Elektr energiyasi boʻyicha qarz uchun penya hisoblanadigan boʻldi
«Oʻzbekenergo» AJ oʻz rasmiy saytida shu haqda xabar berdi
EKIHga bogʻlanmaydigan alohida hisob-kitob koʻrsatkichlarini joriy etmoqchilar
QHTBT portalida Prezidentning «Ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlarning miqdorlarini belgilash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi taqdim etilgan
Asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlar bitta bankda boʻlishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga shu va boshqa tuzatishlar kiritildi
Choʻllanishga qarshi kurash bilan maxsus boshqarma shugʻullanadi
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasida yangi organ tashkil etildi
Aholi oʻrtasida blits-soʻrov oʻtkazish uchun call-markazi tashkil etiladi
«Ijtimoiy fikr» markazi qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlandi. Oʻzbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etilmoqda
Markazlashtirilgan manbalar hisobidan qora metallarni sotib olish osonlashdi
Hukumat kombinat markazlashtirilgan manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan xaridorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida birja savdolarisiz sotadigan qora metallar prokatining hajmlarini tasdiqlaydi
«Davlat belgisi» DIChB strategik xaridorga aylandi
«Davlat xaridlari toʻgʻrisida»gi Qonun endi Toshkent bosma fabrikasi, Toshkent qogʻoz fabrikasi va Toshkent zarbxonasiga tatbiq etilmaydi
Invoys asosida istalgan summadagi meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi
Kontrakt tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarining eksportini amalga oshirish summasi boʻyicha cheklov bekor qilindi
Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun olib kelinadigan xom ashyoga imtiyozlar uzaytirildi
Shuningdek TIF TNdagi yana bitta pozitsiya bojxona toʻlovlaridan ozod etildi - sharhimizda batafsil
120 kundan ortiq debitor qarzdorlik mavjud boʻlsa, eksportning soddalashtirilgan tartibi qoʻllanmaydi
Bir chet ellik hamkordan valyuta tushumi kechikayotganda eksport qiluvchilar oldindan toʻlov, akkreditiv, bank kafolati, sugʻurta polisi, shuningdek TSOYaEATda hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi ma’lumotnomasiz boshqa kontragentlar manziliga tovarlarni olib chiqa olmaydilar
Yer qa’ridan foydalanish sohasida – tekshiruvlarning 3 ta yangi turi
Prokuratura organlarini xabardor etish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlar Roʻyxati kengaydi
Prezident oʻrganishlarni tekshiruvga aylantirishga mutlaqo yoʻl qoʻyilmasligini aytdi
Prezident raisligida 22 fevral kuni Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligini tahlil qilib, navbatdagi muhim vazifalarni belgilab olishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi
Harbiy xizmatga chaqiruv mart-aprel oylariga koʻchirildi
Davlatimiz rahbari 2019 yil 22 fevralda tegishli qarorni imzoladi
Yuridik shaxslar koʻchmas mulk bilan notariussiz oldi-sotdi qiladilar
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari koʻrib chiqildi
Togʻavachcha, amakivachcha, ammavachcha va xolavachchalar nikohlanishi taqiqlanadi
Oila kodeksining 16-moddasiga oʻzgartirish kiritish rejalashtirilmoqda. Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan, muhokama 9 martgacha davom etadi
Namanganda «Norma» PRMning vakolatxonasi ochildi
Unda buxgalteriya hisobi va soliq solish sohasini oʻzlashtirish samaradorligini oshirishda yordam beradigan innovatsion ta’lim dastaklari - bir.uz tizimi va 1uz trenajyori faol qoʻllaniladi
Oʻzbekiston Majburiy mehnat toʻgʻrisidagi konvensiyaga Bayonnomani ratifikatsiya qilmoqchi
QHTBT portalida tegishli qonun loyihasi joylashtirilgan
“Taraqqiyot” tanlovi gʻoliblari chet tili kursini va xorijda stajirovka oʻtaydilar
Laureatlar Boshqaruv kadrlarini tayyorlash boʻyicha Prezident dasturiga asosan oʻqitilmaydilar va mamlakat ichida davlat organlarida stajirovka oʻtamaydilar
Tajriba loyihasi ishtirokchilariga onlayn-NKM fiskal modullari bepul beriladi
Toshkent shahrida onlayn-NKMni qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasi ishga tushiriladi. DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi fiskal ma’lumotlar operatori boʻldi. Tadbirkorlar birinchi yarim yillikda yangi texnologiyalar boʻyicha ixtiyoriy ishlaydilar
Prezident maktablarida «STEAM» dasturi boʻyicha ta’lim beriladi
Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida Prezident maktablari tashkil etiladi
2019 yilda 215 mingga yaqin uy-joylar ta’mirlanadi
Joriy yilda «Obod qishloq» dasturi doirasida ijtimoiy ob’yektlarni qurish, obodonlashtirish va ta’mirlash boʻyicha keng miqyosdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda
Tarjima qildirish uchun – Byuroga
Vazirlar Mahkamasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini qabul qildi
«Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tashkil etildi
U qurilish materiallari sanoati korxonalarini ixtiyoriy asosda birlashtiradi
Yer qa’rini geologik oʻrganish uchun litsenziya 10 kunda beriladi
Prezidentning 20.02.2019 yildagi «Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Davlat mulkini sotish va ijaraga berish – elektron auksion orqali
Prezidentning 2019 yil 19 fevraldagi Farmoni bilan davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qator yangiliklar kiritildi
Urugʻlik yetishtiruvchilarning reyestriga kimlar kiritiladi
Yangi tahrirdagi «Urugʻchilik toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi. 29.08.1996 yildagi avvalgisi oʻz kuchini yoʻqotdi
Davlat mulkini auksionda 1 soʻmga sotishda davom etadilar
Bu Prezidentning 2019 yil 19 fevraldagi Farmonida nazarda tutilgan
Fermerlarga buxgalteriya hisobi boʻyicha bepul maslahatlar beriladi
Fermer xoʻjaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tomonidan bepul konsalting xizmatlari koʻrsatish tartibi tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 3 noyabr№ 44
- 1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
- Ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish alohida ajratiladi
- Olib kirilgandan keyingi transport xarajatlari: ularni bojxona qiymatidan chiqarish mumkinmi?
- Pensiya toʻlashni toʻxtatish, qayta hisoblash va olish yoshi toʻgʻrisida...
- Chet el xizmat safarlari xarajatlari qanday qoplanadi


