Mamlakatning kimyoviy, biologik, radiatsiya va yadro xavfsizligi qanday ta’minlanadi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi 968-son qarori bilan 2018–2021 yillarda ushbu sohadagi xalqaro hujjatlarni bajarish yuzasidan Milliy harakatlar rejasi tasdiqlandi
Toshkent shahrida Adju universiteti tashkil etilmoqda
Yangi OTM qurilish, arxitektura, elektrotexnika, iqtisodiyot sohalari va boshqa ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlash va ilmiy faoliyat bilan shugʻullanadi
Suv ta’minotini tarifikatsiyalashning yangi mexanizmlari va kanalizatsiya xizmatlari uchun ustama puli joriy etiladi
Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
2019 yil avgustdan tovarlarni maxsus markirovkalash bosqichma-bosqich joriy etiladi
Prezidentning 30.11.2018 yildagi «Alohida turdagi tovarlarni markirovkalashning zamonaviy usullarini joriy etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Mamlakatimizning «madaniyat konsepsiyasi» tasdiqlandi
Unda quyidagilar nazarda tutilgan: madaniyat markazlarini tashkil etish, turli mavzudagi respublika koʻrik-tanlovlarini uyushtirish, har yili «Teatr tomoshalari haftaligi»ni oʻtkazish, maxsus koʻkrak nishonini ta’sis etish va boshqalar
Ekologiya sohasiga – ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalar
Vazirlar Mahkamasining 26.11.2018 yildagi 958-son qarorida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot bazasini yanada rivojlantirish nazarda tutilgan
Yoʻl qurilishida xorijiy tajriba yordam beradi
Yoʻllarni qurish va ulardan foydalanish sohasida eng yaxshi xorijiy tajribani joriy etadilar. Davlat-xususiy sheriklik salohiyatini faol qoʻllash rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi PQ–4035-son qarorida nazarda tutilgan
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani roʻyxatdan oʻtkazish 3,2 baravar arzonlashdi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun yangi davlat boji stavkalari rejalashtirilganidan koʻra koʻproq kamaytirildi (VMning 27.11.2018 yildagi 963-son qarori)
3 yillik viza hamda vaqtincha propiska uchun investorlar 650 dollar toʻlaydilar
Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan undiriladigan xorijiy valyutadagi boj stavkalari, yigʻimlar va soliq boʻlmagan boshqa toʻlovlarning tariflariga qoʻshimchalar kiritildi (VMning 27.11.2018 yildagi 963-son qarori)
Yaqin 3 yildagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari taqdimoti boʻlib oʻtdi
29 noyabrda Toshkentda «2019–2021 yillardagi tarkibiy islohotlarning asosiy yoʻnalishlari yoʻl xaritasi» taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda vazirliklar va idoralar, eng yirik kompaniyalar rahbarlari, yetakchi mahalliy mutaxassislar, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki, shuningdek boshqa xalqaro moliya institutlari va konsalting muassasalarining vakillari ishtirok etdi
Eksport qiluvchilarga soliq imtiyozlari qaytarildi
Prezidentning 29.11.2018 yildagi «Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi.
Transport vazirligining tashkil etilishi va istiqboldagi boshqa rejalar
Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida boshqalar qatori yaqin istiqboldagi rejalar qayd etilgan
Hukumatning yangi sektori hamda Davavianazoratni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etildi
Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonini yoritishda davom etamiz
«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK qayta tashkil etiladi
Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan
Hududlarda 365 ta kichik mehmonxona va xostellar quriladi
Vazirlar Mahkamasining 24.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida mehmonxona biznesini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 954-son qarori e’lon qilindi
Oʻzbekiston Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilotga a’zo boʻldi
Migratsiya boʻyicha xalqaro tashkilot kengashi Oʻzbekistonning MXTga a’zo boʻlish uchun bergan arizasini ma’qulladi. Mamlakat tashkilotning 173-a’zosi boʻldi
Oltin va kumush tangalarning narxlari belgilandi
Markaziy bank 1 900 dona oltin hamda 6 900 dona kumush esdalik tangalarini sotuvga qoʻydi. Har birining ogʻirligi – 31,1 gramm (1 troya unsiyasi). Metallarning asillik darajasi – 999,9 (batafsil tavsifiga qarang)
Gaz hisoblagichini yechish va oʻrnatishga arizalar onlayn qabul qilinadi
Hisoblagichni yechish va oʻrnatish uchun mutaxassislarni uydan chiqmay turib chaqirsa boʻladi. YaIDXP orqali ariza yuborish mumkin
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga ruxsat berildi
2019 yil 1 martdan boshlab yuridik va jismoniy shaxslar barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan ozod etilgan holda ushbu faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Prezidentning 26.11.2018 yildagi tegishli qarori OʻzA saytida e’lon qilingan
Suv uchun hisoblagich boʻyicha oldindan haq toʻlash: tartib belgilandi
Iste’molchilarga suv ta’minoti va oqava suvni chiqarish xizmatlari koʻrsatish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (VMning 23.11.2018 yildagi 950-son qarori)
Kimlarni qisqartirsa boʻladi?
