Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
26.11.18

Kreditorlarga koʻproq huquq va kafolatlar berildi

Prezidentning 23.11.2018 yildagi «Kreditorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–4026-son qarori e’lon qilindi

26.11.18 NHH loyihalari
26.11.18

«Xorijliklar» oyna tusini oʻzgartirganligi (qoraytirganligi) uchun qanday haq toʻlaydilar

Oynalari tusi oʻzgartirilgan (qoraytirilgan) xorijiy avtomobillar Oʻzbekistonga vaqtincha kirganda va tranzit harakatlanganda haq toʻlash tartibini belgilovchi loyiha QHTBT portalida joylashtirilgan

26.11.18

Paxta yogʻi aksiz soligʻidan ozod qilindi

Texnik chigit, paxta chigiti sheluxasi va shrotini realizatsiya qilish tartibi oʻzgardi, paxta yogʻiga esa endi aksiz soligʻi solinmaydi (21.11.2018 yildagi PQ–4023-son)

26.11.18

Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar – qiymati EKIHning 10%iga teng gerbli blankalarda

Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining «Koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilingani haqida xabar berdi

26.11.18

Ish joyining oʻzida buxgalteriyadan saboq olayotgan boʻlsangiz

Oʻzbek tilidagi «Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»ning ikkinchi qismi sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkoni ma’muriyati endi ikki jildli ommabop yangi nashr ham oʻzbek, ham rus tilida mavjud ekanligiga e’tiboringizni qaratadi

23.11.18

Notoʻgʻri yoki ortiqcha toʻlangan soliqlar tezkorlik bilan qaytariladi

Gʻaznachilikda oʻtkazilgan yigʻilishda notoʻgʻri yoki ortiqcha toʻlangan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni qaytarish tizimini toʻliq avtomatlashtirishga oʻtkazish masalasi muhokama qilindi, deya xabar beradi Moliya vazirligi

23.11.18

Valyutani qonunga xilof ravishda oʻtkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda

Qonunchilik palatasi deputatlari 22 noyabr kuni xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratirilgan, jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, valyutaning noqonuniy oboroti uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda qurilish qoidalarini buzish toʻgʻrisidagi qonun loyihalarini koʻrib chiqdilar

23.11.18

Chiqindilarni olib chiqqanlik uchun biznes 100% oldindan toʻlov toʻlaydi

2019 yil 1 yanvardan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari haqini toʻlash tartibi oʻzgaradi. Oʻzgartirishlar OʻzA saytida joylashtirilgan Prezidentning 22.11.2018 yildagi Farmonida nazarda tutilgan

22.11.18

Xalqaro savdoda texnik toʻsiqlar kamayadi

«Oʻzstandart» agentligi hamda Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi Milliy oʻlchash etalonlari hamda milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va oʻlchash sertifikatlarining oʻzaro e’tirof etilishi toʻgʻrisida kelishuvni imzoladi

22.11.18

YaIDXP: yana qanday davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin

2018 yilning uchinchi choragida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) 23 ta yangi xizmat koʻrsatila boshladi

22.11.18

IT sohasida yangi nazorat qiluvchi organ

Prezidentning 21.11.2018 yildagi «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida shu haqda soʻz borgan

22.11.18

UMS «Raqamli ishonch» jamgʻarmasiga topshiriladi

«Universal Mobile Systems» MChJ ustav kapitalidagi davlat ulushi (100%) «Raqamli ishonch» raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga begʻaraz asosda topshiriladi. OʻzA saytida joylashtirilgan Prezidentning 21.11.2018 yildagi qarorida shu nazarda tutilgan

22.11.18 NHH loyihalari
22.11.18

Tovarlar harakatini nazorat qilish va hisobga olish tizimi 2019 yilda joriy etila boshlaydi

Alkogolli mahsulotlarning «ishlab chiqaruvchi – ulgurji sotuvchi – chakana sotuvchi – iste’molchi» zanjiri boʻyicha harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimi ikki bosqichda joriy etiladi. 2019 yil iyuldan boshlab ushbu tizim yordamida 22 turdagi tovar harakatini nazorat qilmoqchilar

