Oziq-ovqat xavfsizligi jamgʻarmalari qishda aholini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ta’minlaydi
Vazirlar Mahkamasi 2022-2023 yillarning qish-bahor mavsumida aholini asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan ta’minlashning umumiy prognoz hajmlarini tasdiqladi.
Ayrim mahsulot turlari import bojidan ozod qilindi
Import qilishda bojxona boji va QQSdan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxati kengaymoqda.
Nogironligi boʻlgan shaxslar jamiyatlari qoʻllab-quvvatlanadi
Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligiga koʻmaklashish, ularni kasb-hunarga oʻqitish, madaniyat, san’at, sportga oid qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida «Imkoniyatlar markazi» tashkil etiladi.
Sugʻurta: turist xorijda tibbiy yordamsiz qolmaslik uchun qanday yoʻl tutishi kerak
Xorijga chiqayotgan turistlar tibbiy sugʻurtalangan boʻlishlari kerak. Biroq, shartnoma tuzayotgan fuqarolar uning yuridik jihatdan qanchalik toʻgʻriligini doim ham baholay olmaydilar, sugʻurtalovchilar esa ommaviy ofertada bilmay turib yoki atayin jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyadilar.
Kimyo sanoati qanday rivojlantiriladi
Respublikamizda Strategik rivojlantirish maqsadli dasturi doirasida Navoiy, Fargʻona va Qoraqalpogʻiston kimyo texnologik klasterlari tashkil etiladi.
Qurilish sohasidagi talablar soddalashtirilmoqda
150 dan ziyod Shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiyligi bekor qilinmoqda
Soliq maslahatchilarining huquqlari va xizmatlar roʻyxati kengaytirildi
2022 yil 1 noyabrdan «Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirishi bilan soliq maslahati institutini qanday oʻzgartirishlar kutmoqda? Ushbu savolga norma.uz iltimosiga koʻra Moliya vazirligi boʻlim boshligʻi Bahodir BOYQOBILOV va Moliya vazirligi boʻlim boshligʻining oʻrinbosari Hulkar TOJIYeVA javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun – 300 mlrd soʻm
Qishloq xoʻjaligi korxonalariga urugʻlik, oʻgʻit, yoqilgʻi, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari yetkazib berish, aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish boʻyicha talablar kuchaytirilmoqda
Ma’lumotlar bazasiga ruxsatsiz kirishga qarshi himoya qilishning 4 ta darajasi belgilanmoqda.
Murojaatlar bilan ishlovchi davlat xizmatchilarining malakasi oshiriladi
Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi va uning filiallari hamda Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida 12 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.
Denov va Urganch dzyudo sport maktablari tashkil etiladi
Shuningdek Dzyudo akademiyasi faoliyatining yoʻnalishlari, ular sirasida – uni aholi oʻrtasida ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish vazifasi belgilandi.
Milliy standartlar ixtiyoriy asosda qoʻllaniladi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida beshta qonun muhokama qilindi.
Emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish YaIDXP orqali amalga oshiriladi
Roʻyxatdan oʻtkazish haqida arizaga aksiya (obligatsiya) chiqarish toʻgʻrisida qaror hamda emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan qimmatli qogʻozlar emissiyasi risolasi ilova qilinishi lozim.
Opera va balet san’atini targʻib qilish chora-tadbirlari tasdiqlandi
Davlat byudjeti hisobidan har ikki yilda H.Nosirova nomidagi xalqaro yosh operachilar koʻrik-tanlovi hamda «Toshkent bahori» xalqaro opera va balet festivali oʻtkaziladi.
Quyosh qurilmalarini xarid qilganda qanday kompensatsiya olish mumkin
Aholining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish yoki boʻlib-boʻlib toʻlagan holda sotib olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Markaziy bank tomonidan «tartibga solish qumdoni»ni tashkil etish tartibi tasdiqlandi.
Endilikda respublikada yangi moliyaviy texnologiyalar va xizmatlarni joriy etayotgan yuridik shaxslar Markaziy bankka ular uchun maxsus huquqiy rejimni taqdim etishni soʻrab murojaat etishlari mumkin.
Ayrim shifokor-talabalarga ishlashga ruxsat etildi
Oʻqish paytida ular toʻliq stavkagacha ishlashlari mumkin.
Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’lim qanday tashkil etiladi
Buning uchun ta’lim tashkiloti masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha «Learning Management System» platformasiga, oʻquv yili uchun moʻljallangan oʻquv kontentiga va boshqalarga ega boʻlishi kerak.
