2022–2024 yillarda investitsiyalar borasida nimalar rejalashtirilmoqda
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2022 – 2024 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Tibbiy-ijtimoiy muassasalar: faoliyat yuritish tartibi
«Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari, tegishli sanatoriylar va pansionatlar tibbiy-ijtimoiy muassasalar hisoblanadi.
Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni qanday aniqlash mumkin
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun takliflarni taqdim etish, loyihani amalga oshirish boʻyicha eng yaxshi taklifni koʻrib chiqish, investitsiya majburiyatlari ijrosini monitoring qilish tartibi va boshqalar nazarda tutilgan Ma’muriy reglament tasdiqlandi.
1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi
norma.uz portali 2021 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.
Issiqlik ta’minoti tizimi modernizatsiya qilinadi
OTB xulosasiga binoan Fransiyaning Veolia Central & Eastern Europe kompaniyasi loyihasi Toshkent shahri issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish boʻyicha eng samarali loyiha deb e’tirof etildi.
Tashabbusli byudjetlashtirish natijalari boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi
Fuqarolarning ushbu jarayoniga jalb etilishi darajasi boʻyicha hududlar reytingi joriy etiladi.
Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish uchun - $30 mln
Mablagʻlarni Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ajratadi. Ularni Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi oʻzlashtiradi.
Umumiy ovqatlanish va savdo ob’yektlari uchun tungi vaqtda xavfsizlik ta’minlanadi
IIV, Milliy gvardiya, FVV tomonidan yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida savdo va koʻngilochar markazlarida qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi.
Xususiy sektor mahallalarda jamoat tartibini saqlaydi
2021 yil 1 oktyabrdan 2022 yil 1 oktyabrga qadar jamoatchilik nazorati maskanlari negizida elektron kuzatuv maskanlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkaziladi.
Suv xoʻjaligi vazirligining vazifalari belgilandi
Suv xoʻjaligi sohasida bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Yolgʻiz ayollarga oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olishlari uchun kontrakt puli toʻlab beriladi
Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili oʻqishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda tahsil olayotgan 75 nafar, jami 100 nafar xotin-qizlar uchun kontrakt summasini oʻqish yakunlanguniga qadar toʻlab beradi.
Oʻqituvchilar qanday attestatsiyadan oʻtkaziladi
Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
subsidiya.mf.uz elektron platformasi yaratildi
U davlat byudjetidan toʻlanadigan subsidiyalar, kompensatsiyalar va boshqa imtiyozlarni ajratishning oshkoraligini ta’minlash, mazkur jarayonda byurokratiya va korrupsiya holatlarining oldini olishga yoʻnaltirilgan.
Shaharsozlik va loyiha hujjatlari ekspertizadan oʻtkaziladi
Ikki qavatdan yuqori boʻlmagan (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlmagan yakka tartibdagi uy-joylar va boshqalar undan oʻtkazilmaydi.
Esdalik pul belgilarini qanday xarid qilish mumkin
MBning rasmiy veb-saytida muomalaga chiqariladigan esdalik pul belgilarini sotadigan va qaytarib xarid qilib oladigan MBning hududiy bosh boshqarmalari va tijorat bank filiallari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar e’lon qilinib boriladi.
ITB va OPEK qishloq joylarni rivojlantirishni moliyalashtiradi
Mablagʻlar qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini yangilash, yoʻl-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etishga yoʻnaltiriladi.
Hamshira oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlishi mumkin
2021 yil 1 iyuldan boshlab oʻrta tibbiyot xodimlariga oʻzini oʻzi band qilgan holda mustaqil “hamshiralik ishi” bilan shugʻullanishga ruxsat berildi.
Metall prokati sifati boʻyicha talablar oshirildi
Qurilish uchun moʻljallangan metall prokati ishlab chiqarishda sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha komissiya tashkil etiladi. Faqat uning xulosasidan keyin qurilish uchun metall buyumlarini ishlab chiqarish mumkin.
Fuqarolik protsessiga soddalashtirilgan ish yuritish tartibi joriy etiladi
Sudga murojaat qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Agrosanoat qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxiralari va ularning narxlari boʻyicha portalni ishga tushiradi
Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yoʻqotishlarini qisqartirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Umumiy mehnat bozori shakllantiriladi
MDH ishtirokchi davlatlarining aholi bandligiga koʻmaklashish sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi xalqaro bitim tasdiqlandi.
NKMK oltin ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksini quradi
Kompleks "Pistali" konida barpo etiladi, u yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib oladi va qayta ishlaydi.
Ma’muriy va soliq yuki kamaytirildi
Qat’iy belgilangan miqdordagi JShDS toʻlovchisi boʻlgan YaTTlar tomonidan soliq organlariga soliq hisobotini topshirish majburiyati, shuningdek davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bir qator nazorat funksiyalari bekor qilinadi.
Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritildi
Kodeksda turoperatorlar, turagentlar va turizm sohasida mehmonxona xizmatlari koʻrsatuvchi sub’yektlarga imtiyozlar belgilandi.
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi joriy etiladi
Alohida hududlarga quyidagilar kiradi: Fargʻona viloyatining Soʻx tumani, Rishton tumanining Choʻngʻara mahallasi, shuningdek Fargʻona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari va Hosilot mahallasining Toshtepa - 2 koʻchasi.
MIZ ishtirokchilari uchun amaldagi va yangi soliq imtiyozlari haqida
Prezidentning “Maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) ishtirokchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori chiqdi.
DXX organlari xodimlari kunining yangi sanasi belgilandi
Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni 26 sentyabrga koʻchirildi.
Shartnomalarni tuzish tartibi soddalashtirildi
Shartnomaviy munosabatlarni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilindi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


