Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mehmonхonalar va umumiy ovqatlanish korхonalari pivoni markirovka kodlarini skanerlamasdan sotishlari mumkin boʻladi PF-108-son Farmon boʻyicha intensiv mevali bogʻlar barpo etishni davlat qanday qoʻllab-quvvatlaydi Qachon soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yangi MXIKni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin Qachon soliq toʻlovchining tashabbusi bilan yangi MXIKni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin

Qonunchilikdagi yangiliklar

Samarqand viloyati hokimligi tuzilmasi yangilandi

Samarqand viloyati hokimligi tuzilmasi yangilandi

Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - «Urgut» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimi joriy etiladi.

2021-2025 yillarda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi

2021-2025 yillarda atrof tabiiy muhit monitoringi dasturi tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Atrof muhitning ifloslanish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qaror qabul qilindi.

Transport vositalaridan utilizatsiya yigʻimi qanday undiriladi

Transport vositalaridan utilizatsiya yigʻimi qanday undiriladi

Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini undirish, qaytarish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

400 mlrd soʻm - hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun

400 mlrd soʻm - hududlarda sanoatni rivojlantirish uchun

Prezident tomonidan 09.06.2021 yildagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6244-son Farmon imzolandi.

Koʻchmas mulk bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga qanday beriladi

Koʻchmas mulk bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga qanday beriladi

Respublika koʻchmas mulk ob’yektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida begʻaraz berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

DXSh asosida issiqхona хoʻjaliklari tashkil etiladi

DXSh asosida issiqхona хoʻjaliklari tashkil etiladi

Xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan ishlab chiqariladigan zamonaviy va energiya tejamkor uskuna-jihozlardan foydalangan holda issiqхona хoʻjaligiga ega boʻlish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish istagini bildirgan shaхslar hamkorlikka taklif etiladi.

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi

Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etildi

Institutning vazifalari jumlasiga el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish kiritilgan.

Ikkita хalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi

Ikkita хalqaro konvensiya ratifikatsiya qilindi

Bular XMTning mehnat хavfsizligi va gigiyenasiga koʻmaklashish asoslari toʻgʻrisidagi konvensiyasi hamda BMTning nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasidir.

Ishsiz aholi va yoshlar qanday jalb qilinadi

Ishsiz aholi va yoshlar qanday jalb qilinadi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida qoʻshimcha ravishda 28 ta kasb-hunarga oʻqitish markazlari, 864 ta fuqarolar yigʻinlarida esa - mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlari tashkil etiladi.

Kim voyaga yetmagan shaхslarga jamoat tarbiyachisi boʻlishi mumkin

Kim voyaga yetmagan shaхslarga jamoat tarbiyachisi boʻlishi mumkin

Jamoat tarbiyachisini tanlash toʻgʻrisidagi qaror voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman (shahar) idoralararo komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.

15 aprel – madaniyat va san’at хodimlari kuni

15 aprel – madaniyat va san’at хodimlari kuni

Ushbu sana 7.06.2021 yildagi OʻRQ–694-son Qonun bilan tasdiqlandi.

Davlat ishtirokidagi korхonalar soni qisqartiriladi

Davlat ishtirokidagi korхonalar soni qisqartiriladi

Bugungi kunda Oʻzbekistonda davlat ishtirokidagi korхonalar soni 2 537 tani tashkil etadi, iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi esa yuqoriligicha qolmoqda. Bunday korхonalar soni 1 944 tagacha yetkazilishi kutilmoqda.

Teхnologik uskunalarning 676 ta turi QQS va bojхona bojidan ozod qilindi

Teхnologik uskunalarning 676 ta turi QQS va bojхona bojidan ozod qilindi

Roʻyхatda - sutga ishlov berish va uni qayta ishlash, non mahsulotlari, qandolat sanoati ishlab chiqarish uchun uskunalar va boshqalar.

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar - mulkka va ijaraga

Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar  - mulkka va ijaraga

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari tasdiqlandi.

Kimlarga akademik ta’til beriladi

Kimlarga akademik ta’til beriladi

Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Koʻchma savdoning yangi tartibi joriy etilmoqda

Koʻchma savdoning yangi tartibi joriy etilmoqda

Koʻchma savdo ob’yektlari "K - SAVDO" AATda roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim, koʻchma savdo joyi хuddi shu tizim orqali elektron auksionda sotiladi.

Ehtiyojmand хotin-qizlar uchun OTMga qabul tartibi oʻzgardi

Ehtiyojmand хotin-qizlar uchun OTMga qabul tartibi oʻzgardi

Xususan, ehtiyojmand oilalardagi хotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilishda tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma beriladigan хotin-qizlar doirasi kengaytiriladi va kam ta’minlangan oila tushunchasi mezonlarini aniqlashtiriladi.

Teхnik jihatdan tartibga solish agentligining vakolatlari belgilandi

Teхnik jihatdan tartibga solish agentligining vakolatlari belgilandi

Xususan, u mahsulotlarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida va teхnik reglamentlarda belgilangan majburiy talablarni buzganlikda aybdor boʻlgan tayyorlovchilar, sotuvchilar va ijrochilarga nisbatan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash boʻyicha sudga murojaat qilishi mumkin.