2024 yil uchun Davlat byudjeti tasdiqlandi
YaIMning oʻsish sur’ati 5,6−5,8 foiz darajasida prognoz qilinmoqda, bunda sanoat mahsulotlarining oʻsishi 6 foizni, xizmatlar koʻrsatish sohasida oʻsish – 6,1 foizni, qishloq xoʻjaligida – 4 foizni tashkil etadi. 2024 yilda kutilayotgan inflyatsiya darajasi 8–10 foizni tashkil etadi.
Naslchilik xoʻjaliklari uchun soliq imtiyozlarining muddati uzaytirildi
Chora ichki iste’mol bozorini goʻsht, sut, tuxum mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ozuqa bazasini kengaytirishga qaratilgan.
Xotin-qizlarga oʻz biznesini boshlashga yordam berishadi
Shuningdek, oilaviy nizolarni koʻrishga ixtisoslashgan sudyalar korpusi shakllantiriladi.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi nima bilan shugʻullanadi
Qoʻmita boʻysunuvi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Vazirlar Mahkamasiga oʻtkaziladi.
Odam savdosiga qarshi kurashish milliy Komissiyasining vazifalari belgilandi
Ular orasida – respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, NNTning odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish bor.
Oʻrmon fondi yerlari «E-ijara» orqali ijaraga beriladi
Ushbu yerlarda ayrim oʻsimliklar ekilganda ijara toʻlovining «nol» stavkasi qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonliklar 2024 yilda necha kun dam olishadi
Prezidentning «2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Soliq va byudjet siyosati: 2023 yilning dastlabki natijalari va 2024 yil uchun prognoz
Mazkur sharh Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan 2024 yilga moʻljallangan soliq-byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari va 2023 yilga moʻljallangan daromadlar prognozi bajarilishini baholash asosida tayyorlangan.
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritilmoqda
Xususan, qaytarilgan chet el valyutasini sotish muddatlari oʻzgarmoqda
Oliy Majlis Senatining qirq sakkizinchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi
Majlisda senatorlar tomonidan jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan 14 ta masala, shu jumladan 10 ta qonun koʻrib chiqildi.
«Aholi salomatligi – 2030» milliy strategiyasining ustuvor vazifalari
Strategiya loyihasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi qanday loyihalarni moliyalashtiradi
Tadbirkorlik sub’yektlarining Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha arizalari Oʻzbekiston Milliy sanoat portali orqali koʻrib chiqiladi.
Saylov va referendum oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi aralash saylov tizimi asosida oʻtkaziladi.
Ijtimoiy soliq toʻgʻrisidagi yangi Nizom tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Ijtimoiy soliqni taqsimlash, pensiya va boshqa toʻlovlarni toʻlash uchun ajratilgan xarajatlarni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu tartibni belgilaydigan NHHning maqomi oshirildi, biroq tartibning oʻzi oʻzgartirilmadi.
Maxsus inspeksiya transport ustidan nazoratni amalga oshiradi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan Inspeksiyaning maqomi va faoliyatini tashkil etish asoslari, vazifalari, funksiyalari, huquqlari hamda javobgarligini belgilaydigan nizom tasdiqlandi.
Yoshlar tadbirlarida ishtirok etish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin
Yoshlarga oid tadbirlarning yillik kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Paxta hosildorligi qanday oshiriladi
Tajriba-sinov tariqasida yuqori hosildor xorijiy gʻoʻza navlari va duragaylarini olib kirish va joylashtirishga ruxsat beriladi.
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi
2024 yil 1 martdan boshlab davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari boʻyicha ijara toʻlovlari «E-ijara» elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hunarmandchilik qanday rivojlantiriladi
Savdo-sanoat palatasi «Hunarmandchilik faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha jamoatchilik muhokamasi uchun QHTBT portaliga joylashtirilgan.
Baholash faoliyatida nimalarni oʻzgartirish rejalashtirilmoqda
«Baholash faoliyati toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Agrar sohadagi bozor islohotlarining asosiy jihatlari
Qishloq xoʻjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Asosiy stavka 14 foiz darajasida saqlab qolindi
Qaror 14 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilindi.
ASM ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga oʻtkazildi
Qishloq xoʻjaligi vazirligining ijro etuvchi organlari qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, urugʻlik va koʻchat materiallarini yetishtirish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini sinovdan oʻtkazishni nazorat qiladi.
Notariuslar qogʻozbozlikdan xalos etiladi
Notarial harakatlar bilan bogʻliq hujjatlar elektron shaklda saqlanadi.
Germaniya tajribasi asosida dual ta’lim turi ishlab chiqiladi
Dual ta’lim tizimi joriy etilishi munosabati bilan bir qator NHHlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, ish beruvchilarning talablariga koʻra ta’limning ushbu turiga talabalarni qabul qilish soddalashtirilmoqda.
Tovar kelib chiqqan joy nomi qanday roʻyxatdan oʻtkaziladi
Iste’molchini chalgʻitib qoʻyadigan joʻgʻrofiy nom boʻlgan belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun qabul qilinmaydi.
Texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy etiladi
U kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeliga (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) muvofiq tashkil qilinadi.
Oʻsimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun choralar kuchaytirilmoqda
Tabiat olamiga yetkazilgan zarar uchun jarima 5 baravarga, hayvonot olamiga yetkazilgan zarar boʻyicha jarima 10 baravarga oshirilmoqda
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


