Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlash ID-kartalarga asosan ham amalga oshiriladi.
Xodimni ishdan boʻshatishda kompensatsiya toʻlash tartibi oʻzgartirildi
Xususan, mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtiladigan muddat uzaytirildi.
Turizm va sport vazirligi tashkil etildi
Vazirlik turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi shtatini kengaytiradi
Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni ikki baravarga koʻpaytiriladi.
Oʻzbekiston innovatsion tizimini modernizatsiya qilishga – $50 mln
Mablagʻlar Jahon banki tomonidan ajratiladi, ular biotexnologiyalarni rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga oid loyihalarni amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.
Davlat xizmatlari agentligi huzurida Axborot xizmatlarini rivojlantirish markazi tashkil etiladi
Uning vazifalari jumlasiga aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga huquqiy masalalar boʻyicha bepul maslahat va tushuntirishlar berish, aholini qonunchilik hujjatlari toʻgʻrisidagi axborot bilan ta’minlash ham kiritildi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatida yoʻqotilgan hujjatlarning dublikatlarini berishda haq undirilmaydi
Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun undiriladigan toʻlovlarning maksimal miqdorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish maqsadida qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi
Xususan, tuman va shahar ichki ishlar organlari tarkibida voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar lavozimi joriy etiladi va ular umumiy oʻrta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritadi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati isloh qilinadi
«Navoiy KMK» DKning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga oʻtkaziladi.
Davlat organlari shtat birliklari qisqartiriladi
Bunday chora-tadbirlar tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlari joriy etilishi orqali davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini oshirishga qaratilgan.
7 794 ta qishloq va mahallalarda obodonlashtirish ishlari olib boriladi
Prezident tomonidan «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaror imzolandi.
«Asaka siti»ni obodonlashtirish ishlari bilan «Avtosanoat-Injiniring» shugʻullanadi
Andijon viloyati Asaka tumani «Chek» mahalla fuqarolar yigʻini hududida «Asaka city» majmuasi barpo etish uchun 53,3 gektar yer maydoni tanlandi.
«Tomorqa xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Qonunda shaxsiy tomorqa yer uchastkalaridan tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun foydalanuvchi shaxslarning huquqlari va majburiyatlari, shuningdek tomorqa xoʻjaliklarini yuritishni tashkil etish va ularni rivojlantirish sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi organlarning vakolatlari belgilangan.
1 apreldan ijro intizomi yangi tartib boʻyicha nazorat qilinadi
Davlat boshqaruvchi organlari, xoʻjalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning ijro intizomiga mas’ul tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash va faoliyat yuritish tartibi tasdiqlandi.
Ayrim idoraviy NHHlar davlat reyestridan chiqariladi
Qirq toʻrtta normativ-huquqiy hujjat Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqariladi.
NHH loyihalari va qabul qilingan NHHlarning tartibga solish ta’sirini baholash uslubiyoti tasdiqlandi
Tartibga solish ta’sirini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi: «ex-ante» va «ex-post».
«Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Qonunda dehqon xoʻjaliklariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki ijara (ikkilamchi ijara) huquqi asosida dehqon xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalari berilishi, shuningdek ularga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining minimal va maksimal hajmlari (0,06 gektardan 10 gektargacha) belgilandi.
Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi
Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-2022 yillardagi ustuvor faoliyat yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar dasturi hamda faoliyati natijadorligini baholash koʻrsatkichlari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda innovatsion hududga aylantirilayotgan tumanlar roʻyxati tasdiqlandi.
ITSV huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining vazifalari belgilandi
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, unda Agentlikning asosiy vazifalari va funksiyalari belgilandi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar soni 75 foizga qisqartiriladi
2021–2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar tasdiqlandi.
2021 yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish koʻrsatkichlari belgilandi
2021 yilda mineral oʻgʻitlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansining yigʻma va maqsadli prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi, shuningdek ularni ishlab chiqaruvchi tashkilotlar tomonidan sotish tartibi belgilandi.
Prezidentni internetda haqoratlaganlik hamda ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Internet tarmogʻida Prezidentni haqoratlash va unga tuhmat qilish 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi, ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zoʻravonlik qilishga omma oldida da’vat qilganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Patent vakilligiga nomzodlarni hamda patent vakillarini attestatsiyadan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritildi
Xususan, patent vakilligiga nomzod va patent vakili tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatiga oʻzgartirishlar kiritildi, savollarga javoblarni tayyorlash uchun ajratiladigan vaqt belgilandi.
Eksport qiluvchilarning chet eldagi ayrim xarajatlari kompensatsiya qilinadi
Eksport qiluvchilarning savdo uylarini ochish va saqlash, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga olish, shu bilan birga reklama kampaniyalarini tashkil qilish bilan bogʻliq chet eldagi xarajatlari Eksportni ragʻbatlantirish agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
JICA kreditlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi
Ikkala loyiha doirasida respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining kreditlari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishning prognoz koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
«Toʻpolang» suv omboridan xavfsiz va samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari qabul qilindi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi «Toʻpolang» suv ombori «Oʻzbekgidroenergo» AJga beriladi.
TIVning konsullik xarajatlarini qoplash tartibi oʻzgartirildi
TIV va Moliya vazirligining qarori bilan yangi tahrirdagi Konsullik harakatlarini bajarish bilan bogʻliq haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirish va kelib tushgan pul mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Professional ta’lim dual ta’limga oʻtkaziladi
Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi, ushbu Nizom 2021/2022 oʻquv yilidan joriy qilinadi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


