Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yangi alifboga oʻtishda banknot va tangalarni almashtirishga toʻgʻri kelmaydi Doimiy va vaqtinchalik farqlar: foyda soligʻiga ta’siri Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Audit» platformasini yangiladi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
09.12.21

XYT daftarchasi qanday olinadi

Oʻzbekiston Respublikasi tashuvchilariga XYT daftarchasidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

08.12.21

Kam ta’minlangan fuqarolarning yashash sharoitlari yaxshilanadi

«Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan uy-joyga muhtoj boʻlgan xotin-qizlarni, shuningdek boshpanasiz qolgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari tasdiqlandi.

07.12.21

Tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha hokim yordamchilari oʻqishga yuboriladi

Keyingi yildan boshlab oliy ma’lumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilari davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlariga davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi.

07.12.21

Qurolli Kuchlarning 30 yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi

U bilan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar taqdirlanadi.

07.12.21

XYT daftarchasi qanday qoʻllaniladi

1975 yildagi Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi Bojxona konvensiyasini qoʻllash haqidagi nizom tasdiqlandi.

07.12.21

Tuman (shahar) hokimlarining biznesni rivojlantirish boʻyicha yordamchilari boʻladi

Ular mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni xonadonbay oʻrganish, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirishga turtki beradigan omillarni belgilash va boshqalar bilan shugʻullanadilar.

07.12.21

Apostil DXM va YaIDXP orqali qoʻyiladi

2022 yil 1 martdan boshlab rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati taqdim etiladi.

07.12.21

Termizda yangi institut tashkil etiladi

Unda geologiya va konchilik tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi.

06.12.21

Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari binolari turar joy toifasiga qanday oʻtkaziladi

Ularni turar joy toifasiga oʻtkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining “Bogʻdorchilik-uzumchilik shirkatlari faoliyatini tartibga solishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan.

06.12.21 NHH loyihalari
06.12.21

“Avtomobil tarixi”da uning barcha YTHlari koʻrsatiladi

Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

06.12.21

Pirotexnika buyumlaridan foydalanilishi ustidan nazorat kuchaytirildi

Xavflilikning II klassiga tegishli maishiy pirotexnika buyumlarining jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yaratilishi, ishlab chiqarilishi, Oʻzbekiston hududiga olib kirilishi, tashilishi, realizatsiya qilinishi, sotib olinishi, saqlanishi va foydalanilishi taqiqlanadi.

04.12.21

Import qilinadigan tovarlarga tarif kvotalari joriy qilinadi

Kvotalar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qaroriga muvofiq import qiluvchilar oʻrtasida taqsimlanadi.

03.12.21

Uy-joylar arzonlashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 dekabr kuni qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish va aholini uy-joy bilan ta’minlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

03.12.21

2022 yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi

Barcha shakllar eStat dasturidan foydalanilgan holda Internet orqali elektron shaklda taqdim etiladi.

03.12.21

Alkogol narxi oshirildi

Moliya vazirligi va DSQ tomonidan alkogol mahsulotlari uchun yangi eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar tasdiqlandi.

03.12.21

Qishloq xoʻjaligida 100 kg dan oshmagan dronlardan foydalanish mumkin

Prezidentning 24.02.2021 yildagi PQ-5006-son qarori qabul qilinishi munosabati bilan yerdan foydalanish boʻyicha qator NHHlarga oʻzgartirishlar kiritildi.

03.12.21

OTMning professor-oʻqituvchilariga qoʻyiladigan talablar oʻzgartirildi

Shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi va oʻquv-metodik ta’minotiga qoʻyiladigan talablarga tuzatish kiritildi.

02.12.21

Oʻzbekiston XTTB va XMKlarning qoʻshimcha aksiyalarini xarid qiladi

XTTB va XMKlarning ustav kapitalidagi mos ravishda umumiy qiymati $91,92 mln boʻlgan qoʻshimcha 762 ta aksiyasi va umumiy qiymati 12,78 mln boʻlgan qoʻshimcha 12 781 ta aksiyasiga obuna rasmiylashtiriladi.

02.12.21

Profilaktika inspektorlarining malakasi oshiriladi

Ular Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yoʻnalishi mavjud boʻlgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim shakliga oʻqishga qabul qilinadi.

02.12.21

Ayrim huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar yengillashtirildi

MJTKga kiritilgan oʻzgartirishlar haydovchilarning telefondan foydalanishi, avtomobillarga displeylar oʻrnatish, tezlikni oshirish, shuningdek buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritishga daxl qildi.

01.12.21

«Poytaxt bank» davlat aksiyalari paketini sotishdan tushgan mablagʻlar poytaxt shahar mahalliy byudjetiga yoʻnaltiriladi

Ushbu mablagʻlar Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan byudjet ssudalarini, shuningdek Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarni qaytarishga yoʻnaltiriladi.

01.12.21

Suvdan foydalanish sohasi isloh qilinadi

Xususan, “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining suv munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari kengaytirildi.

01.12.21

Mamlakat jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlandi

Har yili jamoat xavfsizligini ta’minlashning samarali tizimini joriy qilish boʻyicha aniq mexanizmlarni nazarda tutuvchi manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

01.12.21

Maxsus rejim: sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish qanday qoʻllab-quvvatlanadi

Maxsus rejim ishtirokchilariga IT-park rezidentlari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etiladi.

30.11.21

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tashkil etiladi

Ular 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni ekspertizadan oʻtkazadi va nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari bilan birgalikda nogironlikni belgilash sohasida davlat dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi.

29.11.21

Metro qurilishi uchun - $354,36 mln

"Toshkent shahrida yer usti halqa metro liniyalarining qurilishi" loyihasining koʻrsatkichlari tasdiqlandi.

29.11.21

“Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi

Uning asosiy prinsiplari - noshirlik faoliyatining erkinligi, kitobxonlik madaniyatini ommalashtirish va oshirish, mualliflik huquklarini himoya qilish.

29.11.21

Orolboʻyi mintaqasida tadbirkorlarga bir qator imtiyozlar berildi

Ular jumlasiga Moʻynoq tumanidagi mahalliy sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, ijtimoiy soliq, JShDS stavkalarini 1%gacha pasaytirish ham kiritilgan.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Ehti­yoj­mand oila­lar­ga 1 mil­li­on soʻmdan toʻlab be­ri­la­di

2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

Aholi­ning ehti­yoj­mand qat­lam­la­ri bir mar­ta­lik yor­dam ola­di

Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.

OTM va star­tap­lar Raqam­li tex­no­lo­gi­yalar va­zir­li­gi­ning sun’­iy in­tel­lekt in­fra­tu­zil­ma­si­dan foy­da­la­na­di

Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.

Yan­gi­cha sme­ta: quri­lish kom­pa­ni­yala­ri 2027 yil­dan bosh­lab ni­ma­lar­ga tay­yor­gar­lik koʻrish­la­ri ke­rak

Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.

Loyiha-qidi­ruv ish­la­ri qiy­ma­ti yago­na me­zon­lar aso­si­da hisob­la­na­di

Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.

Il­miy-in­no­va­si­on tash­ki­lot­lar re­yes­tri tu­zi­la­di

Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.

Aholi uchun su­yul­ti­ril­gan gaz nar­xla­ri tas­diqlan­di

Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.