1 maydan boshlab sovuq suv narxi yana oshiriladi
«Suvsoz» DUK saytida ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish xizmatlari uchun yangi tariflar e’lon qilindi. 2018 yil 1 maydan boshlab hisob-kitoblar yangi narxlar boʻyicha amalga oshiriladi
Qanday qilib TIF ishtirokchisi boʻlish mumkin
Koʻpgina korxonalar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanmoqchi. Ularning rahbarlari uchun buxgalteriya va yuridik xizmatlarni tayyorlash vazifasi dolzarb boʻlib turibdi. Nimalarga e’tibor qaratish lozim? Shu va boshqa savollarga TIF sohasidagi «ViGoRus» konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova javob beradi
Idoraviy qurol olib yurish – Harbiy-texnik institut sertifikati boʻyicha
Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bazasida idoraviy oʻqotar qurol va maxsus vositalarni olib yurish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berilgan tashkilotlar xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizom (12.04.2018 yilda 2997-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi
Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga – 5 mln soʻm, oʻzlari jang qilgan joylarga va sanatoriyga safar qilish
Prezident «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida»gi farmonni hamda «Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorni imzoladi
Qora metallar noqonuniy oboroti uchun – EKIHning 50 baravarigacha jarima
Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 219-1-moddasiga kiritiladigan tuzatishlar loyihasi QHTBT portalida e’lon qilingan
Adliya vazirligi NHH loyihalari ustida ishlashda asosiy oʻrinni egallaydi
Prezidentning 13.04.2018 yildagi PQ–3666-son qarori bilan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini QHTBT portalida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish hamda Prezident va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan loyihalarni Adliya vazirligi bilan kelishish majburiyati joriy etilmoqda
Rahbar buxgalteriya hisobini bilishi shartmi?
Direktor maqomiga ega boʻlgan kishining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot asoslarini bilishi qonunchilik mas’uliyati jihatidan juda foydali boʻlishi tayin
Yuridik ma’lumotga ega boʻlmay qayta tayyorlashdan oʻtib yuridik xizmatda ishlash
Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3666-son qarorida ana shunday chora nazarda tutilgan
Nima uchun BIR.UZ tizimi imtihoniga aprel oyida roʻyxatdan oʻtgan ma’qul?
Buxgalter rasmiy hujjati - Bir.uz attestatini olishni va oʻz malakasini oshirishni istaganlar uchun ajoyib yangilik
14 ta yuridik kollej bitiruvchilari TDYuUga test imtihonlarisiz kirishlari mumkin
Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3666-son qarori e’lon qilindi
Harbiy texnikani ishlab chiqarish qanday litsenziyalanadi
Vazirlar Mahkamasining 26.03.2018 yildagi 237-son qarori bilan Qurol-yarogʻ, harbiy texnikani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash hamda boʻshayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish va qayta ishlash tartibi belgilandi
Tuman adliya boʻlimlari tashkil etildi, FHDYo hokimliklar tasarrufiga oʻtkazildi
Prezidentning 13.04.2018 yildagi «Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Mashhur madaniyat arboblari ragʻbatlantiriladi
Milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qoʻshgan san’atkorlarni hamda oʻzbek san’atini dunyo sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish etib kelayotgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Mintaqalarda 2019 yildan kommunal toʻlovlar boʻyicha ma’lumotnomalarsiz notarial rasmiylashtirish boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.02.2017 yildagi «Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qoʻllagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 106-son qaroriga qoʻshimchalar kiritildi
Geologlar uchun kasb bayrami va faxriy unvon belgilanishi mumkin
QHTBT portalida «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan geolog» faxriy unvonini ta’sis etish va Geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisidagi qonun loyihalari e’lon qilingan
Tez buziladigan yuklarni avtomobilda tashish uchun guvohnoma zarur
Vazirlar Mahkamasining 7.04.2018 yildagi 277-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yuklarni tashish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Import bojlari stavkalarining qariyb 45%ini pasaytirish taklif etilmoqda
Ushbu sharhda bojxona tariflarini tartibga solish sohasida kiritilishi rejalashtirilayotgan asosiy oʻzgartirishlar tahlil qilingan. Xususan, import bojxona bojlari stavkalarining taklif etilayotgan qiymatlari batafsilroq oʻrganilgan
Davlat dasturiga kiritilgan loyihalar qanday moliyalashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 274-son qarori Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi faoliyatini tartibga soladi
Jamoatchilik nazorati qonun bilan tartibga solindi
«Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Ishlab chiqarilganiga 20 yildan oshgan yuk mashinalari Qamchiq dovoni orqali yuk tashishi taqiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 268-son qarori bilan «Qamchiq» dovoni orqali avtomobil transportida yuk tashish tartibga solindi
Deputatlar Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritishni taklif etmoqda
12 aprelda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisi boʻlib oʻtdi. Deputatlar bir qator qonun loyihalarini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqdilar
Bojxona kodeksining yangi tahriri ishlab chiqiladi
Prezidentning 12.04.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi
Temir yoʻlda tashishni litsenziyalash tartibi oʻzgartirildi
Vazirlar Mahkamasining 9.04.2018 yildagi 278-son qarori bilan mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalashning yangilangan tartibi tasdiqlandi
BPM-tizimlar qanchalik samarali
Biznes jarayonlarini boshqarishning BPM-tizimlaridan foydalanadigan menejerlar soni tobora ortib bormoqda. Ularning nimasi foydali va qanday dasturiy ta’minotni tanlash kerak? «OLSOFT» kompaniyasi vakili Timur Sharapov maslahat beradi
«Sirdaryo» EIZ tashkil etilmoqda
Prezidentning 12.04.2018 yildagi «Sirdaryo» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Shtatdagi buxgalter yoki autsorsing: qaysi biri yaxshi
Buxgalteriya hisobini qanday tashkil qilgan ma’qulroq? Autsorsingga beribmi? Buxgalter yollabmi? Bu masalalar tadbirkorlar uchun boshqotirma misoli. Ekspert yordamida «tarafdor» va «qarshilar» fikrini solishtirib koʻrishni taklif etamiz
Davlat mukofotlariga doir taqdimnoma kiritishga kim haqli
«Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi (OʻRQ–473-son, 11.04.2018 y.)
SChR xizmati uchun toʻlangan mablagʻlar nimalarga sarflanadi
Vazirlar Mahkamasining 5.04.2018 yildagi 267-son qarori bilan fuqarolarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi (SChR) xizmati uchun toʻlagan mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni tashkillashtirishga tegishli Hukumatning ayrim qarorlariga tuzatishlar kiritildi
Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etildi
Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
«Elektr xavfsizligi oyligi»: maqsad va vazifalar
Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


