“Hayotiy davr shartnomasi” qanday tuziladi
Bunday shartnomalar doirasida buyurtmachi sifatida “Toshkent invest kompaniyasi” AJ ishtirok etadi.
Tibbiyotni rivojlantirish Davlat maqsadli jamgʻarmasi nima maqsadda tashkil etildi
Uning asosiy vazifalaridan biri – sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini xorijda tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, malaka oshirish va tajriba almashishni tashkil etish uchun xorijiy mutaxassislarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish.
Tomorqa va dehqon xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlashning yangi choralari
Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish va aholining mazkur sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun 54 ta tumanda namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etiladi.
Ramazon oyida kam ta’minlangan fuqarolar qoʻllab-quvvatlanadi
2024 yilda Ramazon oyining boshlanishi 11 martga toʻgʻri keldi.
Jismoniy shaxsning qarz yuki koʻrsatkichi oshirilmoqda
Koʻrsatkich oshirilayotgan davr – 6 oy.
Bola tugʻilganida bir martalik nafaqa kimlarga toʻlanadi
Davlat tomonidan toʻlanadigan nafaqani tayinlash tartibi oʻzgardi.
Navroʻz bayramini nishonlashga tayyorgarlik boshlandi
Bayram «Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!» degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi.
Statistika agentligi ishida nimalar oʻzgaradi
Agentlikning asosiy vazifalaridan biri – “Rasmiy statistika ma’lumotlariga boʻlgan ishonch indeksi”ni ishlab chiqish.
Bolalar ombudsmani qanday faoliyat yuritadi
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida”gi Qonuni kuchga kirdi.
Majburiy sugʻurtaning qanday turlarini joriy etish rejalashtirilmoqda
Shuningdek, 2025 yilga qadar “takaful” (islomiy sugʻurta) tamoyillari va mahsulotlari ishlab chiqiladi.
Meva-sabzavotlar mahsulotlari narxlari nazoratga olinadi
Tavsiya etilgan minimal eksport narxlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi takliflariga asosan Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Daraxtlar va butalarni noqonuniy kesganlik uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik: qonunlarga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Hujjat bilan toʻlovga qobiliyatstizlikning alohida jihatlariga oid 25 ta qonunga oʻzgartirishlar kiritildi.
Fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy jarimalar hisobdan chiqariladi
Shuningdek, hisobdan chiqarilgan qarzdorlikni undirish bilan bogʻliq sud va ijro ishlari tugatiladi.
Tekshiruvlar: texnik jihatdan tartibga solish sohasini takomillashtirishga oid yangi choralar
Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish, mahsulotlarni davlat roʻyxatiga olish, muvofiqlik sertifikati va deklaratsiyani rasmiylashtirish faqat “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Xorazm viloyatida loyihalarni amalga oshirish uchun 100 mln AQSh dollari ajratiladi
Mablagʻlar sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik va boshqa sohalardagi loyihalarning amalga oshishiga yoʻnaltiriladi.
«Oʻzbekiston-Turkmaniston» erkin savdo zonasi tashkil etilmoqda
Savdo zonasida faqat Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosini tashkil qilish rejalashtirilmoqda. Bunda chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan «Erkin bojxona zonasi» bojxona rejimi amal qiladi.
Davlat himoyasi: advokat qachon ishga kirishishi kerak
Tegishli ishda oʻzining ishtirok etishini tasdiqlagan advokat prokurorning qarori va sudning ajrimida belgilangan muddatda ishga kirishishi shart.
Kredit olgan shaxsning qarzdorligi qanday qoplanadi
Ayrim qonun hujjatlariga kredit majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish boʻyicha oʻzgarishlar kiritildi.
AQSh va Germaniyada “Oʻzbekiston IT-kunlari” oʻtkaziladi
Shuningdek, Germaniya va Saudiya Arabistonida IT-park vakolatxonasi (filiali) tashkil etiladi.
1 martdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2024 yil 1 martdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Qimmatbaho metallarni xarid qilishda imtiyozlarga ega boʻlish uchun yangi mezonlar oʻrnatilmoqda
Yaratilgan ish oʻrinlarining kamida 70% zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchi kasblari tashkil etishi lozim.
Ekologiya nazoratchilari oldiga qanday vazifalar qoʻyildi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari buzilganligi holatlari aniqlanganligi uchun ular pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.
Koʻchma aloqa tarmoqlarini loyihalashtirishni litsenziyalash uchun davlat boji pasaytirildi
Shu tariqa, togʻli va olis hududlarni Internet va aloqa bilan qamrab olishni kengaytirish shart-sharoitlari yaxshilanadi.
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasi: asosiy yoʻnalishlar
“Oʻzbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Mis xomashyosini boʻlib-boʻlib xarid qilish mumkin
Boʻlib-boʻlib toʻlash muddati – 90 kun.
Tuproq unumdorligini oshirish qanday rejalashtirilmoqda
13 ta tumanda tuproq unumdorligini oshirishga qaratilgan agrotexnika tadbirlarini subsidiyalash boʻyicha tajriba boshlanadi.
Soliq auditi boʻyicha qabul qilingan qarorlar ustidan bevosita sudga shikoyat qilish mumkin
Ilgari bunday qarorlar ustidan dastlab yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilish talab etilgan.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


