Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Korxonadagi naqd pullar: kassa limitini bank bilan kelishish kerakmi Xodimlarga beriladigan qarzlar: shartnomalarni soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish kerakmi MHMSga oʻtish boʻyicha chek-varaq: 2027 yilgacha nimalar qilish kerak
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
26.07.22

1 avgustdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2022 yil 1 avgustdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

26.07.22

Aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi tasdiqlandi

Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlaridan biri – unga muhtoj boʻlgan barcha oilalar va shaxslarni ijtimoiy yordam dasturlari bilan qamrab olish.

25.07.22

Diplomning dublikatini berish tartibi belgilandi

Ta’lim olganlikni tasdiqlovchi hujjat yoʻqolganda yoki foydalanish uchun asl holatini yoʻqotganda, familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda hujjatning dublikatini berish uchun endi Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXPga murojaat qilish zarur.

25.07.22

Fuqaro patrul xodimi tomonidan toʻxtatilganda uning shaxsi onlayn aniqlanadi

Fuqarolarni identifikatsiya qilish uchun “Ye-patrul” tizimi joriy etiladi, ularning shaxsini aniqlash uchun ichki ishlar boʻlimiga olib borishmaydi.

22.07.22

Belarus Respublikasi investorlari uchun qoʻshimcha kafolatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

22.07.22

Haydovchilarni tayyorlash tizimi takomillashtiriladi

Oʻquv markazlarida faqat avtotransport sohasi boʻyicha oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaxslar soha fanlaridan dars beradi.

22.07.22

Oʻzbekiston va Pokiston xavfsizlik boʻyicha qoʻshma komissiyani tashkil etdi

Uning faoliyati ikki mamlakat vakolatli organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish va mintaqaviy xavfsizlikning dolzarb masalalari boʻyicha qoʻshma qarorlarni oʻz vaqtida ishlab chiqishga qaratiladi.

22.07.22

Markaziy bankning asosiy stavkasi 15%gacha pasaytirildi

Bunday qaror Markaziy bank boshqaruvi tomonidan 21 iyuldagi yigʻilishda qabul qilindi.

21.07.22

Xalq ta’limi vazirligi huzurida kasblarga tayyorlash markazi tashkil etildi

Markazning asosiy vazifalaridan biri - umumiy oʻrta ta’lim maktablari oʻquvchilarining ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish.

21.07.22

Avtomaktablarning reytingi belgilanadi

Bu bilan IIV qoshidagi Jamoat tartibini saqlash departamentining Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati shugʻullanadi.

21.07.22

«Qorakoʻl» EIZ malakali mutaxassislar bilan toʻldiriladi

EIZ hududida yer maydonlarini ijara huquqi asosida ajratilganda, buning uchun toʻlovlarni oʻn ikki oy muddatda boʻlib toʻlash mumkin.

21.07.22

Paxtachilik sohasida raqobat muhiti shakllanmoqda

Prezident huzurida Paxtachilik kengashi tashkil etildi, uning zimmasiga bir qator vazifalar, jumladan, davlat-xususiy hamda xususiy urugʻchilik klasterlarini tashkil etish yuklanadi.

19.07.22

Xotin-qizlarning ta’lim olishlari uchun kreditlar ajratiladi

Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

19.07.22

Yashirin aylanma uchun sanksiyalar kontrabandaga qarshi kurashishda yordam beradimi

Oʻzbekiston Respublikasining 11.03.2022 yildagi OʻRQ-758-son Qonuni bilan jarima sanksiyalarini qoʻllash boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu qanday sanksiya ekanligi va ular nimaga qarshi qaratilganligi haqida – “Norma”ning yetakchi eksperti Jorilla ABDULLAYeVning sharhida.

18.07.22

Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish uchun - $21,4 mln

Koreya Respublikasi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hududida joylashgan bir qator loyihalarni amalga oshirish uchun yoʻnaltiriladigan grantlar ajratdi.

18.07.22

“Qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasining 2-fazasi boshlanadi

Loyiha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida amalga oshiriladi.

16.07.22

Maktabgacha ta’lim sohasida DXShni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi

Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini rivojlantirish uchun xorijiy moliya institutlarining 70 million AQSh dollari miqdorida qarz mablagʻlari jalb qilinishi kutilmoqda.

16.07.22

Energoresurslar tariflari hozircha oshirilmaydi

Vazirlar Mahkamasi 30.06.2022 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 348-son VMQning amal qilishini vaqtincha toʻxtatib turadi.

15.07.22

Ichki ishlar organlari elektron brasletlardan foydalanishadi

Ular konvoy ostidagi shaxslarning qochish holatlarining oldini olish uchun moʻljallangan.

15.07.22

Chet el fuqarolarining qay biri koʻchmas mulk ob’yektini yashash guvohnomasisiz sotib olishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasida yangi barpo etilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarini fuqarolari sotib olish huquqiga ega boʻlgan xorijiy mamlakatlar roʻyxati tasdiqlandi.

14.07.22

YPX postlarida «yashil» va «qizil» yoʻlak tizimi joriy etiladi

«Yashil» yoʻlakdan huquqbuzarlik sodir etmagan transport, «qizil» yoʻlakdan esa qidiruvda boʻlgan, sugʻurta polisining muddati oʻtgan, texnik koʻrikdan oʻtmagan yoki yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun oʻz vaqtida toʻlanmagan jarimasi bor boʻlgan transport vositalari harakatlanadi.

14.07.22

Konsert-tomosha faoliyatidan davlat bojini undirish tartibi oʻzgartirildi

Shuningdek, konsert-tomosha faoliyatini litsenziya asosida amalga oshiruvchi jismoniy shaxslarga daromad soligʻini deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdorda toʻlash huquqi beriladi.

14.07.22

«Xavfsiz va ravon yoʻl» umummilliy dasturi tasdiqlandi

Uning doirasida avtomobil yoʻllari infratuzilmasi takomillashtiriladi, trassalarda harakatni boshqarish tizimi va jamoat transporti raqamlashtiriladi, yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari kuchaytiriladi.

13.07.22

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kreditlar ajratiladi

Ular tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish yoki rivojlantirish, hunarmandchilikni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, aholiga qoʻshimcha daromad manbai yaratish va ularning bandligini ta’minlash uchun yoʻnaltirilishi mumkin.

13.07.22

Yangi pul belgilari muomalaga chiqariladi

Markaziy bank 2022 yilning 15 iyulidan boshlab yangi koʻrinishdagi nominal qiymati 200 000 soʻm boʻlgan banknot shaklida pul belgilari muomalaga chiqarilishi toʻgʻrisida ma’lum qiladi.

13.07.22

Neft va gaz sohasida Ta’lim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etiladi

Uning vazifalari orasida – ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishni oʻzaro integratsiyalash, oʻquvchi va talabalarni ishlab chiqarish amaliyotiga keng jalb qilish, neft va gaz sohasi uchun mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash bor.

13.07.22

Qoraqalpogʻistonda aholi salomatligini muhofaza qilish faoliyati kengaytiriladi

Sogʻliqni saqlash vazirligida Orolboʻyi mintaqasida tibbiy xizmat boʻyicha vazirning oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi, bolalar sanatoriysi, tibbiyot markazlari, mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

13.07.22

Xususiy notarial faoliyati: qoidalar va amalga oshirish tartibi

Hukumat tomonidan xususiy notarial faoliyatni tartibga solishga yoʻnaltirilgan qator hujjatlar qabul qilindi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.