Bojxona xizmati toʻgʻrisidagi qonun yangilandi
«Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi (18.10.2018 yildagi OʻRQ-502-son)
Orolboʻyini rivojlantirish bilan innovatsion markaz shugʻullanadi
Prezident huzuridagi Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etilmoqda (16.10.2018 yildagi PQ–3975-son qaror)
Fuqaro soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnomani qanday oladi
Jismoniy shaxs – soliq toʻlovchining soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (13.10.2018 yildagi 823-son VMQ)
NKM narxlari oshgani uchun kim javob beradi?
Mamlakatimizda onlayn NKM uchun davlat standarti ishlab chiqildi. Natijada nazorat-kassa mashinalarini import qiluvchi va ishlab chiqaruvchilar muammoga toʻqnash keldilar, uskuna narxi oshdi. Bunga nimalar sababchi boʻldi, vaziyatni qanday tuzatish mumkin?
STIR qanday rasmiylashtiriladi
Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qoʻyish, ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi (VMning 13.10.2018 yildagi 823-son qarori)
Meva-sabzavotlar eksporti soddalashtirildi
Prezident 17.10.2018 yilda «Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi
Yer uchastkalarini xususiylashtirish imtiyozlar va kafolatlar bilan ragʻbatlantiriladi
Adliya vazirligi tegishli loyihani ishlab chiqdi va uni QHTBT portalida joylashtirdi
Xususiy bandlik agentliklari qanday xizmatlarni koʻrsatadilar
16.10.2018 yildagi «Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida»gi OʻRQ–501-son Qonun e’lon qilindi
Chegara “yopildi”: jismoniy shaxslarga texnika va idishlarni faqat yarim yilda bir marta bepul olib kirishga ruxsat berildi
2018 yil 17 oktyabrdan boshlab Oʻzbekiston jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarning 21 turini davlat chegarasining avtoyoʻl (yoʻlovchi), temir yoʻl va daryo oʻtkazish punktlari orqali bojsiz olib kirish davriyligini keskin oshirdi (VMning 16.10.2018 yildagi 828-son qarori)
Cuv, elektr va gaz uchun toʻlov muddati oʻtkazib yuborilsa – shu zahoti tarmoqdan uzib qoʻyadilar
16.10.2018 yildagi OʻRQ–500-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 134-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Kodeks ilgari qabul qilingan qonunosti hujjatlarning normalarini oʻzida jamladi
Oʻzbekiston shaharlarida «Aqlli shahar» texnologiyalari joriy etiladi
QHTBT portalida «Aqlli shahar» konsepsiyasi loyihasi, shuningdek uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi muhokama qilinmoqda
Ifloslantirganlik uchun kompensatsiya: 2019 yildan yangicha hisoblanadi
Vazirlar Mahkamasining 11.10.2018 yildagi 820-son qarori bilan chiqindilar joylashtirilganligi va atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarining bazaviy stavkalari, shuningdek hisob-kitoblarning yangi tartibi tasdiqlandi
Tez tibbiy yordam tizimi avtomatlashtiriladi
Uyali aloqa operatorlari tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik uchun toʻlanadigan toʻlov summasining 19%i – tez tibbiy yordamni rivojlantirishni moliyalashtirishning qoʻshimcha manbasi. Tadbirkorlar “103” xizmatini takomillashtirish boʻyicha dasturni amalga oshirishda faol ishtirok etishlari mumkin
Ijara shartnomasi soliq idorasida qanday hisobga qoʻyiladi
Davlat soliq qoʻmitasining qarori (11.10.2018 yilda 3077-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini soliq organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
Irina Kiseleva: «Rejada – «bosh buxgalter» mutaxassisligi boʻyicha bir.uz attestatini olish
bir.uz buxgalterlar malakasini baholash tizimi koʻmagida olgan bilim va attestatni amalda qanday qoʻllash mumkin? «Hisob raqamlar boʻyicha buxgalter» mutaxassisligi boʻyicha attestatsiya imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan poytaxtdagi Cotton Textilye korxonasi bosh buxgalteri Irina Kisileva bu boradagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi
