Tibbiyot xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasiga oʻtkazildi
Palata va uning hududiy boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari yigʻilishlarining jadvali Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy saytida e’lon qilinadi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari qanday faoliyat yuritadi
Zoʻrlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar oʻrtasida ishlar olib borilishini takomillashlashtirish, shuningdek oʻz joniga qasd qilishning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.
Xalqaro zardoʻzlik va zargarlik festivali qanday oʻtkaziladi
Tadbir har ikki yilda bir marotaba Buxoro shahrida oʻtkaziladi. Uning maqsadi - tajribali va iste’dodli hunarmandlarni aniqlash, milliy hunarmandchilikning noyob va yoʻqolib borayotgan namunalarini saqlash va qayta tiklash.
Yoʻlovchi avtotransport qatnovlari soni oshiriladi
Hududlarda jamoat transporti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari belgilandi.
Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish qoidalari oʻzgartirildi
Xususan, talabnoma beruvchining xohishiga koʻra talabnomaning ekspertizasi vakolatli organ tomonidan tezkor tartibda oʻtkazilishi bilan toʻldirildi.
Fuqarolik aviatsiyasi qoʻllab-quvvatlanadi
Xususan, endi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtiroki taqiqlanishi havo kemalari va aviadvigatellarga texnik xizmat koʻrsatish va ta’mirlashda qoʻllaniladigan hamda olib kiriladigan butlovchi va ehtiyot qismlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
XTVga qoʻshimcha funksiyalar yuklandi
Xususan, u oʻz joniga qasd qilishga moyil qizlar, shuningdek, ruhiyatida oʻzgarish kuzatilgan oʻquvchi qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularga tibbiy va psixologik koʻmak koʻrsatish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etadi va boshqalar.
Toshkentda qachon issiqlik beriladi
Toshkent shahar hokimining poytaxtdagi markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchi iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.
Eksportchilarga transport xarajatlari qoplab beriladi
Kompensatsiya miqdorining hisob-kitobi tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan.
Yer qa’ridan foydalanuvchilarga qanday imtiyozlar taqdim etildi
Jumladan foydali qazilmalarni qazib olish hamda ularni aniqlash va razvedka qilish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun undiriladigan tijoratbop topilma bonusi va imzoli bonus bekor qilinadi.
Avtovokzallarda nimalar boʻlishi kerak
Yoʻlovchi avtovokzallari va yoʻlovchi avtostansiyalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
NHHlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish sifati oshiriladi
Prezidentning “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar tasdiqlandi
Xususan, bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga haydovchilarni tayyorlash kurslarida oʻqish xarajatlari, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badali qoplab beriladi.
NHHlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish qanday rejalashtirilmoqda
Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Qanday huquqbuzarliklar boʻyicha taraflar yarashib olishlari mumkin
MJTKga «Yarashilganligi munosabati bilan ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish» moddasi kiritildi.
Oʻzbekiston «quruqlik portlari» toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi
Bitimning asosiy maqsadi Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining xalqaro ahamiyatga ega «quruqlik portlari» tarmogʻini rivojlantirish siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli oʻzgartishlar kiritildi.
Xirurgiya xizmatida oʻzgartirishlar boʻladi
Prezident tomonidan “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va koʻlamini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tashkil etiladi
Uning muassislari - Oliy Majlis palatalari va Vazirlar Mahkamasi.
Oʻzbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasi ishlab chiqiladi
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Mijozlar qanday tartibda identifikatsiya qilinadi
Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom MB Boshqaruvining qarori bilan tasdiqlandi.
Jismoniy shaxslarga xarid summasining 1%ini qaytarish boshlanadi
Cheklarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, mahsulotlarda qalbaki markirovka qoʻllanilganligi yoki markirovka mavjud emasligi toʻgʻrisida soliq organlariga xabar berganlarga mukofot toʻlanadi.
Valyuta operatsiyalarini monitoring qilish tartibiga qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma xat-xabarlarni yetkazib berishning yagona milliy tizimidan foydalanilgan holda pochta orqali yuboriladi.
Qanday tovarlarga bojxona bojlari solinmaydi
Xizmatlar sohasini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
YTHda sugʻurta olish tartibi oʻzgartirildi
Haydovchilar YTH toʻgʻrisidagi xabarnomani DYHXX xodimlarining ishtirokisiz tuzishlari mumkin, bu Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish qoidalariga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan mustahkamlangan.
Nurlanish olishning dozalarini hisobga olish yagona tizimi barpo etilmoqda
Unga Oʻzbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarlik qiladi.
Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun ruxsat berilgan dori vositalari roʻyxati kengaytirildi
Sogʻliqni saqlash vazirligi Orfan dori vositalari roʻyxatini yangiladi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning vazifalari belgilandi
Ular jumlasiga: din ishlari sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining dunyoviy davlat tamoyilini amaliy roʻyobga chiqarish, fuqarolarning vijdon erkinligi kafolatlarini himoya qilish va boshqalar kiradi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


