bosh buxgalter malakasini tasdiqlash imtihonini ilgarigidek ikki kunda emas, balki bir kun ichida oʻtkazadi
2018 yil mart oyi uchun pensiya va nafaqa toʻlovlari toʻliq moliyalashtirildi
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi 2018 yil mart oyi uchun pensiya va nafaqalar boʻyicha toʻlovlarni moliyalashtirish hajmlari toʻgʻrisida xabar berdi
Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar va kompyuter savodxonligi kurslari MUIC rezidenti boʻlishi mumkin
QHTBTda Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi joylashtirildi
Yuriskonsultlarga martaba darajalari boshqa tuzilmalarning maxsus unvonlarini hisobga olgan holda beriladi
Adliya vazirining Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida buyrugʻi (roʻyxat raqami 2920-3, 9.03.2018 y.) e’lon qilindi
Har bitta iste’molchi bilan axlatni olib chiqib ketishga shartnoma tuzilmaydi
QHTBT portalida sanitariya tozalash tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilangan hukumat qarori loyihasi joylashtirilgan
1 apreldan mehnat migrantlariga temir yoʻl va aviachiptalarga 20 foizlik chegirma beriladi
Prezidentning 5.03.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqishda xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3584-son qarori e’lon qilindi
YaIDXPda yangi xizmat yoʻlga qoʻyildi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Soliq qoʻmitasi tomonidan «Mol-mulk soligʻi kalkulyatori» interaktiv xizmati yoʻlga qoʻyildi
Rossiya va Qozogʻistonga qatnovchi avtobuslar qoʻyiladi, mehnat migrantlariga – $1000 gacha kredit beriladi
Prezidentning 5.03.2018 yildagi PQ–3584-son qarorida mehnat migrantlarini tashish sharoitlarini takomillashtirish va ularni xorijda ish bilan ta’minlashga doir shu va boshqa chora-tadbirlar nazarda tutilgan
Surxondaryodagi 3 ta oliy oʻquv yurti filiali 2017 yilda oʻqishga kira olmagan abituriyentlarni qabul qiladi
Vazirlar Mahkamasining 5.03.2018 yildagi 170, 171, 172-son qarorlari e’lon qilindi. Ularda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiallarini, shuningdek Termiz davlat universitetining Denov filialini tashkil etish nazarda tutilgan
Apreldan boshlab xalqaro kartalardan naqd valyuta berilishi rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining «Bank xizmatlaridan kengroq foydalanishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi joylashtirilgan. Uning jamoat muhokamasi mart oyining oxirigacha davom etadi
Namanganda 3 qavatli vokzal quriladi
Namangan shahrida 3 qavatli vokzal qurilishi olib borilmoqda, deb xabar beradi OʻzA. Mazkur loyiha “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ buyurtmasi asosida “Toshtemiryoʻlloyiha” MChJ tomonidan loyihalashtirildi
Videokonferensaloqa orqali jinoyat ishlari doirasida soʻroq qilishga ruxsat beriladi
Qonunchilik palatasi «Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ikkinchi oʻqishda qabul qildi
Mehmonxonalar yangi standartlar boʻyicha ishlaydi
«Oʻzstandart» agentligi tomonidan O’zDSt 3296:2018 Davlat standarti tasdiqlandi
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


