Menejment tizimlarining muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati qisqartirildi
Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.
Propiska oʻrniga – qayd etish
Propiska institutini modernizatsiyalash, xususan, jarayonni raqamlashtirish, uni «yagona darcha» formatiga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Fuqarolar yigʻinining yangi kompleksi - har bir mahallada
Ular namunaviy loyihalarga muvofiq DXSh shartlarida tanlov savdolarini oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida jalb qilingan investorlar ishtirokida quriladi, ularga zarur yer uchastkalari ajratiladi.
Qurilishda namunaviy tender hujjatlari qoʻllaniladi
Hukumat ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasi ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash boʻyicha tanlov (tender)ni jadal oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qildi.
Iyundan boshlab metall prokati sertifikatlashtirilgan boʻlishi kerak
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 89-son qarorida soʻz boradi.
Fuqarolik, bolalarni himoyalash va xalqaro xususiy huquq
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18 fevral kuni oʻtkazilgan navbatdagi qoʻshma majlisida, bir nechta qonun loyihalari koʻrib chiqildi.
Deputatlar birinchi oʻqishda 7 ta qonunni ma’qulladilar
12 fevral kuni Qonunchilik palatasining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. Kun tartibiga bir qancha qonun loyihalari kiritildi. Deputatlar ularni koʻrib chiqdilar, muhokama qildilar va birinchi oʻqishda qabul qildilar.
Oʻzbekistonda 91 ta sport-ta’lim muassasasi tashkil etiladi
Bu Vazirlar Mahkamasining 17.02.2020 yildagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 90-son qarorida belgilangan.
Probatsiya xizmatini rivojlantirishning ikki yillik rejasi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasi 14.02.2020 yildagi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 84-son qarorni qabul qildi.
Xususiy klinikalarni jihozlash uchun - $50 mln
Prezident xususiy tibbiyot tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi.
Senatning ikkinchi yalpi majlisi 28 fevral kuni boʻlib oʻtadi
Sana va kun tartibi 19 fevral kuni Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida belgilandi.
Xorijda boʻlgan fuqarolarning konsullik roʻyxati qanday yuritiladi
Tashqi ishlar vazirligi Xorijda boʻlgan (boʻlib turgan) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning konsullik roʻyxatini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqladi.
Affinaj faoliyatiga litsenziya qanday olinadi
Tegishli tartib Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan.
Reproduktologiya klinikalari uchun jihozlash me’yorlari tasdiqlandi
Tibbiy ixtisoslashuvning tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalar, shu jumladan tibbiy texnikaga eng kam talablarga tuzatishlar kiritildi.
Kim buxgalter boʻlishi mumkin
24 fevral kuni «Norma» PRMda «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursi boshlanadi. Buxgalteriya hisobini noldan boshlab oʻzlashtirish istagida boʻlgan barchani taklif etamiz.
2020 yilda nimalar rejalashtirilmoqda
2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan 2020 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamaga taqdim etilgan.
Chet el internet-kompaniyalari uchun QQS-ofis tashkil etildi
DSQ Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga elektron xizmatlar koʻrsatadigan chet el yuridik shaxslarini QQS toʻlovchilar sifatida hisobga qoʻyish uchun imkoniyatlar yaratmoqda.
Maxsus iqtisodiy zonalarning faoliyat koʻrsatish tartibi belgilandi
“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi 17.02.2020 yildagi OʻRQ-604-son Qonun e’lon qilindi. U uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Biznes muqobil usullar bilan tartibga solinadi
Prezident tomonidan 17 fevral kuni oʻtkazilgan yigʻilish tadbirkorlik faoliyatida litsenziyalash va ruxsatnomalar berish tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlandi.
Binar himoya: bitta dissertatsiya – ikkita talabgor
1 martdan boshlab binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish amaliyoti 3 yilga joriy etiladi.
Ish haqi kechikyaptimi yoki toʻliq toʻlanmayaptimi – xabar bering
Adliya vazirligi fevral oyida respublika boʻylab xodimlarning oylik ish haqi yuzasidan murojaatlarini onlayn-qabul qilishni boshlaydi.
BYuDga tuzatish kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish uchun asoslar oʻzgartirildi
Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilishning yangi tartibi 2020 yil 11 maydan boshlab amal qiladi.
Davlat tilida markirovka qilinmaganda muvofiqlik sertifikati berilmaydi
2020 yil 1 avgustdan boshlab iste’mol tovarlarining ayrim turlari ishlab chiqaruvchi tomonidan davlat tilida lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti qanday tashkil etiladi
Markaziy bank Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi.
Nukusda klinikaga ega tibbiyot instituti tashkil etiladi
ToshPTI Nukus filialining negizida Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti va institut klinikasi – tegishincha, davlat OTM va tibbiyot muassasasi tashkil etiladi.
YaIDXPda barcha hayotiy vaziyatlar bitta blokka birlashtirildi
Bu ariza beruvchining muammosini uni qismlarga ajratmay, toʻliqligicha hal qilish imkonini beradi hamda turli vazirlik va idoralarga murojaat qilish zaruratidan xalos etadi.
Davlat xizmatlari markazlarida asta-sekin ERIdan voz kechilmoqda
Davlat xizmatlaridan oʻzi kelib foydalanganda 1,5 mingdan ortiq maxsus raqamli imzo planshetlari ERIsiz ishlashga yordam beradi.
Orolboʻyida agro va ekoturizm loyihasi ishga tushiriladi
“My garden in the Aral Sea” ("Oroldagi bogʻim") - Orol dengizi qurishi oqibatlarini bartaraf etish hamda sayyohlar sonini koʻpaytirishga qaratilgan loyiha.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


