Davlat xaridlari bilan bogʻliq tartib-taomillar belgilandi
Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartib-taomillarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Aholiga narkologik yordam koʻrsatish tizimi yanada takomillashtiriladi
2023 yil 1 yanvardan boshlab narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish boʻyicha barcha tibbiy tekshiruvlar amalga oshiriladi.
Xalqaro reytinglarda respublikaning oʻrni qanday oshiriladi
Buning uchun xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlar 1 yanvarga qadar past koʻrsatkichli indikator va subindikatorlar boʻyicha soha, tarmoq hamda hududlardagi tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish boʻyicha rejalarni ishlab chiqadi.
Har yili markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti uchun 50 mlrd soʻm ajratiladi
Qiyoslash muddati tugagan suv hisoblagichlarni yangisiga almashtirish “Oʻzsuvta’minot" AJ va hududiy suv ta’minoti korxonalarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi
Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning tugatilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablagʻlar qoldigʻi ularning asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ijtimoiy himoyaga muhtojlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi
Moddiy yordam yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga va boshqalarga beriladi.
Etnosport qanday rivojlantiriladi
Toshkentda har yili «Uzbekistan Ethno Games» respublika festivali, Xiva shahrida har ikki yilda bir marotaba Xalqaro etnosport festivali tashkil qilinadi.
Madaniyat vazirligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari nimalarga sarflanadi
Birinchi navbatda, mablagʻlar aholi, ayniqsa, olis hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirish, iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini musiqa darsliklari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlash va boshqalarga yoʻnaltiriladi.
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish kengaytirilmoqda
Dorivor oʻsimliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, qayta ishlashni qoʻllab-quvvatlash orqali qoʻshimcha qiymat zanjirini yaratish va dorivor oʻsimliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Nima uchun Oʻzbekistonda energiya ta’minoti isloh qilishini kerak
Muhim idoralarning fikriga koʻra, amaldagi tariflar daromadi nisbatan yuqori va koʻproq energiya resurslari iste’mol qiladigan abonentlarga katta miqdordagi shartli subsidiya berilishiga olib kelmoqda.
Soliq tizimi: muammolar va istiqbollar
Ilhom Karimov nomidagi Toshkent biznes klubi oʻz hamkorlari bilan “Soliqlar - muammolar va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazdi. Soliq tizimidagi asosiy muammolarning tahlili va uni yaxshilash boʻyicha takliflar - iqtisod fanlari nomzodi Jorilla Abdullayevning sharhida.
Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 12%ga oshiriladi
Prezident tomonidan 20.05.2022 yildagi “Ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Soliq va Bojxona kodekslariga tuzatishlar muhokama qilinmoqda
QHTBTda Prezidentning soʻnggi farmonlari va qarorlari, shuningdek 2022 yil 4 martdagi videokonferensiya bayonnomasiga muvofiq Bojxona va Soliq kodekslariga tuzatishlar muhokama qilinmoqda.
Yangi yoʻllar quriladi, eskilari ta’mirlanadi
Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida 2022 yilda jami 2 606 km sement-beton qoplamali ichki yoʻllar yotqiziladi.
Farmatsevtika texnik universitetini rivojlantirish uchun – $83,7 mln
Koreya Eksimbankining Iqtisodiy rivojlantirish va hamkorlik jamgʻarmasi tomonidan “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasterining ilmiy-oʻquv qismlarini yaratish uchun moliya ajratildi.
Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish qanday rejalashtirilmoqda
Tasdiqlangan 2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi oilada va ta’lim muassasalarida huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
Tibbiyot xodimlarining maoshlari oshiriladi
Malaka toifalariga bogʻliq holda tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari 1,1 va 1,15 baravarga oshiriladi.
Mahalliy mahsulotlar birja savdolariga soddalashtirilgan tartibda chiqariladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tovar-xomashyo birjasida savdolarni va unda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Davlat va biznes oʻrtasida samarali muloqot tizimi qanday tashkil etiladi
QHTBT portalida Prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari emlanadi
Virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari tasdiqlandi, ular orasida - aholini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari sonini 1 mln nafargacha yetkazish.
Islom taraqqiyot banki onkologiya xizmatini rivojlantirishga mablagʻ ajratib beradi
Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 80 million AQSh dollari mikdorida qarz bitimi imzolangan.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan shaxslarga subsidiyalar beriladi
Mablagʻlar yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, sugʻorish vositalarini xarid qilish, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish, ishsiz fuqarolar uchun tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish va boshqa maqsadlar uchun ajratiladi.
Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabardor qilganlarga mukofot toʻlanadi
Mukofot naqd pul yoki kartalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlar sun’iy ravishda oshirilganligi yoki pasaytirilganligi, tadbirkorlik faoliyati davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirilganligi, qalbaki markirovka qoʻllanilganligi va boshqa huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalarning 20%ini tashkil etadi.
Oʻsimliklar himoyasi sohasi boʻyicha mutaxassislarga sertifikat beriladi
Bu xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan.
«Air Marakanda» «Samarqand» xalqaro aeroportini modernizatsiya qiladi
DXSh toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda «Air Marakanda» tomonidan qurilgan ob’yektlar faqat «Uzbekistan Airports» AJ oʻtkaziladi.
Maktablar reytingi joriy etiladi
Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Xalq ta’limi tizimi isloh qilinadi
Tasdiqlangan Xalq ta’limini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur boshqalar qatorida, oʻqituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.
Sirdaryo viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Besh yil davomida yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmini bir yarim baravardan koʻproq oshirish rejalashtirilmoqda.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


