Mahalliy mahsulotlar birja savdolariga soddalashtirilgan tartibda chiqariladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tovar-xomashyo birjasida savdolarni va unda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Davlat va biznes oʻrtasida samarali muloqot tizimi qanday tashkil etiladi
QHTBT portalida Prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlovchi tibbiyot xodimlari emlanadi
Virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlari tasdiqlandi, ular orasida - aholini virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlari sonini 1 mln nafargacha yetkazish.
Islom taraqqiyot banki onkologiya xizmatini rivojlantirishga mablagʻ ajratib beradi
Oʻzbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 80 million AQSh dollari mikdorida qarz bitimi imzolangan.
Tadbirkorlik faoliyatini boshlayotgan shaxslarga subsidiyalar beriladi
Mablagʻlar yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, sugʻorish vositalarini xarid qilish, urugʻliklar va koʻchatlar sotib olish, ishsiz fuqarolar uchun tashkil etiladigan qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritish va boshqa maqsadlar uchun ajratiladi.
Soliqqa oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabardor qilganlarga mukofot toʻlanadi
Mukofot naqd pul yoki kartalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlar sun’iy ravishda oshirilganligi yoki pasaytirilganligi, tadbirkorlik faoliyati davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirilganligi, qalbaki markirovka qoʻllanilganligi va boshqa huquqbuzarliklar uchun belgilangan jarimalarning 20%ini tashkil etadi.
Oʻsimliklar himoyasi sohasi boʻyicha mutaxassislarga sertifikat beriladi
Bu xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida xizmat koʻrsatadigan yuridik shaxslar xodimlarining va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda koʻrsatilgan.
«Air Marakanda» «Samarqand» xalqaro aeroportini modernizatsiya qiladi
DXSh toʻgʻrisidagi bitim amal qilish muddati tugaganda yoki muddatidan avval bekor qilinganda «Air Marakanda» tomonidan qurilgan ob’yektlar faqat «Uzbekistan Airports» AJ oʻtkaziladi.
Maktablar reytingi joriy etiladi
Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Xalq ta’limi tizimi isloh qilinadi
Tasdiqlangan Xalq ta’limini rivojlantirish boʻyicha milliy dastur boshqalar qatorida, oʻqituvchilarning yoshlarga ta’lim va tarbiya berishdagi mas’uliyatini oshirish, pedagoglar uchun qulay ijtimoiy sharoitlar yaratish va mehnatini munosib ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.
Sirdaryo viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Besh yil davomida yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari hajmini bir yarim baravardan koʻproq oshirish rejalashtirilmoqda.
«Inson a’zolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida»gi Qonun kuchga kirdi
Hujjatda transplantatsiya oʻtkazishning maqsad va shartlari, uning ob’yektlari, donorlar doirasi (tirik va oʻlik), donor va retsipiyentning huquqlari, a’zolar va toʻqimalarni olish shartlari belgilangan.
Gʻalla bozor narxlarida sotib olinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 may kuni gʻallachilikdagi islohotlarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Sugʻorish uchun suv olish limitlari belgilandi
Suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari “bir kanal - bir tizim” tamoyili asosida joylashtiriladi, sugʻorish mavsumi davomida suvdan samarali foydalanish holati esa har kuni tahlil qilib boriladi.
Poytaxtning issiqlik ta’minoti tizimi DXSh asosida modernizatsiya qilinadi
Toshkent shahar hokimligi va «Veolia Energy Tashkent» MChJ sheriklar sifatida ishtirok etadi. Xususiy sherik Tabiiy monopoliya sub’yektlarining Davlat reyestriga kiritiladi.
Talabalar turar joylarini qurish uchun subsidiya ajratiladi
Subsidiya talabalar turar joylarini qurish uchun DXSh doirasida loyiha-smeta hujjatlari boʻyicha bir oʻringa toʻgʻri keladigan qiymatning 50%i miqdorida ajratiladi.
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti tashkil qilindi
Uning bitiruvchilariga Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xoʻjaligi universiteti diplomi beriladi.
1 maydan nimalar oʻzgardi
Norma.uz portali 2022 yil 1 maydan kuchga kirgan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgartirishlar sharhini taqdim etadi.
Oʻzbekiston poytaxtini qanday rivojlantirishadi
Toshkent shahrida mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan hamda aholi bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan takliflarni oʻz ichiga olgan "Yoʻl xaritasi" tasdiqlandi.
Kasalxonada davolanayotgan bolalar uchun maktab tashkil etildi
"Mehrli maktab"ning maqsadi - Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalarga maktabgacha ta’lim hamda umumiy oʻrta ta’lim berish jarayonlarini tashkil etishdir.
Vazirlar Mahkamasining mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi nima bilan shugʻullanadi
Uning vazifalari orasida - fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ishi sifatini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini tashkil qilish.
Prezidentning ixtisoslashtirilgan maktablariga qanday qabul qilishadi
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etiladi
Markazning shifoxona fondi 4-son bolalar klinik shifoxonasi va 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoxonalarini qoʻshib yuborish orqali 300 oʻringacha oshiriladi.
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblariga mukofotlar miqdorlari aniqlandi
Oʻzbekiston sportchilari oltin medal uchun $5 000 miqdorida pul mukofoti oladilar.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrildi
Ular orasida - “Ishga marhamat” monomarkazlarida inklyuziv ta’lim asosida kasb-hunarga oʻqitilayotgan nogironligi boʻlgan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida har oylik stipendiya toʻlab berilishi.
Pensiya va nafaqalarning miqdorlari oshirildi
Endilikda, yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga 633 000 soʻmga teng.
Ichki turizm strategik sohaga aylanadi
Oʻzbekiston fuqarolari uchun “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida respublika hududlari boʻylab ichki sayohatlarni amalga oshirish xarajatlarining bir qismi qaytariladi.
Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi
Prezident tomonidan 30.04.2022 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


