Profilaktik emlash qachon va qanday oʻtkaziladi
Xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi tugʻilganda, profilaktik emlash yangi qoidalar asosida amalga oshiriladi. Sogʻliqni saqlash vazirligi emlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, hududlar va xavf guruhlarini aniqlash, shuningdek, fuqarolarni emlash haqida xabardor qilish tartibini tasdiqladi.
Shovqindan himoya qilishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Prezident shovqinning ruxsat etilgan darajalari va uning ta’siriga qoʻyilgan vaqtinchalik cheklovlarni belgilovchi qonunni imzoladi. Ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish va bayram kunlari esa soat 22:00 dan 09:00 gacha belgilangan me’yorlardan yuqori shovqin taqiqlanadi.
Davlat xaridlarida boshlangʻich narxlarni belgilashning shaffof tizimi joriy etiladi
Davlat xaridlarining oʻrtacha bozor va boshlangʻich narxlarini shakllantirishning yangi tartibi tasdiqlandi. Tizim elektron moduldan foydalanishni, davlat va jamoatchilik nazoratini, shuningdek, alohida tovarlar qiymatini avtomatik hisoblash uchun sun’iy intellektdan foydalanishni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston standartlar institutiga yangi vakolatlar berildi
Institut ustavi hamda texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasida mutaxassislar tayyorlash qoidalari tasdiqlandi. Hujjatlar milliy sifat tizimini isloh qilish va xalqaro standartlarga oʻtish doirasida qabul qilingan.
Davlat aktivlari va yerlarni sotish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Prezidentning PF-177-sonli farmoni bilan – 84 ta kompaniyaning aksiyalari, 1242 ta koʻchmas mulk ob’yekti va 8 ming gektar yerni sotish, 85 ta davlat korxonasini qayta tashkil etishga qaratilgan bir yillik reja belgilandi. Hujjatda toʻlovning yangi shartlari, jumladan, 15 foiz boʻnak va foizsiz boʻlib toʻlash, shuningdek, sotilmagan aktivlar uchun narxni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi belgilangan.
Geografik koʻrsatkichlar va tovar kelib chiqqan joy nomlari uchun ogohlantiruvchi markirovka shakllari tasdiqlandi
Ular Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan va endilikda geografik koʻrsatkichdan foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi guvohnoma egasi belgining Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi tegishli markirovkani qoʻyishi mumkin.
Gidlar uchun malaka toifalari joriy etilmoqda
2026 yil 1 dekabrdan boshlab gidlar va gid-tarjimonlar imtihon natijalariga koʻra malaka sertifikatlarini olishlari mumkin boʻladi. Hujjatlar muddatsiz beriladi va ular haqidagi ma’lumotlar Gidlarning yagona elektron reyestriga kiritiladi.
Litsenziyalash sohasidagi qoidabuzarliklar toʻgʻrisida xabar berganlik uchun mukofot joriy etiladi
Ma’lumot beruvchilar, agar ular taqdim etgan qoidabuzarlik haqidagi ma’lumotlar tasdiqlansa va aybdor shaxs javobgarlikka tortilsa, jarima summasining 10 foizini olishlari mumkin. Xabarlar vakolatli organ tomonidan 10 ish kuni mobaynida koʻrib chiqilishi lozim.
Mukofot jamgʻarmasi 10 mlrd soʻm boʻlgan "Eng innovatsion gʻoya" tanlovi ta’sis etildi
Har yili oʻtkaziladigan respublika tanlovi startap loyihalariga aylantirish uchun yuqori salohiyatga ega gʻoyalarni aniqlaydi. Oliy ta’lim bosqichi gʻoliblari 100 mln soʻmdan grantlar oladi, respublika bosqichining eng yaxshi loyihalari mualliflari esa xorijiy inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
Ijtimoiy xodimlar malaka sertifikatini qanday olishlari mumkin
Vazirlar Mahkamasining "Ijtimoiy himoya sohasida yuqori malakali mutaxassislar korpusini shakllantirish hamda ularning kasbiy faoliyatini yaxshilash toʻgʻrisida"gi qarori qabul qilindi.
