Qoraqalpogʻistondagi mahallalarni maxsus jamgʻarma qoʻllab-quvvatlaydi
Hududning 452 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining (MFY) har biriga 500 mln soʻmdan ajratiladi.
Bojxona yuk deklaratsiyasi nima va u qanday toʻldiriladi
Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish kiritlmoqda, shuningdek Bojxona postlari tasniflagichi va Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma’lumotlar turlari tasniflagichi yangi tahrirda tasdiqlanmoqda.
Oʻzbek futboli 3 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi
Ijtimoiy soliq bundan mustasno.
Hisob palatasi nazorat tadbirlarini qanday oʻtkazadi
Shuningdek, Palataga oz miqdorda talon-toroj va davlat xaridlari jarayonini buzganlik uchun ma’muriy bayonnomalar tuzish vakolati berildi.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi sudlarga murojaat etganda davlat bojini toʻlamaydi
OʻRQ-855-son Qonun bilan fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlardagi bojlardan shuningdek Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi ham ozod etilmoqda.
Voyaga yetmaganlarni qanday ishlarga jalb qilish mumkin emas
Roʻyxatga bir necha ming lavozimlar kiritilgan.
Vaxtachilar qanday ishlaydi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan vaxta usulida ishlash davomiyligi – bir oy qilib belgilandi.
Ish haqini natura shaklida toʻlash tartibi belgilandi
Ushbu shakldagi toʻlov oylik maoshning 30%dan oshmasligi lozim.
Qurilishda nazorat oʻlchovini kimlar oʻtkazishi mumkin
Byudjet tizimi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish qiymati 10 mlrd soʻmgacha boʻlgan ob’yektlarda nazorat oʻlchovini oʻtkazish uchun jalb qilinadigan tijorat tashkilotlarini tanlash tartibini belgilovchi Nizom tasdiqlanmoqda.
Xiva – 2024 yilda Islom dunyosining turizm poytaxti
Ushbu nom ostida keyingi yilda oʻz ichiga Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasini qamrab oluvchi xalqaro tadbir oʻtkaziladi.
Qoraqalpogʻistonda Madaniyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi
Uning vazifalari orasida – madaniyat va san’at sohasi vakillari, iqtidorli ijodkorlarni, ayniqsa, yoshlarni, madaniyat va san’at tashkilotlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash bor.
Askiya san’ati qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Oʻzbekistonda “Xush kayfiyat” respublika koʻrik-tanlovi hamda “Tabassum” xalqaro kulgi festivali oʻtkaziladi.
Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari xodimlarining vakolatlari kengaytirildi
Bir qator NHHlarga kiritilgan qoʻshimchalar bilan ularga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlganlik, jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilganlik uchun shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish huquqi berilmoqda.
Deklaratsiya toʻldirilayotganda bojxona narxlar haqida xabardor qiladi
Deklaratsiya qilayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 311-moddasiga muvofiq qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usulda tegishli hujjatlarni taqdim etmasa, bojxona organi aynan bir hil yoki oʻxshash tovarlar narxi haqida ma’lumot taqdim etadi.
Yangi tashkil etilayotgan agroklasterlar oliygohlar bilan hamkorlik oʻrnatishadi
Ushbu talab agroklaster va kooperativlar uchun litsenziyaviy talablardan biri boʻladi.
Davlat koʻchmas mulkini qanday sotish rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida Davaktiv agentligi direktorining “Maydoni 2000 kvadrat metrgacha boʻlgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk ob’yektlarini toʻgʻridan-toʻgʻri elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi loyihasi e’lon qilindi.
Raqobat qoʻmitasi “Biz sizni eshitamiz” loyihasini amalga oshiradi
Shuningdek qoʻmitaning ayrim funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Avtomobilda xalqaro tashishga ruxsatnomalar onlayn tarzda beriladi
Xorijiy/koʻp tomonlama ruxsatnomalar olish toʻgʻrisida ariza milliy tashuvchi tomonidan “E-avto ruxsatnoma” AAT orqali taqdim etiladi.
Muvofiqliqni baholash qoidalarini buzganlik uchun – jarima
Muvofiqlikni baholashni amalga oshiruvchi organlar sertifikatni taqdim etishni asossiz rad etganda, baholash uchun mahsulotni taqdim etgan jismoniy yoki yuridik shaxslar foydani boy berganlari uchun jarimaga tortiladi.
«20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis» dasturining asosiy shartlari
Dastur doirasida tadbirkorlarga qator soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etiladi.
Davlat bayrogʻidan qanday foydalanish mumkin
“Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Yangi IT-klaster AKTga oʻqitadi
Klaster Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tashkil etilmoqda.
Yuridik xizmat xodimlarini ishga qanday qabul qilishadi
Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va vazifasidan ozod qilish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi funksiyalari kengaytirilmoqda
Endilikda Jamgʻarma Madaniy meros agentligi tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari faoliyati samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari (indikatorlari)ni monitoring qilib boradi.
Sanitariya-epideomologiya sohasi xodimlari uchun malaka oshirish Markazi tashkil etilmoqda
20 kishidan iborat Markaz Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi huzurida tashkil etilmoqda.
Qarzdor tomonidan ijro hujjati ijro etilmaganligi uchun jarimani undirish tartibi soddalashtirildi
Shuningdek, Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy jazo choralarini qoʻllashga haqli boʻlgan vakolatli mansabdor shaxslar belgilandi.
Oliy ta’lim sohasida ma’muriy islohotlar amalga oshiriladi
Chora-tadbirlar orasida – ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, akademik litseylarga oʻquvchilarni qabul qilishda yozma imtihonni bekor qilish va boshqalar bor.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi tasdiqlandi
Konsepsiya 3 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan shaxslarni qamrab oladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Tibbiyot xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qanday amalga oshiriladi
2030 yil 1 yanvardan boshlab faqat tegishli ixtisoslik boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtgan mutaxassislar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin boʻladi. 19.10.2026 yildagi VMQ 577-son qarori bilan maxsus imtihonlar oʻtkazish, besh yil muddatga elektron guvohnomalar berishni nazarda tutuvchi roʻyxatdan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


