Qurolli Kuchlarda tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatga chaqirish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.
NNTlarning doimiy vakili instituti joriy etiladi
2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Monopoliyaga qarshi komplayens tizimida faoliyat qanday amalga oshiriladi
Tizim faoliyati raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablarining buzilish xavfining oldini olish va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishni ta’minlashga qaratilgan.
Chet el fuqarolarining huquqlari, transport va qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalari
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida ushbu sohalarni tartibga soladigan hujjatlarning loyihalari muhokama qilindi.
Avtomobil yoʻllari boʻyida AYoQSh qurishga ruxsatnomani qanday olish mumkin
Avtomobil yoʻllarini, yoʻl inshootlarini, temir yoʻl kesishmalarini, avtomobil yoʻllari va koʻchalar boʻyida joylashgan AYoQS, AGTKS va AGQSni qurish loyihalarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish reglamenti tasdiqlandi.
Abu Muin Nasafiy majmuasi direksiyasi tashkil etiladi
Majmua Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida joylashtiriladi, direksiya maqsadi alloma merosini oʻrganish va keng targʻib etish, majmua boshqaruvini tashkil etish va yaxshilashdan iborat.
NNTlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi chora-tadbirlar tasdiqlandi
Ushbu chora-tadbirlar ularning faoliyati erkinligini ta’minlash, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.
Chorvachilik tarmoqlariga qoʻshimcha imtiyozlar beriladi
Shuningdek QQS toʻlovchisi boʻlgan chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik xoʻjaliklariga subsidiyalar ajratiladi.
Qashqadaryoda turizmni rivojlantirishga 200 mlrd soʻm ajratiladi
Mablagʻlar turizm salohiyatiga ega hududlarning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, oilaviy mehmon uylarini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini subsidiyalash va boshqalarga sarflanadi.
Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar qanday qoʻllab-quvvatlanadi
Ularga elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarining 50%ini qoplashga subsidiyalar taqdim etiladi.
Texnik tartibga solish sohasidagi NHHlar tizimlashtiriladi
Bu ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni bartaraf etish, eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatiga nisbatan tartibga solish yukini kamaytirishga qaratilgan.
Oʻzbekiston migrantlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida Qozogʻiston bilan tuzilgan bitimni tasdiqladi
Bitim ikki davlat hududida migratsiya jarayonlarini tartibga solish hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan.
Jismoniy shaxslarning me’yordan ortiqcha tovarlari vaqtincha saqlashga joylashtiriladi
Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarida olib kirilayotgan belgilangan me’yorlardan ortiq boʻlgan tovarlarga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Kimlar bojxona auditidan oʻtkaziladi
Bojxona auditi tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi muddati tugagan paytdan e’tiboran 3 yil davomida amalga oshirilishi mumkin.
Turizmni rivojlantirish uchun subsidiyalar taqdim etish tartibi belgilandi
Mahalliy aviaqatnovlarda aviachiptalar 25% chegirma bilan sotiladi, turoperatorlar orqali xarid qilingan temiryoʻl chiptalari narxi yana 15%ga pasaytiriladi, umumiy chegirma summasi 40%ni tashkil etadi.
Sud binolari qaytadan quriladi
Respublika boʻyicha jami 31 ta ob’yektni qurish va 107 ta ob’yektni rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Qurilish markazlashtirilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Qishloq xoʻjaligi boʻyicha statistika ma’lumotlari bazasi kengaytiriladi
Bazaga qishloq xoʻjaligi ob’yektlarining iqtisodiy faoliyat turlari, mehnat resurslari va ularning demografik tavsiflari, qishloq xoʻjaligi ekinlari maydoni, issiqxonalar maydoni va boshqalar kabi koʻrsatkichlar kiritiladi.
Oʻqituvchilar uzluksiz malakasini oshiradilar
Ularga kasbiy ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan malaka oshirish shakllarini mustaqil tanlash va oʻzlashtirish imkoniyati taqdim etiladi.
Yangi Shaharsozlik kodeksi qabul qilindi
Kodeksning yangi tahriri qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish maqsadida qabul qilingan.
XTV huzuridagi Ta’lim markazining vazifalari belgilandi
Ular jumlasiga ta’limning davlat ta’lim standartlarini, tayanch va variativ oʻquv rejalari hamda umumiy oʻrta ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, darsliklar va oʻqituvchilar uchun oʻquv qoʻllanmalarni tuzuvchilarni tanlash ham kiritilgan.
Professional ta’limda asbob-uskunalardan foydalanishda nazorat oʻrnatiladi
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmatining vazifalari kengaytirildi.
Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash kengaytiriladi
Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi. Asosiy chora-tadbirlar belgilandi
Xususan, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida respublikaning barcha tumanlarining hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtiriladi.
NHHni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibi oʻzgartirildi
Xususan, endi bunday ekspertizani oʻtkazishga jamoatchilik keng jalb qilinadi.
JKda nimalar oʻzgartirilmoqda
«Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi Qonun (yangi tahriri) loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Suv xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi
U suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini oʻz ichiga oladi.
Buxoro viloyatida ikkita shamol elektr stansiyalari quriladi
Loyihalar «International Company for water and power projects» (Saudiya Arabistoni) kompaniyasining investitsiyaviy qoʻllab-quvvatlashida amalga oshiriladi.
Mahsulotlarni sertifikatlash. Qanday amalga oshiriladi
Organik qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlandi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