Jamoat xavfsizligi: profilaktika inspektorlariga yangi vakolatlar beriladi
Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha yangi ish tizimi joriy etilmoqda. Mahalla darajasida huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika inspektorlarining vakolatlarini kengaytirish va ularning ishini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Jamoat xavfsizligi universitetiga kursantlarni qabul qilish koʻpaymoqda
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Jamoat xavfsizligi universitetiga yillik qabul kvotalari kunduzgi ta’lim uchun 600 nafarga, masofaviy ta’lim uchun esa 300 nafarga oshiriladi. Oʻrinlarning toʻrtdan uch qismi IIV tizimi uchun kadrlar tayyorlashga moʻljallangan.
AQSh, Buyuk Britaniya va Shengen vizalariga ega Hindiston fuqarolari uchun mamlakatga kirish soddalashtirildi
2026 yil 1 sentyabrdan boshlab bir qator davlatlarning amaldagi koʻp martalik turistik yoki biznes vizalariga ega boʻlgan Hindiston fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kungacha vizasiz kirishlari mumkin boʻladi. Buning uchun oʻz mamlakatiga yoki uchinchi davlatga aviachiptani ham taqdim etish kerak boʻladi.
Prezidentning PF-175-sonli Farmoniga asosan biznes uchun soliq qoidalari qanday oʻzgaradi
Tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqot vazifalarini amalga oshirish boʻyicha Prezidentning 27.08.2026 yildagi PF-175-son Farmoni biznesga ma’muriy bosimni kamaytirish, jarima amnistiyalari, «tadbirkorning haqligi prezumpsiyasi» tamoyilini joriy etish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan.
Tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan qarzlarni qisqartirish boʻyicha aksiya oʻtkazilmoqda
Tadbirkorlarga eksport operatsiyalari boʻyicha 2026 yil 28 avgustga qadar yuzaga kelgan muddati oʻtgan debitorlik qarzlarini oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlash imkoniyati beriladi. 2027 yil 1 yanvardan boshlab bir qator holatlar uchun aktivlarni repatriatsiya qilishni ta’minlamaganlik uchun jarimalarni ikki baravar kamaytirish ham nazarda tutilgan.
Bojxona tizimini isloh qilish: rasmiylashtirish tezlashtiriladi, yigʻimlar kamaytiriladi
2030 yilgacha moʻljallangan yangi strategiyada bojxona tartib-taomillarini raqamlashtirish, sun’iy intellektni joriy etish va rasmiylashtirish vaqtini ikki barobarga qisqartirish koʻzda tutilgan. TIF ishtirokchilari uchun ham bir qator talablar bekor qilinadi va ayrim bojxona yigʻimlari kamaytiriladi.
1 sentyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 sentyabrdan milliy qonunchilikda kuchga kiradigan asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Pulni telefon raqami orqali oʻtkazish mumkin boʻladi
Yangi qoidalar kuchga kirgandan keyin fuqarolar oluvchining faqat mobil telefon raqamini yoki maxsus bogʻlash kodini koʻrsatgan holda Tezkor toʻlovlar tizimi orqali mablagʻlarni yuborishlari mumkin boʻladi. Operatsiya bajarilishidan oldin tizim oluvchining ma’lumotlarini va vositachilik haqini koʻrsatadi.
Kichik va mikro GESlar quvvati oshiriladi
Mamlakatda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmogʻini kengaytirish, ularning umumiy quvvatini 204 MVtdan oshirish hamda 350 mingta aholi xonadonini ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Tarmoqni rivojlantirish uchun sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda raqamli platforma ham yaratiladi.
