Direktor almashganda ERIsi qayta rasmiylashtiriladimi
Yuridik shaxsning ERIsi nomiga rasmiylashtirish rahbar ishdan boʻshatilganda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi. Biroq u sertifikatning amal qilish muddati tugaganidan yoki bekor qilinganidan keyingina faolligini yoʻqotadi.
Oʻzbekistonda yana bitta oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi
Urganchda «Binary» universiteti (Malayziya) filiali ochildi. Uning maqsadi – tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori boʻlgan boshqa sohalari boʻyicha malakali oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash.
Oʻzbekiston fuqaroligini olish onlayn-rejimga oʻtkaziladi
IIV va qator idoralar "E-Fuqaro" idoralararo ma’lumotlar bazasini barpo etishdi, uning yordamida fuqarolikka oid masalalar boʻyicha tartib-taomillar avtomatlashtiriladi.
Testologiya va pedagogik oʻlchovlar sohasi takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasi 17.09.2020 yildagi “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 562-son qarorni qabul qildi.
Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari eksperiment tariqasida tashkil etiladi
Markazlarning vazifalari - davlat organlari va muassasalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, ularning mulkiy va boshqa huquqlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash.
TDAUning Samarqand filialida kredit-modul tizimi joriy etiladi
Vazirlar Mahkamasining 16.09.2020 yildagi “Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 556-son qarori qabul qilindi.
Valyuta tushumi kelib tushmaganda nima qilish kerak
Chet ellik xaridor Oʻzbekiston korxonasidan sotib olingan mahsulotning bir qismini haqini toʻlash uchun mablagʻi yoʻqligi sababli qaytarmoqda. Bu holda eksport qiluvchi nima qilishi kerak?
Barcha tovar va xizmatlarni yagona katalogga kiritish rejalashtirilmoqda
Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotiladigan mahsulotlarning Yagona elektron katalogini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Mehnat migrantlari kasb-hunarga oʻqitiladi va moliyaviy yordam koʻrsatiladi
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi joriy etiladi.
Mehnat kodeksining yangi tahriri: qabul qilishning zarurligi va yangiliklar
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va muhokama uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Xodim rozi boʻlganda ish haqini oyda bir marta toʻlash mumkinmi
Korxonada ish haqini oyda bir marta olishga rozi boʻlgan xodimlar bor, bu haqda ularning arizalari mavjud. Bu huquqbuzarlik hisoblanmaydimi?
Oʻzbekiston agrosektorni rivojlantirish uchun kredit oldi
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasi $46,2 mln miqdorida kredit va $800 ming miqdorida grant taqdim etdi. Mablagʻlardan “Qishloq xoʻjaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun foydalaniladi.
Ikkita xalqaro shartnoma tasdiqlandi
Prezident tomonidan 15 sentyabr kuni tegishli PQ-4826 va PQ-4827-son qarorlar imzolandi.
Paxta teruvchilarga kreditlar uchun $50 mln ajratildi
Prezidentning 15.09.2020 yildagi “Paxta hosili terimini mexanizatsiyalashni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-4828-son qarori qabul qilindi.
Tovarning bojxona qiymatini aniqlashni qanday rejalashtirishmoqda
DBQ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash toʻgʻrisidagi tartib loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Davlat xizmatlari yagona reyestriga oʻzgartirishlar kiritildi
Adliya vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining qoʻshma qarori bilan kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar Reyestrning qariyb barcha boblarini qamrab olgan boʻlib, koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxatini ancha kengaytirgan.
Autsorsing kompaniyasini tanlashda nimalarni inobatga olish lozim
Buxgalteriyani autsorsingga topshirib, hisob va hisobot haqida boshqa qaygʻurmaslik fikri har qanday rahbarning xayoliga bir marta boʻlsa ham kelgan boʻlsa kerak. Autsorser kompaniya har qanday holatda hamma ishni maromida bajarishni zimmasiga oladi, hisob yuritish va soliqlarga oid barcha qoidalar va talablarni bilish – uning vazifasi. Boshqa tomondan, bu unchalik oson ish emas…
Toshkent va Namanganda yangi tuman tashkil etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va parlament quyi palatasining majlislari kun tartibiga fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish va jarima maydonchasi, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyish masalalari kiritildi.
Qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilishiga nimalar ta’sir koʻrsatdi
Matbuot anjumanida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov qayta moliyalashtirish stavkasi pasaytirilishining sabablari haqida gapirib berdi.
Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisida 7 ta qonun koʻrib chiqildi
Ular nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari, xalqaro tijorat arbitraji, narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash, yerdan foydalanish sohalarini tartibga soladi.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida nimalar qilinmoqda
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan oʻtkazilgan brifingda Agentlik direktori oʻrinbosari A’zamjon Qurbonov qanday NHHlar ishlab chiqilayotganligi va qaysilari takomillashtirilishi rejalashtirilayotgani haqida soʻzlab berdi.
Kotibiyat – har bir xalq deputatlari Kengashida
Tegishli 2020 yil 14 sentyabrdagi OʻRQ-636-son Qonun e’lon qilindi.
Buxgalteriya hisobida hujjatlar aylanishi tartibi oʻzgarishi mumkin
Moliya vazirining Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanishi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrugʻi loyihasi muhokama qilish uchun QHTBT portalida joylashtirilgan.
Jismoniy shaxslar nima uchun va qanday qilib oʻz STIR rekvizitlarini kuzatib borishlari lozim
Kadrlar boʻyicha mutaxassislarning mehnat shartnomalarini YaMMTda roʻyxatdan oʻtkazish tajribasidan kelgusida koʻp foyda koʻrish mumkin. STIR rekvizitlariga lozim darajada e’tibor qaratilmasa, u siz uchun ham, ish beruvchi uchun ham bosh ogʻrigʻiga aylanishi mumkin.
Yoshlar ishlari agentligiga vazifalar belgilandi
Ular orasida - yoshlarga oid yagona davlat siyosatini amalga oshirish, yoshlar huquqlarini himoya qilish, yoshlar orasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni bartaraf etish va boshqalar mavjud.
Navoiy IESda uchinchi bugʻ-gaz qurilmasi quriladi
JICA qurilishga 128 246 mln yapon iyenasi miqdorida kredit ajratdi, «Tokyo Electric Power Services» tender hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha konsalting xizmatlari koʻrsatadi.
Yaponiya Oʻzbekistonda 3 ta investitsiya loyihasida ishtirok etadi
Loyihalarning maqsadi - Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini tashkil etish, «Oʻzbektelekom» AKning xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini hamda telekommunikatsiya transport tarmogʻi va ma’lumotlarni uzatish tarmogʻini kengaytirish.
Paxta teruvchilar mehnatiga haq toʻlash kafolatlanadi, texnikani olib kirishga imtiyozlar beriladi
Vazirlar Mahkamasining 8.09.2020 yildagi 545-son qarori bilan 2020 yil paxta hosilini yigʻib-terib olish ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


