Ayrim aholi punktlari nomlari tasdiqlandi
Xalq deputatlari Samarkand viloyat Kengashi ayrim aholi punktlarini nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
1 iyundan boshlab nima oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Sogʻliqni saqlashni rivojlantirish uchun qanday choralar koʻriladi
Choralar orasida - sogʻliqni saqlash tizimi tashkilotlari rahbarlari faoliyatini baholash reytingini joriy etish.
Agrokimyo kompleksi isloh qilinadi
Biologik va kimyoviy xizmat koʻrsatadigan tadbirkorlarga amaldagi soliq stavkalari 50%ga kamaytiriladi.
Oliy Majlis Senatining XV yalpi majlisi 28 mayda boʻlib oʻtadi
Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida qabul qilindi.
Oʻtgan yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 1,6%ga oʻsdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining 2020 yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqishdi.
Sirdaryo viloyatida tibbiyot klasteri tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Sirdaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishning yangi modelini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Yana bir qator tovarlar markirovkalanadi
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni hamda suv va salqin ichimliklarni, maishiy texnikani majburiy raqamli markirovkalash boshlanadigan sanalar belgilandi.
Bolalar bogʻchasiga imtiyozli navbat kimlarga taqdim etiladi
Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga oʻzgartirishlar kiritildi.
Xorijiy tillarda efirga uzatiladigan tele va radio kanallari ochiladi
Vazirlar Mahkamasining 19.05.2021 yildagi “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 312-son qarori qabul qilindi.
"Fuqarolar uchun byudjet" nashrining navbatdagi soni chiqdi
U 2020 yilda byudjet ijrosiga bagʻishlangan. Nashr BMTTD va Moliya vazirligining "Oʻzbekistonda barqaror rivojlanishni moliyalashtirish" qoʻshma loyihasi doirasida tayyorlangan.
Bojxona yigʻimlari - soʻmda
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
IIV profilaktika inspektorlari uy-joy bilan ta’minlanadi
Tasdiqlangan Bevosita xizmatni oʻtaydigan hududda joylashadigan xizmat uy-joylari bilan ta’minlash dasturi 2 965 ta kvartira qurilishini nazarda tutadi.
Harbiy unvonlar va staj. Qanday oʻzgartirishlar kiritildi
Prezidentning 19.05.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PF-6230-son Farmoni qabul qilindi.
Tadbirkorlarga iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi reytingi beriladi
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishi reytingini aniqlash uslubiyati ishlab chiqildi.
Toshkent viloyatida tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun - $100 mln
"Har bir oila - tadbirkor" dasturi doirasida tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashdan tashqari mablagʻlar issiqlik ta’minoti tizimini, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tarmoqlarini yaxshilash, avtomobil yoʻllarini qurish-ta’mirlash ishlariga sarflanadi.
Rossiya va Oʻzbekiston axborot almashish toʻgʻrisida kelishuvga erishdi
"Ichki ishlar organlarining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborot hamkorligi va elektron shaklda oʻzaro axborot almashish toʻgʻrisida"gi Bitim tasdiqlandi.
Qurilish ob’yektlari nazoratchilari maoshi oshiriladi
Kapital qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari belgilandi.
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga doir chora-tadbirlar tasdiqlandi
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzurida Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy boʻlinmalari tashkil etiladi.
IT-sertifikatlariga ega yosh mutaxassislar qoʻllab-quvvatlanadi
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50%gacha boʻlgan qismini qoplab berish tartibi joriy etiladi.
Yangi texnopark tashkil etiladi
Qarshi shahrida "Qarshi Technopark" dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etiladi.
Kadastr sohasida davlat xizmatlari narxlari oʻzgartirildi
Koʻchmas mulk ob’yektlarining davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilash tartibiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Xorijiy tillarni oʻrganish yangi darajaga olib chiqiladi
Buning uchun Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tashkil etiladi va uning Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy vakillari lavozimlari ta’sis etiladi.
Mahallaga yordam: soliq oqibatlari
Korxona kambagʻal pensionerlarga oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish materiallari xarid qildi. Yordamga oʻtgan yildagi kabi soliqlar solinmadi. Balki soliq solish zarur boʻlgandir?
SamDUning Kattaqoʻrgʻon filiali tashkil etiladi
Uning vazifasi - hududda pedagogika, iqtisodiyot, transport logistikasi sohalarining rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda ehtiyoj yuqori boʻlgan mutaxassisliklar boʻyicha amaliy koʻnikmalarni egallagan professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash.
OTMda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimlari boʻladi
Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.
Paralimpiya harakati qanday rivojlantiriladi
Prezident tomonidan 18 may kuni “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Futbol klublaridagi davlat ulushi sotiladi
Shuningdek futbol stadionlaridan samarali foydalanish va ularning rentabelligini oshirish boʻyicha «Yoʻl xaritasi» ishlab chiqiladi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


