Madaniy meros agentligining vazifalari belgilandi
Ular orasida – madaniy merosimizning jahon madaniy makoniga integratsiyalashuviga koʻmaklashish va ularni keng ommalashtirish bor.
Dori vositalarining klinik tadqiqotlari qanday oʻtkaziladi
Barcha yangi dori vositalari klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi, bundan Prezidentning PQ-411-son qarori bilan tasdiqlangan roʻyxatda belgilanganlar mustasno.
Pillachilik sohasidagi kasanachilarga imtiyozli qarz ajratiladi
Qarz mablagʻlari yillik 14% stavkada 10 yilga beriladi.
Statsionarlar dori vositalari bilan qanday ta’minlanadi
Shifoxonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlar xaridi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari boʻyicha maxsus vakili lavozimi joriy etilmoqda
1 iyuldan boshlab JST qoida va me’yorlariga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.
Muhim axborot infratuzilma ob’yektlarida kiberxavfsizlik qanday ta’minlanadi
Kiberxavfsizlik sohasidagi xodimlar DXX tomonidan har 3 yilda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
Ekologiya sohasidagi faoliyat transformatsiya qilinadi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari tasdiqlandi, shuningdek Yashil transformatsiya va iqlim oʻzgarishiga moslashish milliy markazi tashkil etiladi.
Ish yili eski va yangi MK davrlarini oʻz ichiga olsa, ta’tilning davomiyligi qanday hisoblanadi
Xodimning ish yili – 2022 yil 1 noyabr – 2023 yil 31 oktyabr. Ishga qabul qilishda unga 15 ish kuni davomiyligida ta’til belgilandi. Yangi Mehnat kodeksi kuchga kirgandan keyin xodim bilan qoʻshimcha kelishuv tuzildi, ta’tilning davomiyligi esa 2023 yil 30 apreldan 21 kalendar kun qilib belgilandi. Xodim iyun oyida ta’tilga chiqadi.
2024 yilda “SBX” obunachilari qanday bonuslar oladilar
“Soliq va bojxona xabarlari” haftaligining qogʻoz shakli bilan ishlashga koʻnikkanlar uchun xushxabar! Bizda 2024 yil uchun obuna boshlandi. An’anaviy tarzda obunachilar oʻzlarining sevimli gazetalariga qoʻshimcha ravishda koʻplab bonuslar oladilar!
Ekologiya normalarini buzganlik uchun jarimalar oshiriladi
Shuningdek, ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, oʻsimlik va hayvonot dunyosi ob’yektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish bilan bogʻliq jinoyatlar ogʻir jinoyatlar toifasiga kiritiladi.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi
Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilandi. Ushbu kunda barcha davlat organlari xayriya tadbirlarini oʻtkazadi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga beriladi
Ta’lim sohasidagi islohotlar doirasida boshlangʻich sinflarda “informatika”, oʻrta sinflarda esa moliyaviy savodxonlikni oshirish fanlari kiritiladi.
Bemor statsionarga qanday dori vositalarini oʻzi bilan olib kelishi mumkin
Alohida holatlarda tibbiyot muassasasida bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Advokatlik guvohnomalarining yangi namunasi tasdiqlandi
Avvalgi namunadagi guvohnomalar yangi, maxsus QR-kodli guvohnomalarga bepul almashtiriladi .
Yer fondi toifalarini oʻzgartirish boʻyicha komissiyaning vazifalari nimadan iborat
Hukumat komissiyasi tuman (shahar) hokimliklari tomonidan kiritilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlarining ep fondi toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadi.
Barqaror turmush tarzini targʻib qilish milliy dasturi ishlab chiqildi
Loyiha Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Alkogol mahsulotlari uchun eng kam narxlar oʻzgartirilmoqda
Eng kam ulgurji-sotish narxlari oʻrtacha 20 %ga, chakana narxlar 16 % ga oshmoqda
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 1 iyunda boʻlib oʻtadi
Majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda oʻtkaziladi, bir qator qonunlarni muhokama qilish rejalashtirilmoqda, ular orasida “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonunlar va boshqalar bor.
Profilaktik hisobda turgan shaxslar doirasini qisqartirish rejalashtirilmoqda
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Yoqilgʻi-energetika sohasida raqamli nazorat joriy etiladi
Elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar bergan shaxslar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.
Aholi va biznesdan 50 ga yaqin ma’lumotnomalarni talab qilish bekor qilinadi
Prezident qarori bilan raqamli xizmatlar koʻlamini kengaytirish choralari belgilanmoqda.
AKT sohasida ma’muriy islohot davom etadi
Kelgusi yilning boshidan Raqamli texnologiyalar vazirligining aloqa sohasidagi funksiyalarining bir qismi xususiy sektorga oʻtkaziladi.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida DXSh asosida 13 ta maktab quriladi
Davlat sherigi etib Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi belgilandi, xususiy sherik xalqaro tender natijalari boʻyicha aniqlanadi.
1 Iyundan qanday oʻzgarishlar boʻladi
Norma.uz portali 2023 yil 1 iyundan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlangan joylar roʻyxati tasdiqlanmoqda
Shuningdek, alkogol va tamaki mahsulotlariga oʻrnatilgan boshqa talablar tasdiqlanmoqda.
Yangi MK boʻyicha ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni qanday taqdim qilish kerak
Ish haqi saqlanmaydigan ta’tilning oʻziga xos xususiyatlari qanday? Uning maksimal davomiyligini qanday toʻgʻri aniqlash kerak, bu nimaga bogʻliq? Ish beruvchi qaysi xodimlarga ularning iltimosiga koʻra bunday ta’tilni taqdim etishi shart va u ish stajiga kiritiladimi?
Markaziy Osiyoda xalqaro savdo uchun tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar berilmoqda
17 may kuni Xalqaro savdo markazi (XSM), BMT va JST qoʻshma agentligi Olmaota shahridagi (Qozogʻiston) matbuot anjumani davomida Yevropa Ittifoqi moliyalashtiradigan «Ready4Trade Markaziy Osiyo» loyihasi natijalarini taqdim qildi.
Davlat organlari rahbarlari ATga oʻqitiladi
2023 yil 1 avgustdan boshlab Davlat boshqaruvi akademiyasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish boʻyicha birinchi kurs boshlanadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


