Toʻlov tashkilotlarini litsenziyalash tartibi tasdiqlandi
Markaziy bank toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va yuritishga doir talablarni belgiladi.
Yetkazib berish xizmati faoliyati soddalashtirildi
Xususan, ayrim ikki yoki uch gʻildirakli transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi boʻlishi shartligi toʻgʻrisidagi talab bekor qilinadi.
Tadbirkorlarning hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini noqonuniy yechib olganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
Ma’muriy jazo qoʻllangandan soʻng sodir etilgan qilmish jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Fuqarolik jamiyati qanday rivojlanadi
Vazirlar Mahkamasi fuqarolik jamiyatlariga koʻmaklashish va ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan 26 banddan iborat “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqladi.
Dori vositalari narxlari ustidan nazorat kuchaytirildi
Narxlar oshirib yuborilganligi haqida “Soliq hamkor” axborot tizimi orqali xabar berish mumkin boʻladi.
Yangi Konstitutsiya normalarini amalga oshirish boʻyicha choralar belgilandi
Prezident Farmoni bilan koʻpgina sohalarda qator islohotlar ilgari surilmoqda.
Samarqand shahrida Butunjahon shaxmat olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrish boshlandi
Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Maktab ligasi”, “Akademik litsey ligasi” “Professional ta’lim muassasalari ligasi” va “Talabalar ligasi” shaxmat musobaqalari har yili oʻtkaziladi.
Milliy antidoping agentligi qayta tashkil qilindi
U respublika ijro etuvchi hokimiyat organi maqomiga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Prezident hamda Vazirlar Mahkamasiga hisobdordir.
2023 yil 9 iyul kuni muddatidan ilgari Prezident saylovi oʻtkaziladi
Prezidentning “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Caylov kodeksida muddatdan ilgari saylovlarni oʻtkazish vaqtlari belgilanmoqda
Oʻzgarishlar yangi Konstitutsiya qabul qilinishi munosabati bilan kiritilmoqda.
Qanday dori vositalari retseptsiz sotiladi
Retseptsiz beriladigan dori vositalari roʻyxati Sogʻliqni saqlash vazirligi saytida e’lon qilib boriladi.
Ogohlantirish muddatini xodimning roziligisiz pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkinmi
Ishlab chiqarish tashkilotida qoʻl mehnati avtomatlashtirilishi tufayli xodimlarni qisqartirish rejalashtirilmoqda. Qisqartirilayotgan xodimlarga ikki oy oldin ogohlantirish berildi. Ammo rahbar ularni tezroq ishdan boʻshatishni talab qilmoqda, chunki yangi texnologiya allaqachon joriy etilmoqda va bu xodimlarni ishlab chiqarishda ushlab turishning ma’nosi yoʻq.
Xotira va qadrlash kunini qanday nishonlaymiz
1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari oʻz xohishlariga koʻra sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul yuboriladi.
Klaster siyosati konsepsiyasi ishlab chiqildi
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida “Klaster” va “Klaster siyosati”ning yagona konsepsiyasi toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Vositachilik haqining chegaraviy miqdori belgilandi
Uning miqdori BHMning 20 %dan oshmasligi lozim.
Turizmni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Ular orasida – Davlat byudjetidan mahalliy aviaqatnov yoʻnalishlarini subsidiyalash uchun qoʻshimcha 30 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratish bor.
«Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlari doirasidagi loyihalar aholi tomonidan tanlab olinadi
2023 yilda ovoz berish may oyida boʻlib oʻtadi.
Qoʻshimcha ta’tilning davomiyligi oʻzgarsa, uni qanday hisob-kitob qilish kerak
Agar yil davomida qoʻshimcha ta’til kunlarining soni oʻzgarsa, ish staji uchun ularni qanday toʻgʻri hisob-kitob qilish, bunda qanday omillarni hisobga olish kerakligini ekspert va «Norma» kadrlar xizmati rahbari Valeriya LYaNDRES tushuntirdi.
Yangi MKda buxgalterning ishi uchun muhim jihatlar
Yangi Mehnat kodeksining kuchga kirishi nafaqat kadrlar xizmatlarining, balki buxgalterlarning ham ishida aks etadi. Yangi MK ishlab chiquvchilari – Aleksey NIYaZMETOV va Yuriy FEOKTISTOV buxgalter oʻz ishida kodeksning qanday asosiy jihatlarini hisobga olishi kerakligi haqida buxgalter.uz uchun maxsus gapirib berishdi.
Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank boshqaruvi 4 maydagi yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Prezident stipendiyalari qanday beriladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalarini moddiy hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qaror qabul qilindi.
Ichki audit xizmati xodimlariga talablar oʻzgarmoqda
Xususan, ularning malakasini milliy sertifikat bilan tasdiqlash talabi muddati uzaytirilmoqda.
Baliqchilik xoʻjaliklari uchun subsidiya miqdorlari kamaytirildi
Shuningdek, ularni taqdim etishning soʻnggi muddati belgilandi.
Qishloq xoʻjaligi texnikalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish joriy etiladi
U mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda oʻtkaziladi.
Qurol muomalasini litsenziyalash tartibiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda
Qurol egalariga ruxsatnoma berishda ularning yaqin qarindoshlarining ruhiy holati inobatga olinadi.
Davlat qarzining eng koʻp miqdori qonun bilan belgilanmoqda
Davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz koʻrsatkichiga nisbatan 60%dan oshmasligi kerak.
Kreditorlarni himoyalash boʻyicha qoʻshimcha choralar belgilandi
Kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini garovga kuyilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik beriladi.
Urush qatnashchilariga 18 mln soʻmdan beriladi
Bu Prezidentning “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida nazarda tutilgan.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


