Vazirlar Mahkamasi huzurida institut va oliy maktab tashkil etildi
Oliy maktab tarkibiga Biznes inkubator va startap loyihalar bilan ishlash markazi kiradi.
Insofsiz ijrochilarni davlat xaridlaridan 2 yilga chetlashtirish rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirining “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
“Suv hisobi” suvni hisobga olish axborot tizimi yaratiladi
Tizim suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari oʻrtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni elektron shaklda toʻldirish imkonini beradi.
Gidroenergetika sohasi isloh qilinadi
2030 yilga qadar gidroenergetikaning umumiy quvvati 4 999 MVtga yetkaziladi, shu jumladan qoʻshimcha 2 311 MVt hamda xususiy investorlar ishtirokida 615 MVt quvvatlarni yaratish nazarda tutilgan.
«Oʻzbekiston binolari uchun toza energiya» loyihasiga – $ 175,6 mln
Shundan 143 mln AQSh dollari qarz mablagʻlari tashkil etadi.
Mehnat shartnomasini qanday «boshqa sabablar»ga koʻra asosli bekor qilish mumkin
Yangi Mehnat kodeksining 161-modda 6-bandining ma’nosini tushuntiring – «Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilish»: «quyidagi sabablardan (asoslardan) birining mavjudligi mehnat shartnomasini bekor qilishning asoslanganligini bildiradi: amaldagi Kodeks va boshqa qonunlar bilan belgilangan boshqa sabablar (asoslar)». Mazkur Kodeks bilan belgilangan «boshqa sabablarga (asoslarga) nimalar kiradi?.
Qisqartirish jarayonida xodimlar manfaati qanday himoyalanadi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi ish beruvchilarga tavsiya etadi: 1) qisqartirishga tushadigan xodimlarga boshqa ishga joylashgunlariga qadar mehnat faoliyatlarini davom ettirishlariga ruxsat berish; 2) bu paytga qadar mehnat shartnomalarini MKning tegishli moddasiga koʻra bekor qilmaslik.
2021–2022 yillar uchun 2023 yilda beriladigan ta’til qisqartiriladimi
Byudjet tashkilotining xodimi 2023 yil aprel oyida ishlab berilgan oʻtgan davr uchun (2021 yil oktyabrdan 2022 yil oktyabrgacha) mehnat ta’tiliga chiqmoqda. Ish beruvchi 2022 yilda amal qilgan 20.12.2021 yildagi PF-35-son farmonga koʻra ta’til kunlarini 5 kunga qisqartirishni talab qilmoqda. Bu toʻgʻrimi?
1 apreldan nimalar oʻzgaradi
Norma.uz portali 2023 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
"Mehrli maktab"ning filiallari tashkil etiladi
Ular gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, boshqa statsionar va uzoq muddatli ambulator davolanishda boʻlgan bolalar davolanayotgan davlat tibbiyot muassasalarida ochiladi.
Qishloq xoʻjaligi texnikalarini xarid qilish uchun 2 trln soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltiriladi
$59 mln texnika xaridi uchun 10 foiz stavkada 10 yilga kredit ajratish uchun yoʻnaltiriladi.
Savdo qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni yumshatish rejalashtirilmoqda
“Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik ma’muriy yurisdiksiyaga oʻtkazilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Davlat mulki hisobini yuritish takomillashtiriladi
Davlat ishtirokidagi korxonalarning rahbariyatini tayinlash tanlov asosida amalga oshiriladi.
Pedagoglar faoliyatiga aralashganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda
Shuningdek pedagog xodimlarni mehnatga ma’muriy tarzda majburlaganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik oʻrnatilmoqda.
Tibbiyot xodimlarining faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda
Faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik uchun jarima yoki ma’muriy qamoq qoʻllaniladigan kasblar (prokuror, notarius, advokat, pedagog va boshqalar) roʻyxatiga tibbiyot xodimlari ham kiritildi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish yangi bosqichga chiqmoqda
Ommaviy savdolar orqali sotiladigan aksiya paketlari, korxonalar va koʻchmas mulk ob’yektlari roʻyxatlari tasdiqlandi.
1 apreldan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi
Prezident tomonidan “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.
Yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi qanoatlantirildi
Yakka tartibdagi tadbirkorning Urganch shahar DSI xodimlari tomonidan oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvidan norozi boʻlib yozgan murojaati Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan oʻrganib chiqildi.
YPX xodimlari narkotesterdan foydalanadilar
Haydovchilar maxsus moslama yordamida tekshiriladi.
Telekommunikatsiya vositalarini joylashtirish uchun ijara shartnomalarini rasmiylashtirishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Ma’muriy reglament 1 iyundan boshlab amalga kiritiladi.
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan kompensatsiya va kafillik taqdim etish shartlari oʻzgarmoqda
Fargʻona viloyatining Soʻx tumanidagi tadbirkorlarga kompensatsiya taqdim etishning alohida tartibi belgilanmoqda.
Ogohlantirish muddati oʻtish davriga toʻgʻri kelsa, ishdan boʻshatish nafaqasi qaysi kodeks boʻyicha toʻlanadi
Xodimga 2023 yil 10 mart kuni «qisqartirish» munosabati bilan ishdan boʻshatish toʻgʻrisida ogohlantirish berildi. Ogohlantirish muddati 10 may kuni tugaydi. Bu paytda allaqachon xodimning ish stajidan kelib chiqib ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlashda yangi yondashuvni oʻrnatadigan yangi Mehnat kodeksi amal qiladi.
Ayrim iste’mol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkasining qoʻllanilishi uzaytirildi
2024 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladigan tovarlar roʻyxati tasdiqlandi.
Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilinadi
Jinoyat kodeksiga muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish toʻgʻrisida oʻzgartirishlar kiritildi, shuningdek intizomiy jazo choralari oʻzgartirildi.
Onlayn-auksion orqali yer uchastkasi sotib olgan nogironligi boʻlgan shaxslarga harajatlarning bir qismi qoplab beriladi
Bir marotabalik toʻlov miqdori BHMning 100 baravarigacha tashkil etishi mumkin.
Majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar roʻyxati kengaytirildi
25 yil ish stajiga ega boʻlgan pedagog xodimlar attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Jamoat transportida brutto-shartnoma tizimi tartibi belgilanmoqda
Yoʻnalishlarni tashuvchilarga biriktirish tender asosida amalga oshiriladi.
Nogironligi bor voyaga yetmagan shaxslarga nafaqalar tayinlash uchun murojaat etish talab etilmaydi
Nafaqalar Pensiya jamgʻarmasi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