Biznesga – yangi bojxona imtiyozlari
Prezidentning 15.10.2018 yildagi «Tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3970-son qarori imzolandi
Banklarning ochiq valyuta mavqei: qoidalarga tuzatish kiritildi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (11.10.2018 yilda 1497-3-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Ochiq valyuta mavqeini yuritish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
AKTni rivojlantirish jamgʻarmasi qanday loyihalarni moliyalashtiradi
Hukumat axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalarning hududiy manzilli roʻyxatlarini shakllantirish va moliyalashtirish tartibini tasdiqladi (VMning 12.10.2018 yildagi 821-son qarori)
Plastik kartalardagi ma’lumotlarni yangi dasturiy ta’minot himoya qiladi
Yagona umumrespublika protsessing markazi Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy ta’minotini joriy etadi
Investitsiya kodeksi oʻrniga qonun qabul qilinadi
«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonun ushbu sohaga oid birxillashtirilgan hujjatga aylanadi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hujjatning Konsepsiyasini ishlab chiqdi
Dori-darmonlar – korxona xarajati, yoʻl kartochkasi esa – xodim daromadi
Korporativ plastik karta boʻyicha xarajatlar buxgalterlar uchun koʻpincha bosh ogʻrigʻi boʻladi. Korxona va xodimlarning xarajatlarini chalkashtirib yubormaslik uchun qanday yoʻl tutish kerak? 18 oktyabr kuni «Norma» professional rivojlanish markazida bu borada batafsil yoʻriqnomalarni olish mumkin
2019 yil may oyida fuqarolar yigʻini raisining saylovi oʻtkaziladi
Endi oqsoqollar uch yil muddatga saylanadi. Saylash tartib-taomiliga ham birmuncha oʻzgartirishlar kiritildi
Buxgalteriya autsorsingi: tadbirkor tanlaydi
Buxgalteriya xizmatlari autsorsingi – hozirgi urf emas, biznes uchun amaliy yechim. «Venkon Group» MChJning buxgalteriya xizmati koʻrsatish boʻlimi boshligʻi Nesibeli Aytmuratova ushbu bozorni rivojlantirish, hisob yuritishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga topshirishda nimalarni bilish kerakligi haqida gapirib berdi
Meros tartibida oʻtadigan xususiylashtirilgan turar joy: qanday oʻzgartirish kiritildi
11.10.2018 yildagi OʻRQ–497-son Qonun bilan Uy-joy kodeksining 32-moddasiga qoʻshimcha kiritildi
2019 yilda biznesingiz qanday holatda boʻladi?
«Biznesingiz keltiradigan foydaga yangi soliq solish tizimining ta’siri qanday baholanadi?» – «Norma» professional rivojlanish markazining bepul seminarlari va vebinarlari turkumida qatnashgan 426 nafar korxona rahbarlari va buxgalterlari bu savolga javob topa oladilar. Koʻp sonli iltimoslarga koʻra PRM 26 oktyabr soat 10.00 va 20.00 da bu mavzuda yana ikkita vebinar oʻtkazadi
Oliy ta’lim muassasalari oʻqituvchilarining ish rejasi, xorijiy darsliklarni tahrir qilish va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha stavkalar tasdiqlandi
Oliy ta’lim muassasalari professor-oʻqituvchilar tarkibining faoliyati, oʻquv jarayonini takomillashtirish, ularni oʻquv adabiyotlari bilan ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi
Tibbiyot muassasalarida xalq tabobati kabinetlari ochiladi
Xalq tabobati tibbiy yordam koʻrsatishning qoʻshimcha usuli sifatida e’tirof etildi. Prezidentning 12.10.2018 yildagi PQ–3968-son qarori bilan uni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Elektr energiyasi va gaz uchun ortiqcha toʻlangan mablagʻlarni qaytarish qoidalari tasdiqlandi
Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi orqali pullarni qaytarish rejalashtirilganiga nisbatan tezroq amalga oshiriladi (roʻyxat raqami 2902-1, 11.10.2018 y.)
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.



