Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
08.11.21

Davlat byudjetiga oʻzgartirishlar kiritildi

Xususan, davlat maqsadli jamgʻarmalarining daromadlari va xarajatlari prognozi va respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

08.11.21

«Grand Mir» mehmonxonasining «yer» masalasi sud tomonidan qanday hal etildi

Prezidentning Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi kelajakka boʻlgan ishonchni orttiradi: hammasi insonlar manfaatlarini koʻzlab, ular farovon hayot kechirishlari uchun qilinmoqda.

08.11.21 NHH loyihalari
08.11.21

Adliya vazirligi topilmalarni qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlarini joriy etishni taklif qilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

05.11.21

"Oʻzbekneftgaz" AJ London fond birjasida yevroobligatsiyalar chiqaradi

2021 yil noyabr oyida "Oʻzbekneftgaz" AJ tomonidan London fond birjasida 700 million AQSh dollari miqdorigacha yevroobligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish tashkillashtiriladi.

05.11.21

Oʻzbekistonliklar haydovchilik guvohnomalarini RFda qanday almashtirishlari mumkin

Qabul qilingan Vaqtinchalik nizomga muvofiq yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali IIVning Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan rasmiylashtiriladi.

05.11.21

Qimmatli qogʻozlar bozori. Qanday oʻzgarishlar kiritildi

«Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida»gi hamda «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi qonunlarga qoʻshimchalar kiritildi.

04.11.21

Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash uchun – $100 mln

Mablagʻlar Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish uchun milliy valyutada 5 yil muddatga foizsiz ajratiladi.

04.11.21

Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi tashkil etildi

Uning vazifasi - xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qarz berish, kapitalida ishtirok etish va ular bilan munosabatlarda boshqa moliyaviy instrumentlardan foydalanish yoʻli bilan Qirgʻiziston iqtisodiyotining ustuvor sektorlarida oʻz xarajatlarini oʻzi qoplaydigan loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.

04.11.21

Investorlarga koʻchmas mulkni sotib olishda soliqlarni toʻlashni kechiktirish huquqi beriladi

2022 yil 1 yanvardan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga yer uchastkalariga va (yoki) bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlashni 6 oy muddatga kechiktirish huquqi beriladi.

03.11.21

Koʻpiklanadigan va tabiiy vino aksiz markalari bilan markalanishdan ozod qilinadi

Chora-tadbir mamlakatda koʻpiklanadigan va tabiiy vino mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasini kengaytirish maqsadida sinov tariqasida joriy etilmoqda.

03.11.21

Paxta terimchilarga ustama haq toʻlanadi

2021 yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini moliyalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

03.11.21

“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini barpo etish kengaytiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

03.11.21 NHH loyihalari
03.11.21

Franshizing toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazish onlayn-rejimga oʻtkaziladi

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

02.11.21

2022 yil uchun davlat byudjeti qanday boʻladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazildi.

02.11.21

NHHlar loyihalari lingvistik ekspertizadan qanday oʻtkaziladi

NHHlar loyihalariga qoʻyiladigan talablar orasida - ogʻzaki nutq shakllari, davlat tilida teng ma’noli soʻzlar va tushunchalar mavjud boʻlgan taqdirda, chet tillari atamalari, eskirgan hamda koʻp ma’noni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlarning mavjud boʻlmasligi talabi bor.

02.11.21

Qator davlat xizmatlari koʻrsatish uchun davlat boji kamaytirildi

Xususan, turar joyga mulk huquqini beruvchi davlat orderi, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyat bilan shugʻullanish huquqi uchun litsenziya va boshqalar dublikatlarini berish.

01.11.21

Shaxsga doir ma’lumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik qat’iylashtirildi

29.10.2021 yildagi OʻRQ-726-son Qonun bilan MJTK va JKga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

01.11.21

Biznes uchun foyda soligʻi boʻyicha xushxabar

Moliya vazirligi tomonidan Soliq kodeksiga kiritish taklif etilayotgan oʻzgartirishlar orasida - amortizatsiyaning har yilgi cheklangan normasini oshirish va investitsiyaviy chegirma miqdorlarini oshirish masalalari bor.

01.11.21 NHH loyihalari
01.11.21

Qanday yuridik yordam bepul koʻrsatiladi

«Bepul yuridik yordam toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi. Huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish, huquqiy xususiyatdagi hujjatlar tuzish va boshqa koʻrinishlarda yuridik xizmatlar koʻrsatilishi rejalashtirilmoqda.

30.10.21

Yetim bolalar uy-joy bilan ta’minlanadi

Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

30.10.21

1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi

norma.uz portali 2021 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

29.10.21

Termizda agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etiladi

U Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida tashkil etiladi.

29.10.21

Obodonlashtirish sohasidagi xodimlarga ustama toʻlanadi

U oylik tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning 15%ini tashkil etadi

28.10.21

Ashyoviy dalillarni rasmiylashtirish tartibi oʻzgartirildi

Ashyoviy dalillarni olib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilgan qoʻshimchalar bilan radioaktiv materiallar, qurol-yarogʻlarni olib qoʻyish, saqlash, berish, qaytarish va boshqalar, foto- va videoyozuvlarga tushirish jarayoni tartibga solinadi.

28.10.21 NHH loyihalari
28.10.21

Aliment toʻlovchilarning avtomobilni boshqarish huquqi cheklanishi mumkin

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan tegishli qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

28.10.21

Klasterlarga koʻproq imtiyozlar beriladi

Prezident tomonidan qishloq xoʻjaligida klaster tizimini rivojlantirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi tash­kil etil­di

Prezidentning 2026 yil 3 oktyabrdagi PF-213-son Farmoni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birlashtirishni nazarda tutadi. Yangi idora ta’lim va ilm-fanning barcha asosiy yoʻnalishlarida yagona davlat siyosati uchun mas’ul boʻladi.

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

«Elektr xav­fsiz­li­gi oy­li­gi»: maqsad va va­zi­fa­lar

Vazirlar Mahkamasi tomonidan elektr tokidan shikastlanish xavfini kamaytirish, yongʻinlarning oldini olish va elektr energiyasidan xavfsiz foydalanish madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik va ma’rifiy tadbirlar majmuasi tasdiqlandi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.