Direktor qisqartiriladigan xodimlarning roʻyxatini tayyorlashni buyurdi. Korxonaning kadrlar xizmati qanday mezonlarga amal qilishi lozim? Ekspert Abdusalom Risqullayev ushbu materialda mazkur savolga javob berdi. Kadrlar ishini yuritishga doir boshqa savollarni «Norma» PRMda 3 dekabrda boshlanadigan oʻquv kursi doirasida berish mumkin
Boshoqli don ekinlaridan kam hosil olganlik uchun YaYeSga nisbatan koʻpaytiruvchi koeffitsiyentlar qoʻllaniladi, yer esa olib qoʻyiladi
Vazirlar Mahkamasining 27.11.2018 yildagi «Boshoqli don yetishtirishni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
Investitsiya va boshqaruv kompaniyalari qay darajada samarador
Bu 2021 yil oxirigacha oʻtkaziladigan eksperimentda aniqlanishi kerak. Ushbu davrda investitsiyalarni jamlash, ularni boshqarish va loyihalarni, sh.j. venchur moliyalashtirish bilan shugʻullanuvchi kompaniyalar oʻrganiladi va baholanadi
Qurilishi tugallanmagan bino-inshootdan xususiy bolalar bogʻchasigacha
Davlat xususiy sherikka tegishli boʻsh turgan yer uchastkalari, qurilishi tugallanmagan, rekonstruksiya qilinadigan, kapital ta’mirlanadigan yoki jihozlanadigan bino va inshootlar negizida nodavlat MTMni tashkil etishda yordam beradi. Bunday loyihalarni amalga oshirish tartibi Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 944-son qarori bilan belgilangan
Yanada koʻp fuqarolar arzon uy-joy olish imkoniga ega boʻladilar
Prezidentning 24.11.2018 yildagi «Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan
Ekologik ekspertiza oʻtkazish tartibi yangilandi
Vazirlar Mahkamasining 22.11.2018 yildagi 949-son qarori bilan yangi tartib-taomil tasdiqlandi. Boshqalar qatori ekspertiza ob’yektlari va muddatlari, atrof muhitga ta’sir koʻrsatish xavfi boʻyicha faoliyat turlariga tuzatishlar kiritildi
«Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida»gi qonunning yangi loyihasi ishlab chiqildi
Qonun loyihasi QHTBT portalida joylashtirilgan. Ushbu tahrirda xususiy sherik boʻla oladigan sub’yektlarning turlari qisqartirilgan, hamkorlik muddatlari uzaytirilgan, DXSh mezonlari va loyihalarni amalga oshirish bosqichlari belgilangan
Xususiy bandlik agentliklari reyestri tuzildi
https://reestr.mehnat.uz sayti ishga tushirildi, u orqali onlayn tartibda 2 xil turdagi xizmatdan foydalanish mumkin: xususiy bandlik agentliklari reyestri va Oʻzbekiston fuqarolarini xorijda ishga joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritish uchun litsenziya olishga hujjatlar taqdim etish. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi shu haqda xabar berdi
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Yangicha smeta: qurilish kompaniyalari 2027 yildan boshlab nimalarga tayyorgarlik koʻrishlari kerak
Vazirlar Mahkamasining 21.10.2026 yildagi 583-son qarori qabul qilindi, unda pudrat tashkilotlarining smeta qiymatini shakllantirish, boshqa va ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblash yondashuvi oʻzgartirildi. Hujjat Milliy axborot tizimidagi jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va xarajatlarni standartlashtirishga qaratilgan.
Loyiha-qidiruv ishlari qiymati yagona mezonlar asosida hisoblanadi
Byudjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan ob’yektlar uchun loyiha-qidiruv ishlari qiymati va muddatlarini hisoblashning yagona tartibi joriy etilmoqda, loyiha tashkilotlariga esa 30 foiz miqdorida boʻnak toʻlanadi.
Ilmiy-innovasion tashkilotlar reyestri tuziladi
Ilmiy-innovatsion faoliyat sub’yektlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Hujjat mutaxassislarga ilmiy identifikatsiya raqamlarini berish, tegishli tashkilotlarni roʻyxatdan oʻtkazish va ularning faoliyat yoʻnalishlarini hisobga olishni nazarda tutadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz narxlari tasdiqlandi
Suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlari joriy etiladi. 15 noyabrdan aholi uchun chakana narx bir kilogrammi uchun 5 000 soʻmni tashkil etadi. Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar 2030 yil 1 yanvarga qadar xarid qilingan gazning har bir kilogrammi uchun 3 000 soʻmdan, biroq oyiga 20 kilogrammdan dan oshmagan miqdorda kompensatsiya olishlari mumkin.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 24 noyabr№ 47
- Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar oʻtkazish tartibi tasdiqlandi
- Boshqa davlatda oʻqiganlik davrini hisobga olish, pensiyani tanlash va rad etish sabablari haqida
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2026 yilning noyabr oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- Nazorat qilinadigan bitimlar toʻgʻrisidagi xabarnoma qanday toʻldiriladi