21.11.18

Iqtisodiy jinoyatlar: buxgalter nimalarni bilishi kerak

Tekshiruv va dastlabki tergov natijalariga koʻra boshqalar yoʻl qoʻygan qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilish xataridan buxgalter qanday himoyalanishi mumkin? 2018 yil 28 noyabrda «Norma» PRMda oʻtkaziladigan seminarda advokat Eleonora Mazurova shu xususda batafsil tavsiyalar beradi

21.11.18

Umidjon Otamirzayev: «Vir.uz taqdim etayotgan imkoniyatni qoʻldan boy berib boʻlmaydi»

Namanganlik Umidjon Otamirzayev bosh buxgalter boʻlib ishlash uchun zarur bilim va koʻnikmalarni bir.uz tizimidan olishni rejalashtirmoqda. U oʻz shahrida yaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish niyatida

21.11.18

Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining loyihasi taqdim etildi

Hujjat Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilgan. Loyiha 2018 yil 6 dekabrgacha muhokama qilinadi

21.11.18

Urugʻchilik: klasterlar, ekstenshn markazi va oliy ta’lim muassasalariga kvotalarning oshirilishi

Prezidentning 20.11.2018 yildagi «Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida mahalliy urugʻchilikni rivojlantirish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar belgilangan

21.11.18

Zamonaviy issiqxonalarga – soliq va bojxona imtiyozlari

Prezidentning 20.11.2018 yildagi «Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi

20.11.18

Yer uchastkasi qachon noqonuniy tarzda ajratilgan deb topiladi

Ushbu sharhda Prezidentning 14.11.2018 yildagi «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5577-son Farmonida nazarda tutilgan yangiliklarni koʻrib chiqishda davom etamiz

20.11.18

Valentina Ivanova: «Vir.uz tizimida oʻqiy boshlaganlarga muvaffaqiyat tilayman»

Oʻtgan shanbada «Advance Pharmaceuticals Business» XK MChJ bosh buxgalteri Valentina Ivanova bir.uz tizimida «Bosh buxgalter. Soliq solishning soddalashtirilgan tartibi. 2-toifa» ixtisosligi boʻyicha attestatsiya imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Shu munosabat bilan Norma portali muxbiri Oleg Gayevoy undan savollariga javob berishini iltimos qildi

20.11.18

TIF qatnashchilari tezkor qoʻllab-quvvatlanadi

Tashqi savdo vazirligi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kunu tun qabul qila boshladi

20.11.18

Prezident maktablari tashkil etiladi

Respublikamizning har bir hududida iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida Prezident maktablari ochiladi. Ular STEAM fanlarini oʻqitishga ixtisoslashgan boʻladi, deya xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi

20.11.18 NHH loyihalari
20.11.18

Davlat xizmatlari «qanchaga tushadi»

QHTBT portalida Prezidentning «Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini tubdan kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda

19.11.18

Soliq kodeksining Maxsus qismi muhokama uchun taqdim etildi

Moliya vazirligi yangi tahrirdagi Soliq kodeksi Maxsus qismining dastlabki variantini e’lon qildi. Umumiy qism ustidagi ish yakuniga yetkazilmoqda, u 2018 yil 1 dekabrgacha taqdim etiladi

19.11.18

Infografika: 2019 yilgi Davlat byudjeti loyihasi va 2019-2021 yillardagi makroiqtisodiy koʻrsatkichlar

Deputatlar 2019 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamgʻarmalarining byudjetlari hamda mamlakat soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari loyihasini tasdiqladilar. Moliya vazirligi raqamlarni infografika koʻrinishida taqdim etdi

19.11.18

Loyihalarni ekspertizadan oʻtkazish, qurilish va foydalanishga qabul qilishning yangi tartibi joriy etilmoqda

Prezidentning 14.11.2018 yildagi «Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF–5577-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu sharhda 2018 yil 1 dekabrdan boshlab kiritiladigan oʻzgartirishlar haqida soʻz yuritamiz

19.11.18

Eksport qilinayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining kelib chiqish sertifikatini olish tartibi soddalashtirildi

TSV, MV va DBQning qarori (16.11.2018 yilda 2131-3-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

19.11.18

Nukusda uchta oliy ta’lim muassasasining filiali ochiladi

Bu Vazirlar Mahkamasining 13.11.2018 yildagi 924, 925, 926-son qarorlarida nazarda tutilgan. Qabul keyingi oʻquv yilidan boshlanadi

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.