Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
31.03.21

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga – imtiyozli kreditlar

Fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlariga «Agrobank» ATB, AT «Xalk banki» va «Mikrokreditbank» ATBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, imtiyozli kredit olish boʻyicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi. Kredit olish uchun arizalar Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi.

31.03.21

Qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestri joriy etiladi

Ekishga tavsiya qilingan qishloq xoʻjaligi ekinlari davlat reyestri Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi tomonidan yuritiladi.

31.03.21

Ichki ishlar organlari faoliyatiga yangi mexanizmlar joriy qilinadi

Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida mahalla huquq-tartibot maskanlari tashkil etiladi. Profilaktika inspektoriga masofadan turib murojaat yuborish uchun «Smart mahalla» tizimi joriy qilinadi. IIV tuzilmasida beshta yangi departament tashkil etiladi.

30.03.21

«Oʻzsanoatqurilishbank» XMK ishtirokida transformatsiya qilinadi

«Oʻzsanoatqurilishbank» ATB faoliyati xususiylashtirishni davom ettirish maqsadida transformatsiya qilinadi. Bank faoliyatiga xos boʻlmagan aktivlarni sotadi, kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil a’zolarni kiritadi, shuningdek XMK kredit liniyasini jalb qiladi.

30.03.21

Aeroportlar DXSh asosida rekonstruksiya va modernizatsiya qilinadi

Respublika aeroportlarini rekonstruksiya, modernizatsiya, ekspluatatsiya qilish va boshqarish loyihalarini amalga oshiradigan xususiy kompaniyalarga bir qator imtiyozlar beriladi.

29.03.21

Ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi darajaga olib chiqish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi

Barcha tuman va shaharlarda «Ma’naviyat va ma’rifat maskani» tashkil etiladi, oliy ta’lim tizimiga «Ma’naviyatshunoslik» va «Kasbiy ma’naviyat» fanlari kiritiladi, ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tashkil etiladi.

29.03.21

Yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlarini undirish tartibi tasdiqlandi

Tartibda tovarlar va transport vositalarini belgilangan joylardan tashqarida va ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilishi nazarda tutilgan.

29.03.21

Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritiladi

Tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar Markaziy bankning qarorida keltirilgan.

27.03.21

Asosiy dori vositalari roʻyxati tasdiqlandi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan asosiy dori vositalari roʻyxati e’lon qilindi.

27.03.21

«Yoshlik-I» konini oʻzlashtirish» investitsiya loyihasini amalga oshirishga oʻzgartirishlar kiritildi

Oʻzgartirishlar «Olmaliq KMK» AJning «Yoshlik-I» konini oʻzlashtirish» investitsiya loyihasining samaradorligini oshirish hamda pudratchi tanlovida shaffof mexanizmdan foydalanish orqali uning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini maqbullashtirish maqsadida qabul qilingan.

27.03.21

1 apreldan nimalar oʻzgaradi

norma.uz portali 2021 yil 1 apreldan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

26.03.21

Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilinadi

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etiladi, davlat tomonidan koʻrsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha «yoʻl xaritalari» tasdiqlandi.

26.03.21

Qashqadaryo viloyatidagi yer maydonlaridan samarali foydalanish koʻrsatkichlari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2021−2022 yillarda Qashqadaryo viloyati hududlaridagi yerlarni oʻzlashtirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashtirish parametrlari tasdiqlandi.

26.03.21

Yangi agentlikning tuzilmasi tasdiqlandi

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi, shuningdek uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari belgilandi.

25.03.21

Kulolchilikni rivojlantirishga imtiyozli kreditlar, subsidiyalar va soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Ular jumlasiga «Usta-shogird» an’analari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan kulollarga shogirdlar tayyorlashiga subsidiyalar ajratilishi, turar joy sotib olish uchun ipoteka kreditlari ajratilishi, yangidan tashkil etiladigan kulolchilik markazlaridagi turar va noturar joylar uchun mol-mulk va yer soligʻi stavkalari kamaytirilishi va boshqa chora-tadbirlar kiritilgan.

25.03.21

Mamlakatimiz fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibiga oʻzgartirishlar kiritildi

Oʻzgartirishlar Mudofaa vazirligi harbiy okruglarining jangovar tarkibini yanada takomillashtirish, shuningdek byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida qabul qilindi.

25.03.21

Byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi

Prezident tomonidan byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha Farmon imzolandi, unga muvofiq bir qator hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish bekor qilinadi, 16 yoshga toʻlgan shaxslarga identifikatsiya ID-kartalari berish tizimi joriy etiladi, JShShIR davlat xizmatlarini koʻrsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.

24.03.21

«Yosh fiziklar portali» ishga tushiriladi

Prezidentning qarori bilan Fizika fanlari boʻyicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

24.03.21

Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili lavozimi joriy qilindi

Doimiy vakilning vazifalari jumlasiga OQXJ organlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish ham kiritilgan.

24.03.21

Alkogol mahsulotlari uchun eng kam narxlar oshirildi

20 martdan boshlab alkogol mahsulotlari uchun narxlar oshirildi.

24.03.21

Suv xoʻjaligi vazirligi tizimida kadrlarni oʻqitish uchun hududiy markazlar tashkil etiladi

TIQXMMI huzuridagi Oʻquv markazida va uning hududlardagi filiallarida suv xoʻjaligi sohasi mutaxassislari va rahbar kadrlarining malakasi oshiriladi.

22.03.21

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida yangi boshqarmalar tashkil etildi

Prezidentning qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tuzilmasida Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish boshqarmasi tashkil etiladi hamda vazir oʻrinbosari lavozimi joriy qilinadi.

22.03.21

Bojxona tizimida tovarlarni tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini oʻtkazish tartibini jahon standartlariga moslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan Bojxona tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

22.03.21

Bektemir tumanini kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

2021-2022 yillarda Toshkent shahri Bektemir tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Maqsad – mehnat resurslari va mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, infratuzilmani yanada yaxshilash.

19.03.21

Ikkita pedagogika institutining vazifalari belgilandi

Termiz va Qarshi davlat universitetlari negizida tashkil etilgan ikkita pedagogika institutining vazifalari, maqomi va talablarni oʻqishga qabul qilish tartibi belgilandi.

19.03.21

Mahkum shaxslarni saqlash sharoitlari yaxshilanadi

Jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va boshqa buyumlar bilan ta’minlash me’yorlari qabul qilindi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.

Tek­shi­ruv­lar oʻrni­ga yongʻin audi­ti: sav­do mar­kaz­la­ri va bo­zor­lar yongʻin­dan sugʻur­ta­la­na­di

Yongʻin auditining ijobiy xulosasi ob’yektni bir yil davomida FVVning rejali tekshiruvlaridan ozod qiladi. Bozorlar, savdo va savdo-koʻngilochar markazlari yongʻindan sugʻurtalanishi shart boʻladi, yongʻin tufayli yetkazilgan zarar uchun aybdor shaxs BHMning 3000 baravarigacha tovon toʻlashi mumkin.

Ta’­lim va ilm-fan va­zir­li­gi fa­oliyati­ning aso­siy yoʻna­lish­la­ri bel­gi­lan­di

Vazirlik uzluksiz ta’limning barcha bosqichlarini muvofiqlashtiradi, ilm-fan va oliy ta’lim integratsiyasini rivojlantiradi, shuningdek, ta’lim sifatini baholashning raqamli vositalarini joriy etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun yangi tuzilmalar tashkil etilishi nazarda tutilgan.

1 no­yab­rdan ni­ma­lar oʻzga­ra­di

Norma.uz portali 2026 yil 1 noyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.