Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
23.01.21

Davlat boshqaruvi akademiyasini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilandi

Koronavirus pandemiyasi boʻyicha koʻrilgan karantin chora-tadbirlari sababli 2020/2021 oʻquv yili uchun magistratura va qayta tayyorlash kurslariga qabul amalga oshirilmagan.

23.01.21

Madaniy faoliyat qonunda qayd etildi

Avval madaniy faoliyat sohasidagi huquqiy munosabatlar qator qonunlar, Prezidentning farmonlari va qarorlari hamda qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan.

23.01.21

2020 yilda naqd pul aylanmasi qancha boʻlgan

Markaziy bank oʻtgan yil yakunlari boʻyicha mamlakatdagi naqd pul muomalasi toʻgʻrisidagi tahliliy sharhni e’lon qildi.

23.01.21

MB qayta moliyalashtirish stavkasi oʻzgartirilmadi

Markaziy bank Boshqaruvi 2021 yil 21 yanvarda asosiy stavkani yillik 14% darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

22.01.21

Qanday shartlarda buxgalter oʻzini oʻzi band qilgan boʻlishi mumkin

Vazirlar Mahkamasi Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqladi. Bu buxgalterlar, soliq maslahatchilari va auditorlarga qanchalik foydali boʻlishi mumkin?

22.01.21

Yaponiya Oʻzbekiston vakillarining oʻqishi uchun grant ajratdi

Vazirlar Mahkamasining «Oʻzbekiston Respublikasi vakillarining oʻqishini tashkil etish uchun Yaponiya Hukumati grantidan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

21.01.21 NHH loyihalari
21.01.21

2021 yilda nimalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda

2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokama uchun taqdim etildi.

21.01.21 NHH loyihalari
21.01.21

MHXSga oʻtishda tadbirkorlarni qanday tarzda qoʻllab-quvvatlash taklif etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Moliyaviy hisobotning halqaro standartlariga oʻtishda tadbirkorlik sub’yektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokama uchun chiqarildi.

21.01.21

Tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorga asosan 2022 yil 1 yanvardan boshlab tibbiyot tashkilotlarini ixtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish mexanizmi joriy etiladi.

21.01.21 NHH loyihalari
21.01.21

Toshkentda doimiy foydalanish huquqining eng past narxi qanday oʻzgaradi

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini eng past narxini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

21.01.21

Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining vazifalari belgilandi

Ular orasida - sogʻliqni saqlash tizimida faoliyat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish, oʻquv jarayonini masofadan oʻqitish va telemeditsina uslublarini unga tatbiq etgan holda tashkil etish.

20.01.21

Qachon xodim vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishni talab qilishga haqli

Ishlab chiqarish sexida ishlaydigan homilador xodima «dekret»ga chiqquniga qadar yengilroq ishga oʻtkazishni talab qilayapti. Biroq korxonada bunday boʻsh lavozimlar mavjud emas. Mazkur holatda qanday yoʻl tutish kerak?

20.01.21

Banklarning mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarda nima oʻzgaradi

Bank xizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablarga qoʻshimchalar kiritildi.

19.01.21

Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etiladi

U qonun hujjatlariga rioya qilinishi, fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi, huquq-tartibot oʻrnatilganligi va xavfsizlikning ta’minlanganligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar asosida aniqlanadi.

19.01.21

Deputatlarning daxlsizligi, shaxsga doir ma’lumotlar va davlat xaridlari

Ushbu va boshqa sohalarni tartibga soluvchi ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.

19.01.21

Yer uchastkalarini noqonuniy olib qoʻyganlik uchun yangi sanksiyalar joriy etildi

MJTK va JK jarimalar, majburiy jamoat ishlari yoxud axloq tuzatish ishlari, ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi tegishli moddalar bilan toʻldirildi.

19.01.21

Asosiy vosita “topildi” – qanday hisobga olinadi?

Sexni inventarlash jarayonida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlandi. Ushbu vaziyat buxgalteriya hisobida qanday toʻgʻri aks ettiriladi va soliq oqibatlari boʻladimi?

19.01.21

Ma’muriy huquqbuzarliklar jinoyat ishlari boʻyicha sudlarda koʻrib chiqiladi

Bu Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan nazarda tutilgan.

19.01.21

Fuqarolik sudida ishlar yangi tartib-taomil boʻyicha koʻriladi

Prezident tomonidan «Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun imzolandi

18.01.21

Soliq tekshiruvlari qanday oʻtkaziladi

Kameral va sayyor soliq tekshiruvlari, shuningdek soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlandi. Ilgari nizomlar DSQning qarorlari bilan tasdiqlangan.

18.01.21

Ta’lim muassasalarida «Maktabda shaxmat» loyihasi amalga oshiriladi

Prezident tomonidan 14 yanvar kuni «Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.

18.01.21

Sudyalarga Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ish haqi toʻlanadi

Prezidentning 13.01.2021 yildagi «Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6134-son Farmoni qabul qilindi.

18.01.21 NHH loyihalari
18.01.21

Tadbirkorlikni davlat tomonidan nazorat qilish. Bu qanday amalga oshiriladi

Biznes-ombudsman tomonidan ishlab chiqilgan “Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirilgan.

18.01.21

Hududiy eksport shtablari tashkil etiladi

Ular «ishlab chiqarishdan to xorijiy iste’molchiga» tamoyili boʻyicha eksportchi tashkilotlarga koʻmaklashadi.

18.01.21

Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universiteti filiali ochiladi

Uning vazifalari orasida - sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar boʻyicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

18.01.21

Ma’muriy ishlar boʻyicha apellyatsiya berish muddati uzaytirildi

Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.