Jahon banki gaz sizib chiqishlarini bartaraf etish uchun 10,6 mln AQSh dollari ajratdi
Jahon banki ishtirokidagi qoʻshma loyiha doirasida mamlakatda gaz sizib chiqishlarini aniqlash va bartaraf etish mexanizmi yaratiladi. Bundan avval, bank koʻmagida oʻtkazilgan tadbirlar natijasida «Oʻztransgaz» AJ ob’yektlarining 1 000 tadan ortiq nuqsonli nuqtalarida 35 mln kub metrgacha hajmda gaz sizib chiqish holatlari aniqlangan edi.
Kriptologiya instituti davlat organlari tizimlarini ekspertizadan oʻtkazish va IT-kadrlar tayyorlash bilan shugʻullanadi
Institut mutaxassislar va ilmiy kadrlar tayyorlaydi, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va axborotni himoya qilish sohasida milliy yechimlarni ishlab chiqadi, shuningdek, davlat axborot tizimlarini xavfsizlik talablariga muvofiqligini tekshiradi.
Menejerlik sertifikatini olgan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari ustamalar bilan ragʻbatlantiriladi
Vazirlar Mahkamasi kasbiy ta’lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan yangi chora-tadbirlarni tasdiqladi. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlariga menejerlik sertifikati mavjud boʻlgan taqdirda – ish haqining 50 foizi, ularning oʻrinbosarlariga esa 30 foizi miqdorida har oylik ustama beriladi.
Dual tizim boʻyicha oʻquvchilarni oʻqitayotgan ish beruvchilarni imtiyozli kreditlash kengaytirilmoqda
Vazirlar Mahkamasi texnikumlar bilan dual ta’lim dasturlarini amalga oshirayotgan va bitiruvchilar bandligini ta’minlayotgan tashkilotlarga imtiyozli kreditlar ajratish tartibini tasdiqladi. Ish beruvchilar 2 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd soʻmgacha kredit olishlari mumkin boʻladi.
Qaysi turistik startaplar davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
Har yili eng yaxshi 10 ta turistik loyiha yangi turdagi turizm xizmatlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi miqdorida – har bir loyiha uchun 1 mlrd soʻmgacha subsidiya olishi mumkin boʻladi. Qoʻllab-quvvatlashdan foydalanish uchun kompaniyalar biznes-reja taqdim etishlari hamda startapning yangiligi va turistlar uchun dolzarbligini tasdiqlashlari lozim.
Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish uchun maxsus huquqiy rejimga ega boʻladi
Prezident tomonidan Enterprise Uzbekistan raqamli texnologiyalar xalqaro markazi faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlovchi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Markaz rezidentlari uchun 2100 yilgacha boʻlgan davrda investitsiyalar, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va ma’lumotlarni himoya qilish sohasida xalqaro standartlarni, shuningdek soliq va boshqa imtiyozlarni nazarda tutuvchi maxsus tartibga solish rejimi belgilanadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etilmoqda
Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi YuNESKO bilan hamkorlik doirasida tashkil etilmoqda. U xalqaro tadqiqotlar va ta’lim dasturlari, bolalarni erta rivojlantirish, pedagog kadrlarni tayyorlash, shuningdek, 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish bilan shugʻullanadi.
Muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarga vaqtinchalik boshpana berish tartibi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markazlariga joylashtirish tartibini belgiladi. 2026 yil 1 oktyabrdan boshlab muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan muhtoj oilalarga ham munitsipal turar joylar imtiyozli stavkada ijaraga beriladi.
Koʻp kvartirali uylardan texnik foydalanish normalari yangilandi
Boshqarish organlari fasadlardagi nuqsonlarni bir oy ichida bartaraf etishlari, magistral tarmoqlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashlari va liftlar xavfsizligi boʻyicha yangi talablarga rioya qilishlari shart boʻladi. Shuningdek, kirish yoʻlaklariga konditsionerlar va isitish qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan oʻrnatish taqiqlanadi.
