MHXSni joriy etish - buxgalterlik vazifasi emas
Korxonada MHXSni joriy etgan holda nimadan boshlash lozim va muqarrar nimaga duch kelishga toʻgʻri keladi?
Banklarning ichki auditiga qoʻyiladigan yangi talablar ishlab chiqilmoqda
Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini nazorat qilish xususiy sektorga oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining «Yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Qoraqalpogʻistonda «Sudochye-Akpetki» davlat buyurtma qoʻriqxonasi tashkil etiladi
Uning vazifasi - qirgʻoq landshaftlari, kanallar, suv atrofida yashovchi qushlar, noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan baliqlar, yirtqich qushlar va sut emizuvchi hayvonlarni saqlab qolish hamda ularni qayta tiklash.
Sud tizimi tuzilmasi Konstitutsiyada mustahkamlandi
Prezident tomonidan «Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi.
Mamlakatda va xorijda «Multibrand» doʻkonlar tarmogʻi tashkil etiladi
Prezident tomonidan 8 fevral kuni «Charm-poyabzal va moʻynachilik sohalarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
Ipoteka kreditlari – yangi tartib boʻyicha
Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi.
Qurilish sohasida davlat xaridlari tartibi oʻzgartirildi
Yangi sxema boʻyicha elektron tenderni oʻtkazish uchun tender hujjatlarining umumiy va texnik qismini taqdim etish zarur emas, tender hujjatlarining kompleks ekspertizasi esa faqat tovarlar hajmini baholash boʻyicha oʻtkaziladi.
Kompaniyada xodimlarning vakillik organi boʻlishi zarurmi
Tashkilotda bunday organ boʻlishi zarurmi? Agar shunday boʻlsa, bu kasaba uyushmasi boʻlishi lozimmi? Bunday organ mavjud boʻlmaganligi uchun ish beruvchi javobgarlikka tortilishi mumkinmi?
2021 yilgi bonuslar: kimga va qancha
Mana koʻp yillardirki NORMA dasturiy mahsulotlaridan foydalanuvchilarga turli bonuslar taqdim etilmoqda. Joriy yilda nimalar oʻzgartirildi?
Senatorlar tomonidan 6 ta qonun ma’qullandi
Poytaxtda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XII yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.
Toshkentda yerdan foydalanishning eng past narxlari tasdiqlandi
Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi va tuman hokimliklari yer uchastkasining boshlangʻich narxini belgilaydi.
Toshkentda yana bir texnopark tashkil etiladi
Bu haqda Prezidentning 4.02.2021 yildagi PQ-4979-son qarorida aytilgan, ushbu qaror poytaxtning sanoat va eksport salohiyatini oshirish maqsadida qabul qilingan.
Toshkent viloyatida bugʻ-gaz elektr stansiyasi quriladi
Loyiha Oʻzbekiston Hukumati, «Cengiz Enerji San. VE Tic A. Ş.» va «Cenergo» MChJ oʻrtasida tuzilgan investitsiya bitimi doirasida amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Innovatsiya markazi tashkil etiladi
U faoliyati dehqonchilik, urugʻchilik, sholichilik va don va dukkakli ekinlar sohasini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan uchta ilmiy-tadqiqot institutini birlashtiradi.
Har yili 9 fevralda «Navoiyxonlik kunlari» oʻtkaziladi
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro jamoat fondini tashkil etilmoqda, uning vazifalari orasida - shoirning hayoti, yuksak insonparvarlik gʻoyalari va ilmiy-adabiy merosini yurtimizda va xalqaro miqyosda keng oʻrganish va targʻib qilish.
Elita urugʻchilik xoʻjaliklari tashkil etiladi
Sholi yetishtiruvchilarga urugʻ seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi.
Oʻrmon fondi yerlari auksion orqali ijaraga beriladi
Davlat oʻrmon fondi uchastkalarini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
Prezident tomonidan 3 fevralda «Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida»gi Farmon imzolandi.
2021 yilgi Davlat dasturi qabul qilindi
Prezidentning 3.02.2021 yildagi Farmoni bilan 2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
«Termiz xalqaro savdo markazi» erkin savdo zonasi tashkil etiladi
Bu yerda alohida huquqiy rejim amal qiladi, rahbariyatning faoliyati salohiyatli investorlar va ESZ ishtirokchilari bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga yoʻnaltiriladi.
Voyaga yetmaganlarni mehnatga majburlaganlik uchun – jinoiy javobgarlik
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimizda voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qoʻshilmoqda
Prezidentning qarori bilan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Kotibiyatining moliyaviy qoidalari toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlandi.
MHXSga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi
Moliya vazirligi xodimlari Samarqand OTM, viloyat soliq boshqarmasi vakillari va MHXSga muvofiq moliyaviy hisobotlarni tayyorlayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuvlar oʻtkazishdi.
Qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilarga bojxona imtiyozlari berildi
Ular respublikada ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlarni import qilishda bir yil muddatga bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi.
Kadastr ishlari xususiy sektorga oʻtkazilishi mumkin
«Kadastr ishlarini bajarish sohasida davlat organlari funksiyasini xususiy sektorga oʻtkazish toʻgʻrisida»gi VMQ loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilindi
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga u oʻz mablagʻlarini yoʻnaltirishi mumkin boʻlgan yoʻnalishlar kengaytirildi.
Agar dividendlar ortiqcha toʻlangan boʻlsa, nima qilish lozim?
2020 yil uchun moliyaviy natijalar hisob-kitobida muassis-jismoniy shaxsga (rezidentga) yil mobaynida olingan foydaga qaraganda koʻproq dividendlar toʻlanganligi ma’lum boʻldi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


