Nazorat va monitoring qilish tizimi ishga tushiriladi
LBMA «Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat qilish va monitoring qilish» avtomatlashtirilgan axborot tizimini sinashga kirishdi.
Qoraqalpogʻistonni rivojlantirish – 5 ta yoʻnalish boʻyicha
Nukus shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda davlatimiz rahbari mintaqani taraqqiy ettirish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi.
Madaniyat va san’at muassasalarida vasiylik kengashlari tashkil etiladi
Ular toʻgʻrisidagi namunaviy nizom Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 avgustdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan.
Kun tartibiga kiritilgan qonunlar ekspertizadan oʻtdi
Senatda Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oliy Majlis Senatining XXI yalpi majlisi kun tartibiga kiritilgan qonunlar muhokama qilindi.
Tashuvchilarimiz Turkiya portlarida yuklarni ortishlari mumkin
Turkiya Hukumati Oʻzbekiston avtotashuvchilariga qaytishda Turkiya portlarida yuklarni ortish huquqini berdi.
Asillik darajasini belgilash palatasi rahbariyati qanday tayinlanadi
Davlat asillik darajasini belgilash palatasining tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy filiallari tuzilmasi hamda u toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
“Xavfsiz shahar”: poytaxtda joriy etishni 2020 yil oxiriga kelib yakunlaydilar
Kelasi yilning ikkinchi yarmida videokuzatuv kameralari, ekodatchiklar va “aqlli” svetoforlar oʻrnatiladi. Tizim 2020 yilning IV choragida foydalanishga topshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida oliy ta’lim olish yanada osonlashadi
Prezident 19.08.2019 yilda Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi PQ-4421-son qarorni imzoladi.
Nodavlat Qoʻqon universiteti tashkil etildi
Uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari Vazirlar Mahkamasining 17.08.2019 yildagi 683-son qarorida belgilangan.
2020 yilda milliy hisoblarning yangi tizimini joriy etishni boshlaydilar
U makroiqtisodiy koʻrsatkichlar qamrovining toʻliqligini va YaIMni yakuniy iste’mol usulida hisoblash metodologiyasini takomillashtirishni ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni qanday yanada ochiq va foydalanish uchun qulay qilish mumkin
Ochiq ma’lumotlar sohasidagi muammolarni aniqlash, ma’lumotlarning dolzarbligini va haqqoniylik darajasini, ularga boʻlgan talabni oshirish, ulardan foydalanish imkonini beradigan portalning funksionalini yaxshilash maqsadida soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.
Farmatsevtika: litsenziya olish uchun – tizimga ulaning
Hukumat farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va preparatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartiblarini qayta koʻrib chiqdi.
Davlat byudjeti shaffoflashadi
Fuqarolar esa mahalliy byudjetlarning xarajatlar qismi uchun yoʻnalishlarni oʻzlari belgilashlari mumkin
Ayirboshlash shoxobchasida naqd valyutani xarid qilish mumkin
Markaziy bank xabariga koʻra, 20 avgustdan boshlab tijorat banklari ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyutani naqd shaklda sotishni boshladi.
Sirdaryoning boʻsh yerlari qishloq xoʻjaligi loyihalari uchun beriladi
Sirdaryo viloyatidagi qishloq xoʻjaligi yerlaridan yanada samarali foydalanishga doir chora-tadbirlar qabul qilindi.
Mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish avtomatlashtiriladi
1 oktyabrdan “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo apparat-dasturiy kompleksini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Qanday kasalliklarni byudjet mablagʻlari hisobidan davolaydilar
Tegishli roʻyxat Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Kvartirani qayta rejalashtirishni rasmiylashtiramiz
Jismoniy shaxs, kvartira mulkdori uni qayta rejalashtirdi. Oʻzgarishlarni kadastr xizmatida roʻyxatga olish zarurmi? Ushbu murakkab masalani koʻrib chiqishga harakat qilamiz.
Jinoyatchilar Turkiyada yashirina olishmaydi
2019 yil 20 avgustda Oʻzbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi oʻrtasidagi ekstraditsiya toʻgʻrisidagi 2018 yil 30 apreldagi Bitim kuchga kirdi
Turistlarni kuzatib borish xizmatini qanday yollash mumkin
Ichki ishlar organlari boʻlinmalari tomonidan xavfsiz turizmni ta’minlash boʻyicha shartnoma asosida pulli xizmatlar koʻrsatish tartibi tasdiqlandi.
Bojxona plombasini qoʻyish jarayoni soddalashtirildi
Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida avto va temir yoʻl transport vositalarida bojxona nazorati ostidagi tovarlar tashilganda yuk boʻlimlariga maxsus bojxona plombalari qoʻyish qoidalariga tegishli tuzatishlar kiritildi.
Senatning XXI yalpi majlisi 23 avgust kuni boʻlib oʻtadi
Oliy Majlis Senati Kengashining majlisi 2019 yil 19 avgust kuni boʻlib oʻtdi.
MikroGESlarni qurish rejalariga tuzatish kiritildi
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 avgustdagi 665-son qarorida aytilgan.
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma qanday olinadi
Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulash uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Muvofiqlikni baholashda – yangi tartiblar
2020 yil 1 yanvardan boshlab muvofiqlikni baholash tizimida yangi qoidalar amal qilishni boshlaydi, sinov laboratoriyalari kompleksi qayta tashkil etiladi
Qorakoʻl teri ishlab chiqarish va eksport qilishga – subsidiyalar
Prezidentning 16.08.2019 yildagi PQ-4420-son “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Foydalanilmayotgan mulk uchun jiddiy kirishadilar
Foydalanilmayotgan ob’yektlar mulkdorlariga nisbatan yangi choralar Vazirlar Mahkamasining 13.08.2019 yildagi 666-son qarori bilan tasdiqlandi. Hujjat 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Bank-moliya akademiyasiga 200 kishi qabul qilinadi
Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga 2019/2020 oʻquv yiliga qabul kvotalari tasdiqlandi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


