Soliq hisobotining amaldagi shakllariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda va yangilari joriy etilmoqda
Davlat soliq qoʻmitasi «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qarorga qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarorni qabul qildi.
Notariuslarga murojaatlarni qayd etish tartibi oʻzgartirildi
Xususan belgilanishicha, murojaatlar endi «E-notarius.uz» axborot portali orqali ham qabul qilinadi va ushbu portalning elektron roʻyxatiga navbatma-navbat qayd qilinadi.
Bankdagi hisob raqamlar va omonatlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni DBQga taqdim etish rejalashtirilmoqda
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan kiritilgan “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirishlar loyihasi muhokama qilinmoqda.
Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻtish jadallashtiriladi
Prezident tomonidan 20 oktyabr kuni “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Asosiy stavka – yillik 14%
Markaziy bank Boshqaruvi 22 oktyabrda asosiy stavkani oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
YaTT yollangan xodimlar uchun qanday soliqlar toʻlaydi va qanday hisobotlar topshiradi
Moliya vazirligining xodimlarni yollash, ularning daromadlarini hisobotda aks ettirish va ularning daromadlaridan qat’iy belgilangan soliq, JShDS va ijtimoiy soliq toʻlash tartibi masalalari yuzasidan tushuntirishlari.
Umumta’lim fanlarini bilish darajasi sertifikatlanadi
2020 yil 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi.
2021 yilda – Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi
Yubiley sanasi 2021 yil 9 fevralda nishonlanadi. Prezident tomonidan 19 oktyabr kuni buyuk shoir tavalludini keng nishonlash toʻgʻrisida qaror imzolandi.
Eksport qiluvchilarga moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytirildi
Davlatimiz rahbarining 21 oktyabrdagi tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan.
Yangi qonunda nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va kafolatlari mustahkamlandi
«Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi, u 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshishini toʻxtatib turish, genom axborot va deputatlarning daxlsizligi kafolatlari
Bu va boshqa masalalar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida muhokama qilindi.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari hisoboti shakllarini oʻzgartirishni rejalashtirishmoqda
Moliya vazirligi tomonidan rejalashtirilayotgan davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarga oʻzgartirishlar muhokamaga qoʻyildi.
Xodim uchun sinov muddatini uzaytirish mumkinmi
Xodim bilan 1 oy dastlabki sinov muddati bilan mehnat shartnomasi tuzildi. Uning tugashidan 2 kun oldin rahbar sinov muddatini yana 2 haftaga uzaytirishni istab qoldi, sababi yangi xodim ishga qabul qilingan paytdan boshlab hali oʻzini hech ham koʻrsatolmadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining qanday hajmi zaxiraga jamgʻariladi
Vazirlar Mahkamasi 2020-2021 yil qish-bahor mavsumida aholi va ijtimoiy soha muassasalarining asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqladi.
JPKga dastlabki eshituv toʻgʻrisida tuzatishlar kiritish rejalashtirilmoqda
Bu dastlabki eshituv instituti joriy etilishi bilan bogʻliq. JPKga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi
Qaror Oliy Majlis Senati Kengashining 19 oktyabr kuni oʻtkazilgan majlisida qabul qilindi.
Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun – 3 trln soʻm
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2021 yilga moʻljallangan davlat byudjeti parametrlari muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Qanday qilib soliqlarni toʻlashda xatolarning oldini olish mumkin
Soliqlarni toʻlash chogʻida tez-tez xatolar sodir boʻlib turadi: buxgalterning e’tiborsizligi, katta raqamlar bilan ishlashi, ishining haddan tashqari koʻpligi. Qanday qilib bunday vaziyatga tushib qolmaslik mumkin?
Agar xizmatlar elektron shaklda koʻrsatilgan boʻlsa, realizatsiya qilish joyi qanday aniqlanadi
Zamonaviy shart-sharoitlarida talay xizmatlar elektron shaklda koʻrsatilmoqda. QQS toʻlovchi boʻlgan korxonalar savolga duch kelishmoqda: shunday xizmatlarni realizatsiya qilish joyini qanday qilib toʻgʻri aniqlash mumkin?
«Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» kursi
Norma kompaniyasi sizni 27 oktyabrda boshlanadigan «Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish» kursiga taklif etadi. Kurs soliq hisobi va tartibidagi soʻnggi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda oʻtkaziladi.
Istiqbolli tadbirkorlarga – ta’lim va mikrokreditlar
Prezidentning 13.10.2020 yildagi «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun inklyuziv ta’lim joriy etiladi
Prezidentning 13.10.2020 yildagi «Alohida ta’lim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4860-son qarori qabul qilindi.
Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish bojxona tartib-taomillari oʻzgartirildi
Oʻzgartirishlar bojxona koʻrigi, tashqi oʻlchamlari katta boʻlgan tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazishda videokuzatuv tizimlariga daxl qildi.
Sarimsoqpiyoz hamda toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish koʻpaytiriladi
Prezident tomonidan 2020 yil 15 oktyabrdagi tegishli qaror imzolandi.
Xizmatlar eksportiga soliq solish
Xizmatlar eksporti buxgalterlarda talay savollar tugʻdirmoqda. “Norma” eksperti bunday xoʻjalik operatsiyalariga soliq solishning oʻziga xos jihatlarini tushunishga yordam berdi.
Noqonuniy berilgan yerlar va qurilgan koʻchmas mulk davlat kadastriga kiritiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat kadastrlarini yuritishning yangi tizimini samarali tashkil etish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Litsenziyalash sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi qanday kurashishmoqchi
Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabarnoma yuborish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun qoʻyildi.
Offshor hududlar roʻyxati kengaytirildi
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


