Qoraqalpogʻistonda «Besqala Mining Valley» maxsus mayning zonasi tashkil etiladi
Qaror investitsiyalarni jalb qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish samaradorligini oshirish va aholi farovonligini yuksaltirishga qaratilgan.
Barqaror tokenlar uchun maxsus huquqiy rejim joriy etilmoqda
Hujjat investitsiyalarni jalb qilish, raqobatni qoʻllab-quvvatlash va innovatsion toʻlov yechimlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Biznes nazoratining shaffofligi oshadi
Hujjat tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qoʻyish va korrupsiyaviy xavflarni kamaytirishga qaratilgan.
Texnikum va litseylarning milliy reytingi joriy etiladi
Eng yuqori oʻrinni egallagan texnikumlar pul bilan ragʻbatlantiriladi.
Yagona QR-kod orqali toʻlov xizmatlari
Qoidalar toʻlov uchun ishlatiladigan QR-kodlarni standartlashtirish va turli toʻlov tizimlarini birlashtirishga qaratilgan.
Kommunal xizmatlar uchun qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin
Kommunal xizmatlar uchun qarzdorlik yoʻqligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati pasporti tasdiqlandi.
Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartib-taomillari unifikatsiya qilinadi
Hujjat tadbirkorlik sohasini tartibga solishda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish va davlat organlari ustidan sud nazorati samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Elektron tijorat yanada rivojlantiriladi
Hujjat zamonaviy logistika infratuzilmasiga ega milliy elektron tijorat makonini shakllantirish, iqtisodiyotda yashirin aylanma ulushini qisqartirishga qaratilgan.
Barpo etilayotgan ob’yektlarning xavfsizligi va sifati oshadi
Yakka tartibdagi uy-joylar hamda noturar binolarni qurish va rekonstruksiya qilish ustidan nazoratni kuchaytirishning samarali mexanizmi joriy etilmoqda.
Zamonaviy issiqxona infratuzilmasi barpo etiladi
Hujjat Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida joylashgan issiqxona xoʻjaliklarini iqlim oʻzgarishiga moslashtirish, ularni Surxondaryo viloyatining iqlim sharoiti qulay hududlariga koʻchirishga qaratilgan.
Xorijiy davlatlarda olingan ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatlar qanday tan olinadi
Xorijiy davlatlarning attestatsiya organlari tomonidan talabgorlarga berilgan ilmiy daraja toʻgʻrisidagi hujjatlar vakolatli organ tomonidan ekspertiza oʻtkazish orqali yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ilmiy ekspertizasiz tan olinadi va nostrifikatsiya qilinadi.
Intellektual faoliyat qanday ragʻbatlantiriladi
Hujjat texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlarini tashkil etish, intellektual faoliyat boʻyicha tanlovlarni oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oʻzbekiston mintaqaning ta’lim xabiga aylanmoqda
Ilmiy salohiyatni birlashtirish, OTMlarning akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqilligini kengaytirish orqali ilmiy klasterlar tashkil etiladi.
Harbiy tibbiyot institutida mutaxassislar malakasi oshiriladi
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot institutida toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish tartibi belgilandi.
«Mening bogʻim» loyihalarini tashkil etish jarayoni takomillashtirilmoqda
Hujjat «Mening bogʻim» loyihalarini amalga oshirishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va jamoatchilikning tashabbuskorligini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Muddatli harbiy xizmatchilar qanday imtiyozlarga ega boʻladilar
Askarlarning kasb egallash va ta’lim olishga boʻlgan qiziqish hamda intilishlarini qoʻllab-quvvatlash orqali muddatli harbiy xizmatni oʻtash nufuzi oshiriladi.
Mahsulot sifatini oshirishga hissa qoʻshganlik uchun kimlar taqdirlanadi
Metrologiya va standartlashtirish sohasidagi eng yaxshi mutaxassislar hamda korxonalar koʻkrak nishonlari va diplomlar bilan taqdirlanadi.
Oliy ta’lim toʻgʻrisidagi nizom yangilandi
Hujjat oliy ta’lim tashkilotlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tartibini, shuningdek oliy ta’lim tashkilotlari talabalari va xodimlarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Goʻsht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda
Ichki bozorga mol va qoʻy goʻshtini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlash maqsadida goʻsht mahsulotlarini havo transportida tashish uchun vaqtinchalik subsidiyalar joriy etilmoqda.
Innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish jadallashadi
«Tarmoq - korxona - oliy ta’lim muassasasi - ilmiy tashkilot» zanjiri asosida ilmtalab, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ilmiy, ratsionalizatorlik va startap ishlanmalarni tijoratlashtirishni kengaytirish vazifasi qoʻyilmoqda.