Maktab oʻquvchilarini ma’naviy tarbiyalash konsepsiyasi tasdiqlandi
Uning maqsadlaridan biri – maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga koʻtarish.
Uzum yetishtiruvchilar orasida koʻrik-tanlov oʻtkaziladi
Ular «Eng yaxshi uzum navi», «Eng yaxshi mahalliy uzum navi» va «Eng yaxshi vino mahsuloti» nominatsiyalari boʻyicha bellashadilar.
Ayrim tadbirkorlarga issiqxona uchun bojxona toʻlovini kechiktirib toʻlash imkoniyati yaratiladi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan bunday imtiyoz taqdim etiladigan 29 ta korxona roʻyxati tasdiqlandi
Oliy Majlis Senatining XXXIII yalpi majlisi 7 oktyabr kuni boʻladi
Majlisda bir qator qonunlar, shuningdek yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash boʻyicha ishlar natijalari koʻrib chiqiladi.
Toʻqimachilik sohasi qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar sirasida – uskunalarni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish, ijtimoiy soliqni kamaytirish, eksport qiluvchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan.
Kutubxona resurslarini hisobga olish va saqlash tartibi belgilandi
Chunonchi, boshqalar qatori, axborot-kutubxona muassasalari tomonidan noyob, alohida qimmatga ega va nodir nashrlar fondlarini asrash va saqlashga qoʻyiladigan asosiy talablar belgilandi.
Iste’molchilarga koʻmir mahsulotlari qanday ortib yuboriladi
2023 yil 1 aprelga qadar koʻmir mahsulotlarini sotish, byudjet tashkilotlari va aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish toʻgʻrisida ma’lumotlar joylashtiriladigan interaktiv portali ishga tushiriladi.
Davlat chegarasini kesib oʻtishda transport va tovarlar ustidan nazorat kuchaytiriladi
Endilikda Davlat chegarasini kesib oʻtayotgan avtotransport vositalari va tovarlarni koʻrikdan oʻtkazish bojxona organlari va chegara xizmati vakillaridan iborat qoʻshma naryadlar tomonidan amalga oshiriladi.
“Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilindi
Qonun tovar (ish, xizmat)larning sifatini, ushbu sohada ochiqlik, shaffoflik va axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
“Yangi Oʻzbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi ma’qullandi
Dastur eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Tekshiruvlar oʻrniga yongʻin auditi: savdo markazlari va bozorlar yongʻindan sugʻurtalanadi
Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻmdan toʻlab beriladi
2026 yil noyabr oyida ayrim ehtiyojmand oilalarga 1 million soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam toʻlab beriladi. Yoqilgʻi-energetika resurslari boʻyicha kompensatsiya olish uchun daromad chegarasi jon boshiga minimal iste’mol xarajatlarining 2 barobarigacha oshirildi.
Ta’lim va ilm-fan vazirligi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari belgilandi
Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.
1 noyabrdan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
OTM va startaplar Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan foydalanadi
Oliy ta’lim, ilmiy tashkilotlar, startaplar va hokim maslahatchilari sun’iy intellekt sohasidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining hisoblash quvvatlari va «katta ma’lumotlar» bazalaridan bepul yoki imtiyozli ravishda foydalanishi mumkin boʻladi.
Aholining ehtiyojmand qatlamlari bir martalik yordam oladi
Prezidentning 28.10.2026 yildagi PF-236-son Farmoni bilan 2026/2027 yilgi isitish mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalari uchun 1 mln soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam ajratish koʻzda tutilgan. Toʻlovlar 2026 yil noyabr oyida amalga oshiriladi. Shuningdek, kommunal xarajatlar va koʻmir xaridi uchun kompensatsiya taqdim etish mezonlari kengaytirilmoqda.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 17 noyabr№ 46
- «Yangiyoʻl» bojxona posti: yuklarni nazorat qilish va TIF ishtirokchilari bilan ishlash
- Koʻp qavatli uylar xususiy sektor boshqaruviga oʻtkaziladimi?
- Kasallik varaqasi boʻyicha nafaqani hisoblashda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar
- ShJBPHni qanday toʻldirish mumkin, bepul chipta olish, ijtimoiy kartani ochish haqida...
- MHMS va BHMS boʻyicha moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning konseptual asoslarining qiyosiy jadvali


