Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
11.11.20

Ilmiy kadrlarni tayyorlash – elektron tizim asosida

Barcha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari yagona elektron tizimga kiritiladi, uning yordamida ularning samaradorligi monitoringini olib borish mumkin.

11.11.20

Qurol: qoʻshimcha taqiqlar va sanksiyalar joriy etildi

«Qurol toʻgʻrisida»gi Qonunga, MJTK va JKga jamoat xavfsizligini ta’minlashga oid bir qator tuzatishlar kiritildi.

11.11.20

Kurash yangi xalqaro darajaga olib chiqiladi

Prezidentning 4.11.2020 yildagi «Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4881-son qarori qabul qilindi.

11.11.20

Loyiha va qurilish tashkilotlariga reyting joriy qilinadi

Bu ularning samaradorligini oshirish, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish va qurilish-montaj ishlari sifatini yaxshilash imkonini beradi.

11.11.20

Sogʻlom ovqatlanish: bu yoʻnalishda nima kutilmoqda

Prezidentning 10.11.2020 yildagi “Aholining sogʻlom ovqatlanishini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.

11.11.20

Soliq kodeksiga tuzatishlar kiritildi

Prezident tomonidan ayrim qonun hujjatlariga kiritiladigan tuzatishlar toʻplami imzolandi.

11.11.20

Imom Moturidiy ITMning ishlash tartibi belgilandi

Markaz buyuk ajdodlarimizdan qolgan yozma manbalar boʻyicha maqsadli ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun turli fondlarda saqlanayotgan qoʻlyozma manbalarning nusxalari bilan ta’minlanadi.

10.11.20

Ta’mirlash ishlari tufayli ijara haqlarini qanday qilib toʻgʻri kamaytirish mumkin?

Siz ijaraga olgan ofis ta’mirlanishi kerak. Shu sababli ijara haqini kamaytirish mumkinmi va buni qanday amalga oshirish kerak?

10.11.20

Ta’lim, tarbiya va ilm-fan qanday rivojlantiriladi

Bu haqda Prezidentning 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son Farmonida soʻz boradi.

10.11.20

«Chiroyli» avtoraqamlar berish tartibi oʻzgartirildi

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

10.11.20

Tovarlar shartli chiqarib yuborilganda – toʻliq boʻlmagan BYuD

Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Tuzatishlar 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

10.11.20 NHH loyihalari
10.11.20

Avtomobilga egalik qilish uchun yigʻim joriy etilishi mumkin

Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi, u bilan avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmalari faoliyatini tartibga soluvchi qator hujjatlar tasdiqlanadi.

09.11.20

TDYuUda baholash – yangi tizim boʻyicha

Oliy oʻquv yurtida talabaning har bir modul boʻyicha oʻzlashtirish darajasini baholash uchun Yevropa kredit transfer tizimi (ECTS) joriy etiladi.

09.11.20

«Inson huquqlari himoyasi uchun» koʻkrak nishoni ta’sis etildi

U Oʻzbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, inson huquqlari madaniyatini oshirish hamda sohani rivojlantirish ishlariga munosib hissa qoʻshganlik uchun beriladi.

09.11.20

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlash tartibi belgilandi

U bilan matematika sohasida fundamental va amaliy ilmiy izlanishlar natijalariga koʻra amaliyotdagi bitta yoki bir nechta muayyan muammoning yechimi uchun taqdirlanadilar.

09.11.20

Sport sohasida yangi muassasalar tashkil etildi

Bular Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutidir.

09.11.20

Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish takomillashtiriladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldiga telekommunikatsiya tarmoqlarini markazlashtirilgan boshqarish rejimiga oʻtkazish vazifasi qoʻyildi.

09.11.20

«Elektron hukumat»ning identifikatsiyalash tizimi modernizatsiya qilinadi

Chora-tadbirlar davlat organlari, banklar, moliya hamda boshqa sub’yektlar tomonidan elektron xizmatlar koʻrsatish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarni masofaviy identifikatsiyalash imkoniyatini yaratishga qaratilgan.

09.11.20

Milliy venchur fondi tashkil etiladi

U yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy shaxslar bilan sheriklikda venchur loyihalarni moliyalashtiradi.

06.11.20

Seysmologiya sohasi maxsus jamgʻarma tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

U tadqiqot ishlarini, kadrlarni tayyorlashni, ilmiy laboratoriyalarni zarur asbob-uskunalar bilan jihozlashni va boshqalarni moliyalashtiradi.

06.11.20 NHH loyihalari
06.11.20

Qator qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish rejalashtirilmoqda

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilingan, asosiy oʻzgartirishlar tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar berishni tartibga solishga yoʻnaltirilgan.

06.11.20 NHH loyihalari
06.11.20

Davlat xaridlarida tovarlarni tanlashni cheklashmoqchi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi 302 nomdagi xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar va xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan xizmatlarni xarid qilishni vaqtinchalik taqiqlash yoki chegaralashni taklif qilmoqda.

06.11.20

Ish beruvchi xodimni ishga tiklashga rozi boʻlmaganda

Mehnat shartnomasi bekor qilinishiga rozi boʻlmagan xodim sudga murojaat qildi. Sud ishdan boʻshatish holatini noqonuniy deb topib, xodimni avvalgi ishiga tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Ushbu qarordan norozi boʻlgan ish beruvchi nima qilishi lozim?

05.11.20

“Muddatli” shartda ishlovchi xodimni “kasallik ta’tilida” ishdan boʻshatish mumkinmi

Muddatli mehnat shartnomasini bekor qilish xususiyati shundan iboratki, uning amal qilish muddati tugagandan soʻng taraflarning har qaysisi – xodim yoki ish beruvchi – ikkinchi tarafning xohish-istagidan qat’i nazar mehnatga oid munosabatlarni bekor qilishga haqli.

05.11.20

IT-parkning faoliyat yuritish tartibi takomillashtirildi

Raqamli iqtisodiyot YaIMning kamida 30%ga oʻsishini va jamiyat hayotining barcha sohalari rivojlanishini jadallashtirishni ta’minlaydi.

05.11.20

Oʻzbekiston elektr energetika kompleksiga $457,8 mln yoʻnaltiriladi

Ulardan $200 mln - OTBning krediti, qolganini mahalliy korxona va tashkilotlar kiritadilar.

05.11.20

Davlat ishtirokidagi korxonalar ochiq-oshkora faoliyat yuritadi

Ular oʻz veb-saytlarida ustav fondi, davlat ulushi, moliyaviy natijalar, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari, ish oʻrinlari soni, boshqaruv va nazorat organlari tarkibi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni e’lon qiladilar.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.