Vaqtinchalik inshootlar xavfsizligi boʻyicha talablar ishlab chiqildi
Ochiq maydonlarda yangi yil archalaridan tortib sahna va ekranlargacha boʻlgan vaqtinchalik konstruksiyalarni joylashtirish tartibi qabul qilingan boʻlib, hujjat bunday ob’yektlarning xavfsizligi va barqarorligini oshirishga qaratilgan.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimi isloh qilinmoqda
Prezidentning 2026 yil 3 apreldagi «Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-123-son qarori qabul qilindi.
Dori vositalari xorijiy ilmiy manbalar asosida tekshiriladi
Dori vositalari ularning samaradorligini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqot natijalarining xalqaro manbalari hisobga olingan holda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Mediatorlar reyestriga kiritish boʻyicha davlat xizmati qanday koʻrsatiladi
Shaxsning malaka imtihonidan muvaffaqiyatli oʻtishi uni mediatorlar reyestriga kiritish uchun asos boʻladi.
Qishloq va suv xoʻjaligi sohasi uchun – raqobatbardosh kadrlar
Hujjat raqamli texnologiyalar asosida yer melioratsiyasi va suv resurslarini boshqarishning ilmiy-amaliy asoslarini ishlab chiqish, «sanoat– korxona – oliy ta’lim» uzluksiz ta’lim tizimini yaratishga qaratilgan.
Xalq qabulxonalari faoliyati samaradorligi oshiriladi
Fuqarolarning murojaat qilish huquqini soʻzsiz amalga oshirish orqali ularning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish nazarda tutilmoqda.
Fuqaro aviatsiyasi tizimida tibbiy nazorat takomillashtirildi
Hujjat aviatsiya xodimlarining kasbiy layoqatini xolis va asosli baholash, shuningdek parvozlar xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilaydi.
Yangi ekologik ta’lim tizimi joriy etilmoqda
Hujjat aholi oʻrtasida ekologik koʻnikmalarni shakllantirish, ta’lim muassasalari faoliyatining barcha bosqichlarini xalqaro standartlar va ekologik me’yorlar asosida tashkil etishga qaratilgan.
Kitoblar yetkazib beriladi
«Norma» iqtisodiy-huquqiy nashriyotining knigi.uz kitob internet-doʻkoni ish boshladi. Assortimentda – boshlovchilar tomonidan ham, tajribali kadrlar xodimi, buxgalterlar va rahbarlar tomonidan ham talabgir oʻquv-ma’lumotnoma adabiyoti mavjud
Buxgalter nimalarni bilishi kerak
Buxgalter ishini muvaffaqiyatli boshlab olish uchun nimalarni bilishi kerak? «Norma» professional rivojlanish markazi mutaxassislari 15 ta pozitsiyani sanab oʻtishdi
Jadval boʻyicha ta’til
Ish beruvchi tasdiqlangan jadvalga koʻra boshqa vaqtda olishi kerakligini vaj qilib, xodimga yillik ta’til berishni rad etishi mumkinmi? Bu savolga mehnat munosabatlari sohasidagi ekspert Abdusalom Risqullayev javob beradi
Ish haqi hisob-kitobi: xato qilmaslik uchun nima qilish kerak
Ish haqini hisoblashda qilingan xato nafaqat buxgalter uchun ancha noxushliklar va ovoragarchiliklarga sabab boʻladi. Hisob-kitoblardagi tasodifiy xatolar xatarini qanday kamaytirish mumkin? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasining mutaxassisi Vera Tyurina maslahat beradi
Rahbarlar uchun buxgalteriya hisobi
Rahbar buxgalteriya hisobi tashkil etilishi va uning ahvoli uchun mas’ul. Nafaqat tashkilotning barqarorligi, balki rahbarning moddiy farovonligi va xotirjamligi ham hisob toʻgʻri yuritilishiga bogʻliq. Ushbu uchastkadagi ishni qanday yoʻlga qoʻyish mumkin?
Bitimlarga soliq solinishini qanday maqbullashtirish mumkin
Xoʻjalik shartnomalari va bitimlarining soliq oqibatlari ularning mazmuniga doir koʻplab jihatlarga bogʻliq. Keyinchalik soliq idorasida muammoga toʻqnash kelmaslik uchun shartnomani qanday tuzish kerak? ViGoRus konsalting kompaniyasi direktori Svetlana Golosova maslahat beradi
Ishdan ajralmagan holda buxgalteriya hisobini qanday oʻzlashtirsa boʻladi
29 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Buxgalteriya hisobiga kirish» oʻquv kursi boshlanadi. Mashgʻulotlar masofaviy tarzda oʻtkaziladi
Norezidentlarga soliq solish toʻgʻrisida nimalarni bilish lozim
25 may kuni «Norma» professional rivojlanish markazida «Xalqaro shartnomalarni hisobga olgan holda norezidentlarning daromadlariga soliq solish» seminari boʻlib oʻtadi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


