Farmatsevtika EIZlarga suv, gaz va elektr tortib kelinadi
Vazirlar Mahkamasining 2.09.2017 yildagi 691-son qarori bilan 2017 — 2019 yillarda «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Boʻstonliq-farm» va «Parkent-farm» EIZ hududlarida transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ishlab chiqarish infratuzilmalarini jadal rivojlantirish dasturi ma’qullandi
Fermer xoʻjaligining kredit paketi 3 kunda koʻrib chiqiladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1345-4, 2017 yil 6 sentyabr) bilan Tijorat banklari tomonidan fermer xoʻjaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
“Maqomga” ega avtoraqam: birja orqali yoki ariza boʻyicha
Vazirlar Mahkamasining 31.08.2017 yildagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori e’lon qilindi
Jizzax politexnika institutida arxitektura va qurilish fakulteti tashkil etildi
2017 yil 5 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 699-son qarori qabul qilindi
Xorijiy mutaxassislar talabalar uchun onlayn mahorat darslari oʻtkazadi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 sentyabrdagi 697-son qarori bilan Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Talabalar ilmiy-ma’rifiy markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif ma’qullandi
Qozogʻiston Prezidenti «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi
Prezidentning 15.09.2017 yildagi PF-5192-son “Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nazarboyev Nursulton Abishevichni «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi
Sud boshqaruvchisi kreditorlar oldida hisobot beradi
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunga ayrim oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Tegishli tuzatishlarni oʻz ichiga olgan 14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilindi
Toshkent va Nurafshonni tezyurar avtoyoʻl bogʻlaydi
Nurafshon shahri mamlakatimizdagi ilk “aqlli” shahar boʻlishi kutilmoqda. Shahar 2025 yilgacha qurib bitkazilishi rejalashtirilgan
Botanika va zoologiya institutlari ajratildi
Prezidentning 4.09.2017 yildagi PQ–3256-son «Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti va Zoologiya instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi
Oʻzbekiston Milliy bogʻi toʻliq rekonstruksiya qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 4.09.2017 yildagi 694-son «Toshkent shahrida zamonaviy va yuqori texnologiyali madaniyat va istirohat bogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
XUMShga kreditlar 5 va 10 yil muddatga beriladi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1126-4, 2017 yil 4 sentyabr) bilan Tijorat banklari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini milliy valyutada kreditlash tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Byudjet mablagʻlari hisobiga davolash qanday amalga oshiriladi?
Vazirlar Mahkamasining 5.09.2017 yildagi 696-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Valyutani EKIHning 500 baravari va undan yuqori summaga sotishda pasport talab etiladi
Tijorat banklarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami 2886-1, 2017 yil 5 sentyabr)
Lombardning ishga shayligini MB tasdiqlaydi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (roʻyxat raqami 1291-7, 2017 yil 6 sentyabr) bilan Lombardlar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga tuzatishlar kiritildi
Namangan viloyatining suv ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi
Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ–3273-son «Namangan shahri va Namangan viloyatining Pop tumani aholisini sifatli ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Seleksiya yutugʻi uchun patent 10 kunda rasmiylashtiriladi
14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish va foydalanish sohasida ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
Biznes-ombudsman faoliyati uchun qoʻshimcha kafolatlar oldi
Prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga ushlab turish va qamoqqa olishga nisbatan immunitet taqdim etildi
Kredit tashkilotlari ustav jamgʻarmasining yangi miqdorlari oʻrnatildi
Prezidentning 12.09.2017 yildagi PQ-3270-son “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi
Mahalla manfaatlari koʻzlangan da’volar davlat bojidan ozod etildi
14.09.2017 yildagi OʻRQ-446-son Qonun bilan Soliq kodeksining 329 va 330-moddalariga qoʻshimchalar kiritildi
NamDU tillarni oʻrgatish markazini tashkil etadi
2017 yil 5 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Toʻraqoʻrgʻon tumanida Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 698-son qarori qabul qilindi
Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilik markazlari tashkil etiladi
2017 yil 2 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “Fargʻona viloyatining Margʻilon, Qoʻqon shaharlari va Rishton tumanida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 687-son qarori qabul qilindi
Oʻzbekistonda inflyatsiyaviy targetlash joriy etiladi
Prezidentning 13.09.2017 yildagi PQ-3272-son «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
Vatandoshlarimizning xorijdagi muammolarini hal qilish bilan ishchi guruh shugʻullanadi
Prezidentning 12.09.2017 yildagi F–5055-son farmoyishi bilan «Tashqi ishlar vazirligining vatandoshlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqoti» yakunlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha Idoralararo ishchi guruh tashkil etildi
Soliq maslahatchilarining xulosasini oldingizmi – rejali tekshirishlar 5 yilda bir marta oʻtkaziladi
QHTBT portalida soliq maslahatchilari institutining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tuzatishlar loyihasi joylashtirildi
Poytaxtda “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi ochiladi
Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3275-son qaroriga asosan Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati va “Astronomiya va aeronavtika” bogʻi tashkil etiladi
Toshkent shahrida AKT chuqurlashtirib oʻqitiladigan ixtisoslashtirilgan maktab ochiladi
Prezidentning 14.09.2017 yildagi PQ-3274-son qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish nazarda tutilmoqda
MB: Aholi bir haftada banklarga 200 million AQSh dollari topshirdi
Markaziy bankda Prezidentning “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan uchrashuv oʻtkazildi
Ulgurji savdoga nisbatan litsenziya talablari yumshatiladi
QHTBT portalida Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


