Poytaxtning issiqlik ta’minoti tizimi DXSh asosida modernizatsiya qilinadi
Toshkent shahar hokimligi va «Veolia Energy Tashkent» MChJ sheriklar sifatida ishtirok etadi. Xususiy sherik Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestriga kiritiladi.
Talabalar turar joylarini qurish uchun subsidiya ajratiladi
Subsidiya talabalar turar joylarini qurish uchun DXSh doirasida loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan qiymatning 50%i miqdorida ajratiladi.
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti tashkil qilindi
Uning bitiruvchilariga Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti diplomi beriladi.
1 maydan nimalar oʻzgardi
Norma.uz portali 2022 yil 1 maydan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Oʻzbekiston poytaxtini qanday rivojlantirishadi
Toshkent shahrida mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflarni oʻz ichiga olgan "Yoʻl xaritasi" tasdiqlandi.
Kasalxonada davolanayotgan bolalar uchun maktab tashkil etildi
"Mehrli maktab"ning maqsadi - Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim hamda umumiy oʻrta ta’lim berish jarayonlarini tashkil etishdir.
Vazirlar Mahkamasining mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi nima bilan shugʻullanadi
Uning vazifalari orasida - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishi sifatini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini tashkil qilish.
Prezidentning ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday qabul qilishadi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etiladi
Markazning shifoxona fondi 4-son bolalar klinik shifoxonasi va 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonalarini qoʻshib yuborish orqali 300 oʻringacha oshiriladi.
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblariga mukofotlar miqdorlari aniqlandi
Oʻzbekiston sportchilari oltin medal uchun $5 000 miqdorida pul mukofoti oladilar.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrildi
Ular orasida - “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta’lim asosida kasb-hunarga oʻqitilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik stipendiya toʻlab berilishi.
Pensiya va nafaqalarning miqdorlari oshirildi
Endilikda, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 633 000 soʻmga teng.
Ichki turizm strategik sohaga aylanadi
Oʻzbekiston fuqarolari uchun “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari boʻylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismi qaytariladi.
Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi
Prezident tomonidan 30.04.2022 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Oliy Majlis Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar qanday qonunlarni muhokama qilishdi?
Senatorlar “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi, “Inson a’zolari va toʻqimalari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqalarni ma’qullashdi.
Jizzax viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlandi
Dastur aholi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish qonun bilan tartibga solinadi
Qonunda organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga qoʻyiladigan talablar belgilangan.
Zominda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi
Ixtisoslashtirilgan prokuratura tabiatni muhofaza qilish va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni oʻrnatadi.
Qorakoʻlchilar va ipakchilarga berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi
Moliya vazirligi respublika byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 200 mlrd soʻm miqdoridagi kredit resurslarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga tijorat banklariga 10% stavkada ajratadi.
Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatilishi boshlanadi
Moliyalashtirish xizmatlarini xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan tartibda mikromoliya tashkilotlari koʻrsatishga haqli.
Bolalar orasida YHQ targʻiboti qanday amalga oshiriladi
YHQ targʻiboti maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilariga yoʻllarda harakatlanish asoslarini oʻrgatishni nazarda tutadi.
Joriy yilning 1 sentyabridan shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi
Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmat turlarini pullik asosda tashkil etishga ruxsat beriladi.
Mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish kuchaytiriladi
Shu maqsadda tegishli 2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar koʻrildi
2022 yil 1 maydan boshlab ular uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida multidissiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini toʻgʻrilash) jarayoni tashkil etiladi.
2022 yil 1 avgustdan boshlab Mobil-ID tizimi joriy etiladi
Ushbu tizim foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin.
Andijon viloyatini rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur tasdiqlandi
Dastur aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi
Subsidiya har bir xodimga BHMning 1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida beriladi.
Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisi 2022 yil 28 aprel kuni chaqiriladi
Majlisda “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi, “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlar koʻrib chiqiladi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


