Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
21.09.18 NHH loyihalari
21.09.18

Poytaxtda koʻchalarni yoritish tartibga solinadi

Poytaxt hokimiyati tomonidan tashqi yoritish elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash dasturi ishlab chiqildi. Hujjat loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

21.09.18

Andijon viloyatidagi KSZlarda 300 mlrd soʻmlik ishlab chiqarishlar tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 18.09.2018 yildagi 741-son qarori bilan Andijon viloyatidagi boʻsh turgan ob’yektlar negizida 4 ta qoʻshimcha kichik sanoat zonalari tashkil etilmoqda

21.09.18

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq xavflar milliy darajada baholanadi

Prezidentning 20.09.2018 yildagi qarori bilan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo komissiya tashkil etildi

21.09.18

Farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish avtomatlashtiriladi

2019 yil iyul oyida farmatsevtika mahsulotlari harakatini nazorat qilish va hisobga olish axborot tizimining tajriba shakli ishga tushiriladi. Barcha ishtirokchilarni unga ulashning yakuniy muddatlari 2020 yil fevral oyida belgilanadi

21.09.18

2018/2019 oʻquv yili uchun kontrakt pulining birinchi yarmini 30 sentyabrgacha toʻlash mumkin

Mamlakat oliy oʻquv yurtlarida kontrakt pulini toʻlash muddati uzaytirildi. Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram-kanalida shu haqda xabar beriladi

20.09.18

Muvofiqlikni baholash sohasidagi malaka oshirish davriyligi qisqartirildi

Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimi sohalari hamda oʻzaro bogʻliq sohalarda rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga oʻzgartirishlar kiritildi

20.09.18

Terroristik va ekstremistik tashkilotlarga adashib kirib qolganlar jazolanmaydi

Prezidentning 19.09.2018 yildagi «Terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlar tarkibiga adashib kirib qolgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi

20.09.18 NHH loyihalari
20.09.18

Sudyalarga pensiyaga doir imtiyozlar berish taklif etildi

Oliy sud Sudyalarni pensiya bilan ta’minlash shartlari, normalari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

20.09.18

Auditorlik faoliyatida – yangi qoidalar

Prezidentning 19.09.2018 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi

20.09.18

Plastik kartalar va toʻlovlar sohasi isloh qilinadi

Prezidentning 19.09.2018 yildagi “Milliy toʻlov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi

19.09.18

Valyutalar kursi: kelgusida nimalar kutilmoqda?

Markaziy bankda valyuta kursida 2018 yilning oxirigacha yil boshidagiga nisbatan katta tebranishlar boʻlishi kutilmayapti

19.09.18 NHH loyihalari
19.09.18

Atomlarga ajratdilar: yadro energetikasi qonun bilan tartibga solinadi

«Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan

19.09.18

Hisob korxona xarajatlarini boshqarishda yordam beradi

Tannarxni aniqlash va xarajatlarni boshqarishning zamonaviy usullarini oʻrganishni xohlaysizmi? «Norma» professional rivojlanish markazi bunday imkoniyatni taqdim etadi. Markazda 2018 yil 24 sentyabr kuni maxsus oʻquv kursi boshlanadi

19.09.18

Koʻchmas mulkni notarial tasdiqlashga 1 soat 50 daqiqagacha talab etiladi, yuridik shaxslar ta’sis hujjatlarini taqdim etmaydilar

Vazirlar Mahkamasi notarial harakatlarni amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni (ma’lumotnomalarni) olish uchun notarial idoralarning boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha 6 ta ma’muriy reglamentni tasdiqladi (14.09.2018 yildagi 733-son VMQ)

19.09.18

Oʻsimliklar klinikasini qanday manfaatli shartlarda tashkil etish mumkin

Vazirlar Mahkamasining 15.09.2018 yildagi 734-son qarori bilan oʻsimliklar klinikalarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi

19.09.18 NHH loyihalari
19.09.18

Xorijiy firmalarning vakolatxonalari va ulardagi xorijiy xodimlarni akkreditatsiya qilish muddatlari qisqartiriladi

QHTBT portalida Xorijiy tijorat tashkilotlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi va ularning faoliyati toʻgʻrisidagi nizom loyihasi joylashtirilgan

19.09.18

Toshkentda ayrim qozonxonalarni oʻchirib turish muddatlari koʻchirildi

Kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik koʻrish uchun IM-4 va IM-10 toʻliq oʻchirib turilishi 2–5 oktyabrga koʻchirildi

19.09.18

Buxgalterni ish haqi bilan ushlab qola olmaysiz

Buxgalter bir yil ham ishlamay, ketish haqida ariza yozadi. Ish beruvchi qanday qilib jamoada bunday vaziyatning oldini olishi mumkin? Norma portalining ushbu savoliga poytaxtdagi kompaniyalarning buxgalterlari javob beradilar

18.09.18

Sudyalarning hayoti va sogʻligʻi qanday sugʻurtalanadi

Oliy sud sudyalarning hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurta qilish qoidalarini ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

18.09.18 NHH loyihalari
18.09.18

Sogʻliqni saqlash: 4 turdagi tibbiy va 12 turdagi yordamchi xizmatlar xususiy tadbirkorlarga autsorsing shartlarida berilishi mumkin

QHTBT portalida joylashtirilgan navbatdagi loyihada sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutilgan

18.09.18

Mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlar: tekshirishlardan farqi nimada?

Ushbu sharhda soliq nazoratining yangi turlari – mavzuga oid va ekspress-oʻrganishlarni biznesga tanish tekshirishlar bilan solishtiramiz

17.09.18 NHH loyihalari
17.09.18

Farmatsevtika sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari qisqartirilishi mumkin

QHTBT portalida «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunning 16-moddasiga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar loyihasi muhokama qilinmoqda

17.09.18

Xususiy sub’yektlar uchun tijorat banklarida ulush miqdorlariga belgilangan cheklov olib tashlandi

Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 2014-4, 14.09.2018 y.) bilan Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritildi

17.09.18

ICTWEEK O‘zbekiston 2018 haftaligi dasturi mazmunga boy

Har yilgi AKT haftaligi joriy yilda 24-29 sentyabr kunlari oʻtkaziladi. Tashkilotchilar oʻtkaziladigan tadbirlar dasturini taqdim etdilar

17.09.18

UzCard: tizim ishi yaqin soatlarda tiklanadi

Ayni paytda UzCard tizimi qisman faoliyat yuritmoqda, uning ishlash qobiliyatini tiklash ishlari davom ettirilmoqda

15.09.18 NHH loyihalari
15.09.18

Majburiy ijro byurosi elektr energiyasi va gaz uchun ortiqcha toʻlovni qanday qaytaradi

Moliya vazirligi elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanganlik uchun ortiqcha (xato ravishda) oʻtkazilgan mablagʻlarni Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan iste’molchiga qaytarish qoidalarini ishlab chiqdi. Loyiha QHTBT portalida muhokama qilinmoqda

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.