Davlat ob’yektlari «nol» qiymatda sotilmaydi
Shuningdek davlat aktivlarini realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibiga oʻzgartirish kiritildi.
Oʻzbekistonda maktabgacha ta’lim Saudiya taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi
«Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash» loyihasiga jamgʻarma tomonidan 41 mln saudiya riali summasidagi kredit ajratiladi.
Qoʻshma ta’lim dasturlari ekspertizadan oʻtkaziladi
Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qoʻshma ta’lim dasturlari asosida ta’lim faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari nimaga rahbarlik qiladi
Uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, vazifalari va funksional vazifalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomda aks ettirilgan.
Vazirlar Mahkamasida yangi kotibiyat tashkil etildi
Kotibiyat hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi masalalari bilan shugʻullanadi, unga Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari rahbarlik qiladi.
«Termiz» xalqaro savdo markazi: tovarlarni oʻtkazish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilanishicha, tovarlar «Termiz xalqaro savdo markazi» hududiga bojxona toʻlovlari toʻlanmasdan olib kiriladi.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish qanday shakllantiriladi
Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar reyestrga kiritiladi, davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilishni boshlaydi.
Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etiladi
Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Yuqori ball toʻplagan abituriyentlar moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi
Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar abituriyentlarga Prezident granti beriladi.
Strategik tashkilotlarga gaz uchun oshirilgan koeffitsiyent bekor qilindi
Bu Vazirlar Mahkamasining “Strategik tashkilotlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash va ularda qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan.
Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi
Konsepsiyaning asosiy maqsadi xalqaro normalar va standartlar talablarini hisobga olgan holda sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud-ekspertiza xulosalariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat.
Prezident davlat xavfsizlik xizmatining faoliyati qonun bilan tartibga solindi
Ushbu xizmatning majburiyatlariga qoʻriqlanadigan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash hamda tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish, qoʻriqlanadigan shaxslarga tajovuzlar qilinishining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish boʻyicha kontrrazvedka faoliyati kiradi.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisidagi qonun – yangi tahrirda
Vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklariga diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻymagan holda fuqarolarning vijdon erkinligiga boʻlgan oʻz huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish ham kiritilgan.
Kunlik mehnat markazlari tuzilmasi tasdiqlandi
Namunaviy tuzilmaga muvofiq tuman (shahar) aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktorining oʻrinbosari kunlik mehnat markazi rahbari hisoblanadi.
Geodeziyaga oid ishlar ekspertizadan oʻtkaziladi
Ekspertiza oʻtkazish tartibi «Oʻzbekiston Respublikasida geodeziya va kartografiya sohasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror bilan tasdiqlandi.
Davlat xaridlari tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi
Korporativ buyurtmachilar uchun individual tarzda Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq belgilangan davlat xaridlarini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki tender savdolarini oʻtkazmasdan amalga oshirishning mavjud tartiblari bekor qilinadi.
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Milliy strategiya qabul qilindi
Uni amalga oshirish ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini, shuningdek, jamiyatda bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan.
2021 yil uchun Davlat byudjetiga oʻzgartirishlar kiritildi
Joriy yilning oʻtgan davri uchun qabul qilingan qarorlarni bajarish va ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun qoʻshimcha moliyalashtirish manbalari talab etiladi.
Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimi takomillashtiriladi
Prezidentning “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Binolarning seysmik mustahkamligini baholash tizimi shakllantiriladi
Seysmik faol hududlarda joylashgan bino va inshootlar, koʻp kvartirali uy-joylarning seysmik zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron texnik pasportlar bosqichma-bosqich shakllantiriladi.
Lizing tashkilotlarida ichki nazorat kuchaytirildi
Lizing beruvchilar endi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiy qoʻllanmalar asosida shubhali operatsiyalarni dastlabki aniqlash indikatorlari tizimini yoʻlga qoʻyishlari mumkin.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar shubhali deb topilgan operatsiyalar haqida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga xabar berishi lozim.
Imkoniyati cheklangan shaxslar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi foizi bilan qaytariladi
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining kassa ijrosi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
N.I.Pirogov nomidagi RMTTUning filiali tashkil etiladi
Prezident tomonidan N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror imzolandi.
Bolalar uchun innovatsion laboratoriya vazifalariga nima kiradi
Laboratoriya Maktabgacha ta’lim vazirligining Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tuzilmasida tashkil etildi.
Samarqand viloyatida “mahallabay” markazlari ishini boshlaydi
Aholi bandligini ta’minlash orqali kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga koʻmaklashish, aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish va boshqalar ularning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish - milliy darajada
Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