Moʻmin Ashurov: «Soliq solishdagi yangiliklarga oʻqitishda yangicha yondashamiz»
«Norma» professional rivojlanish markazi soliq solish tizimidagi oʻzgarishlarga bagʻishlangan navbatdagi seminar va kurslarga qabul e’lon qiladi. Bu haqda batafsil «Norma» PRM direktori Moʻmin Ashurov bilan intervyuda
Qay biri afzal: soddalashtirilgan QQSmi yoki umumbelgilangan QQS?
Kompaniyangiz uchun qaysi – soddalashtirilgan yoki umumbelgilangan QQS foydaliroq ekanini qanday bilish mumkin? «Norma» kompaniyasi yaqin orada tashkil etadigan vebinar ishtirokchilari shu va boshqa savollarga javob topishlari mumkin boʻladi
Butun «buxgalteriya» BUXGALTER.UZga oʻtadi
Yaqin orada norma.uz portali buxgalteriya kontentini buxgalter.uz ixtisoslashtirilgan resursiga oʻtkazib, uni e’lon qilishni toʻxtatadi
Pochta «Norma» nashriyotiga kitoblarni qaytarib berishiga nima sabab boʻldi?
16.11.2018 yildagi materialda knigi.uz internet-doʻkoni xaridori buyurtmani oʻz vaqtida olmagan birinchi holat batafsil koʻrib chiqilgan edi. Ushbu materialda vaziyat qanday yakun topgani haqida soʻz yuritamiz va «Norma» nashriyoti direktorining barcha mijozlarga murojaatini e’tiboringizga havola etamiz
Moʻmin Ashurov: «Vir.uz tizimi bilan QQS haqida hamma narsani bilib olish oson»
«Norma» PRM «QQS – nimalarga e’tibor berish lozim» ommabop kursi doirasida oʻqitishni tashkil etishga yondashuvni oʻzgartirdi. Natijada mashgʻulotlar tugaganidan keyin tinglovchilarning aksariyati yakuniy testlardan muvaffaqiyatli oʻtmoqdalar. Markaz direktori Moʻmin Ashurov innovatsiyalar haqida batafsil soʻzlab berdi
Kimlarni qisqartirsa boʻladi?
Direktor qisqartiriladigan xodimlarning roʻyxatini tayyorlashni buyurdi. Korxonaning kadrlar xizmati qanday mezonlarga amal qilishi lozim? Ekspert Abdusalom Risqullayev ushbu materialda mazkur savolga javob berdi. Kadrlar ishini yuritishga doir boshqa savollarni «Norma» PRMda 3 dekabrda boshlanadigan oʻquv kursi doirasida berish mumkin
Ish joyining oʻzida buxgalteriyadan saboq olayotgan boʻlsangiz
Oʻzbek tilidagi «Buxgalteriya hisobini mustaqil oʻrganish uchun qoʻllanma»ning ikkinchi qismi sotuvga chiqarildi. knigi.uz internet-doʻkoni ma’muriyati endi ikki jildli ommabop yangi nashr ham oʻzbek, ham rus tilida mavjud ekanligiga e’tiboringizni qaratadi
Iqtisodiy jinoyatlar: buxgalter nimalarni bilishi kerak
Tekshiruv va dastlabki tergov natijalariga koʻra boshqalar yoʻl qoʻygan qonunbuzarliklar uchun javobgarlikka tortilish xataridan buxgalter qanday himoyalanishi mumkin? 2018 yil 28 noyabrda «Norma» PRMda oʻtkaziladigan seminarda advokat Eleonora Mazurova shu xususda batafsil tavsiyalar beradi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Xorijdagi vatandoshlarni taklif qilish va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini Oʻzbekistonga taklif qilish, shuningdek, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamentlari tasdiqlandi. Arizalarni YaIDXP va DXM orqali topshirish mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


