Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
30.12.22

Davlat organlarida ichki audit qanday oʻtkaziladi

Vazirlik va idoralarning ichki audit ob’yektida xavf darajasiga ta’sir qiluvchi omillar belgilanmoqda.

30.12.22

Yangilangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi joriy etilmoqda

Jahon bojxona tashkiloti tomonidan jahon savdosida boʻlgan tovarlarning xalqaro tasnifini uygʻunlashtirish maqsadida Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan.

30.12.22

Maktab darsliklariga xavfsizlik talablari belgilandi

1 sinf oʻquvchilarining oʻquv darsligi vazni 300 grammdan oshmasligi lozim.

30.12.22

2023-2025 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi

Dastur investitsiya jarayonlarini jadallashtirish va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashga yoʻnaltirilgan.

30.12.22

Senatorlar tomonidan 2023 yil uchun Davlat byudjeti ma’qullandi

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻttiz oltinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

29.12.22

Alkogol ishlab chiqaruvchilarga soliq xavfi mezonlari tasdiqlandi

DSQning qarori bilan 2 ta yuqori va 4 ta oʻrta xavf mezonlari belgilanmoqda.

29.12.22

Samarqand Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi boʻladi

Samarqand viloyati avia, temir yoʻl va avtomobil transporti bilan bogʻlangan hamda aeroportni respublika hududlari bilan bogʻlash imkonini beruvchi yirik transport-logistika xabiga aylantiriladi.

28.12.22

Davlat soliq qoʻmitasi yangi tashkil etilgan ish oʻrinlarini hisobga oladi

Davlat soliq qoʻmitasining avtomatlashtirilgan dasturi tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolar, dehqon xoʻjaliklari hisobidan yaratilgan yangi ish oʻrinlari toʻgʻrisida ma’lumotlarni shakllantiradi.

28.12.22

1 yanvardan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

27.12.22

Respublikamizda gimnastika qanday rivojlantiriladi

Keyingi yildan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlari va oʻrta maktablarda «Gimnastikaga ilk qadam» va «Bolalar uchun gimnastika» dasturlari joriy qilinadi.

26.12.22

Davlat organlarining funksiyalari yagona reyestrda aks ettiriladi

Shuningdek uyushma va boshqa xoʻjalik birlashmalariga davlat hokimiyati vakolatlarini berish amaliyotidan voz kechilmoqda.

26.12.22

2022 yil 30 dekabr – qisqartirilgan ish kuni boʻladimi

2022 yil 31 dekabr – ishlanmaydigan kun. Shu munosabat bilan 2022 yil 30 dekabrdagi kundalik ish davomiyligi kamayadimi? Savolga ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES javob berdi.

26.12.22

Ma’muriy islohotlar boshlandi

Mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining soni 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar soni 25 tadan 21 tagacha qisqartiriladi.

26.12.22

2023 yilda qaysi kunlar dam olish kunlari boʻladi

Prezident «2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi.

26.12.22

YaMMTda homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash haqidagi ma’lumot qanday olinadi

Davlat ijtimoiy sugʻurtasi doirasida xodimalarga homiladorlik va tugʻish nafaqasini tayinlash toʻgʻrisidagi xabarnomalar my.mehnat.uz saytidagi ish beruvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

26.12.22

Voyaga yetmagan xodimlarni ishga qabul qilishda nizoli vaziyatlarning oldini olish

Koʻpincha voyaga yetmaganlar ishga joylashishadi.Masalan, ular ofitsiant, referent, kuryer boʻlib ishlashlari mumkin. Shuningdek, yangi MK professional sportchilar bilan mehnat shartnomasini tuzishga yoʻl qoʻyadi, ular orasida voyaga yetmaganlar ham boʻlishi mumkin.

26.12.22

Senatning XXXVI yalpi majlisi 27 dekabrda oʻz ishini boshlaydi

Muhokama qilinadigan masalalar sirasiga – Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida koʻrsatilgan ustuvor yoʻnalishlar kiradi.

23.12.22

Toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilarning tashish xarajatlari kompensatsiya qilinadi

Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini tashish xarajatlarining 70%i kompensatsiya qilinadi.

22.12.22

Mahsulotlarga ajiotaj talab yuzaga kelganda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi monitoring oʻtkazadi

Mahsulotlarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan alomatlar aniqlanganda, vakolatli organlar xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning binolariga kirishi va ombordagi mavjud zaxiralarni xatlovdan oʻtkazishi mumkin boʻladi.

22.12.22

MB nominal qiymati 1 000 soʻm boʻlgan tangalarni muomalaga chiqaradi

Ular 2022 yilning 26 dekabridan boshlab muomalaga chiqariladi.

22.12.22

E-commerce: xorijiy tajribani joriy etish kerakmi

Ushbu sohaga bagʻishlangan maqolalarni e’lon qilishni yakunlaymiz. Muallif – Muzaffar A’zamov, Oʻzbekiston Elektron tijorat uyushmasi raisi, www.mato.uz asoschisi.

22.12.22

Yangi MK: ish haqi (2-qism)

Biz yuridik fanlar nomzodi, yangi MK loyihasini tayyorlash boʻyicha ekspertlar guruhi rahbari Mixail Gasanov va «Norma» eksperti Lenara Xikmatovaning yangi MKda ish haqi masalalari boʻyicha tushuntirishlarini berishda davom etamiz (qarang Ish haqi, 1-qism).

22.12.22

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar onlayn ajratiladi

Buning uchun «Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish» axborot tizimi ishga tushiriladi.

22.12.22

2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili

Prezident parlamentga va Oʻzbekiston xalqiga murojaatnoma bilan chiqdi. Uning iqtisodiy sohaga oid eng muhim jihatlari – bizning sharhimizda.

21.12.22

Notariuslarning tadbirkorlarga koʻrsatadigan xizmatlari boʻyicha tarif belgilandi

Notariuslar tomonidan Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik sub’yektining oʻziga nisbatan hujjat berganlik uchun yigʻimtoʻlov miqdori belgilandi.

21.12.22

Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasi takomillashtirilmoqda

2024 yil yakuniga qadar quvvatlantirish stansiyalari sonini 2 500 taga yetkazish rejalashtirilmoqda.

20.12.22

Davlat organlarining boʻsh turgan koʻchmas mulk ob’yektlari majburan savdoga chiqariladi

Davlat organiga boʻsh turgan ob’yektdan samarali foydalanish uchun uch oy muddat beriladi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.