MB asosiy stavkani yillik 14%gacha pasaytirdi
Qaror inflyatsiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati bilan izohlanadi.
Boshoqli don yetishtirish bozor mexanizmlariga oʻtadi
Vazirlar Mahkamasining 8.09.2020 yildagi «2021 yilda boshoqli don yetishtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 546-son qarorida shu haqda soʻz yuritilgan.
Korxona tugatilganda mol-mulk qanday tasarruf etiladi
Tashqi yoki ichki qiyinchiliklar biznesning tugatilishiga olib kelishi mumkin. Muassislar ana shunday qarorga kelgan boʻlsalar, korxona aktivlari qanday tasarruf etiladi, degan savol yuzaga keladi.
Toshkent shahrida sovuq suvni oʻchirish muddatlari belgilandi
2020 yilning kuzgi-qishki mavsumiga tayyorgarlik hamda suv quvurlari va suv tarmoqlarida ta’mirlash-profilaktika ishlari olib borilayotganligi sababli suv oʻchiriladi.
Yuridik soha kadrlarini qayta tayyorlash tizimi takomillashtiriladi
Vazirlar Mahkamasining 8.09.2020 yildagi «Yuridik sohaga oid bilim talab etiladigan mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 544-son qarori qabul qilindi.
MHXS asoslariga qanday bepul oʻqish mumkin
Moliya vazirligi Oʻzbekistonda MHXSni joriy etish boʻyicha vakolatli organ etib belgilangan. Malakali mutaxassislar tayyorlash uchun u nimalarni amalga oshirayotganligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan moliya vazirining oʻrinbosari Dilshod Sultonov gapirib beradi.
Gʻalaba bogʻiga chiptalar onlayn sotiladi
“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari qabul qilindi. Ular Prezidentning 9 sentyabrdagi qarorida nazarda tutilgan.
Qishloq xoʻjaligi vazirligiga - qoʻshimcha vazifalar, “Oʻzbekoziqovqatxolding” tugatiladi
Prezident tomonidan 9 sentyabr kuni oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli ta’minlash toʻgʻrisidagi qaror imzolandi.
Iqtisodiyotni tiklash boʻyicha dastur qabul qilindi
U 2020-2021 yillarda amaliy harakatlar rejasi hamda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish chora-tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni oʻz ichiga oladi.
Soliq hisoboti yangi shakllar bilan toʻldiriladi
QHTBT portalida e’lon qilingan DSQ qarori loyihasi bilan DSQning «Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish taklif qilinmoqda.
Yergeodezkadastrdavqoʻm isloh qilinishi munosabati bilan nimalar oʻzgaradi
Davlat kadastrlari palatasi, Respublika aerogeodeziya markazi va Geodeziya nazorati boshqarmasi tashkil etildi. Boshqa oʻzgarishlar kutilmoqda.
Chet ellik tadbirkorlar yagona bazaga kiritiladi
Shuningdek, bazada Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy NNT, advokatlik firmalari, kredit byurolari va xorijiy banklarning vakolatxonalari, tijorat tashkilotlar toʻgʻrisidagi ma’lumotlar boʻladi.
Ekologik ekspertiza qanday oʻtkaziladi
Vazirlar Mahkamasi 7.09.2020 yildagi «Atrof muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 541-son qarorni qabul qildi.
Kadastr pasportini berish tartibi oʻzgartirildi
Vazirlar Mahkamasi kadastr sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning 5 ta ma’muriy reglamentlarini tasdiqladi.
Yunus Rajabiy nomidagi milliy musiqa san’ati institutining vazifalari belgilandi
U maqom ijrochiligi va baxshichilik san’ati boʻyicha mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlaydi.
Kadastr yigʻmajildini tayyorlash va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish – yangi qoidalar boʻyicha
Prezident tomonidan 7 sentyabr kuni yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida Farmon imzolandi.
Direktor jazoga hukm qilingan boʻlsa…
Direktor sud hukmi bilan rahbarlik lavozimini egallash huquqidan mahrum qilingan holda jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topildi. Shu bilan birga u hisob-kitob qilishlarini talab qildi. Bunday vaziyatda buxgalter nima qilishi kerak?
Ikkita qonun bittaga birlashtiriladi
QHTBT portalida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
Bolalar milliy tibbiyot markazi faoliyati yoʻnalishlari belgilandi
Markaz Koreya Respublikasi va iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, uning uchun 280 oʻrinli bino va inshootlar qurib bitkazildi.
Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasining maqomi belgilandi
Uning tuzilmasi, shtati soni tasdiqlandi, raisning vakolatlari, rahbariyatni tayinlash tartibi belgilandi.
Kitob geologiya bogʻiga yer uchastkasi ajratiladi
Shuningdek, «Zinzilban» turistik yoʻnalishidan foydalanish va salohiyatini yorituvchi dasturlar va materiallar ishlab chiqiladi.
Metrologiya: sinov, attestatsiya, qiyoslash, kalibrlash qanday oʻtkaziladi
Oʻlchash vositalarini davlat sinovlaridan, metrologik attestatsiyadan, qiyoslash va kalibrlashdan, shuningdek sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan oʻtkazish qoidalari tasdiqlandi.
Bojxona auditi: kameral va sayyor shaklda
QHTBT portaliga DBQ tomonidan ishlab chiqilgan Bojxona auditini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.
BKMda Oʻzbekiston pavilonini saqlab turish direksiyasi tashkil etildi
Bu Vazirlar Mahkamasining tegishli 2020 yil 29 avgustdagi 527-son qarorida nazarda tutilgan.
Oliy Majlis Senatining VII yalpi majlisi 11 sentyabrda boʻlib oʻtadi
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkaziladigan majlis kun tartibida oltita qonunni koʻrib chiqish boʻladi.
Sud ishini yuritishni raqamlashtirishning ikkinchi bosqichi boshlanadi
2020-2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi qabul qilindi.
Chegarada aniqlangan egasiz ashyolar chegarachilarga topshiriladi
Egasiz ashyolarni aniqlagan Chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bayonnoma rasmiylashtiradi va savdo tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma asosida uni sotadi.
Yaylov bormi – qorakoʻlchilik klasteri tashkil qilinadi
Ular 2021 yil 1 iyulga qadar mayda shoxli nasldor mollarni koʻpaytirish, mol soʻyish, teri va junni qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish uchun tashkil qilinadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


