Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq qoʻmitasi rasmiy tushuntirishlar xizmatini ishga tushirdi Buxgalter uchun qoʻllanma: Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining reyestrlari kompaniyalarni xavfli bitimlardan qanday himoya qiladi Norezidentga xizmatlar koʻrsatishda QQS mavjud boʻlmaganda
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
16.12.19

Ziddiyatlar boʻlmaydi – biznesni tugatishning yangi tartibi qonunlarda qayd etildi

Tadbirkorlik sub’yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi.

13.12.19 NHH loyihalari
13.12.19

Oʻzbekistonda oʻrta biznes toifasi shakllantiriladi

QHTBT portalida Prezidentning «Oʻrta biznesni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

13.12.19

Yangi import bojlariga tuzatish kiritilmoqda

2020 yil uchun tasdiqlangan transport vositalari boʻyicha ayrim stavkalarni pasaytirishga qaror qilindi.

13.12.19

1 yanvardan boshlab 28 ta ma’lumotnoma butunlay bekor qilinadi

Bu davlat organlarida qogʻozbozlikka qarshi kurashishga yordam beradi va amaldagi byurokratik tizim oʻrniga zamonaviy raqamli texnologiyalarni ancha faol joriy etishga turtki beradi.

13.12.19

2020 yil uchun Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun e’lon qilindi

Prezident 9.12.2019 yildagi “2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-589-son Qonunni imzoladi.

12.12.19

Monopolist korxonalar sonini kamaytirish rejalashtirilmoqda

Amaldagi «Raqobat toʻgʻrisida» va «Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida»gi qonunlar bitta «Raqobatni himoyalash toʻgʻrisida»gi qonunga birlashtiriladi.

12.12.19

Suv ta’minoti sohasida – qayta tashkil etish va vakolatlarni qayta taqsimlash

Prezidentning 26 noyabrda imzolangan Farmoni va qarorida sohadagi islohotlarning navbatdagi bosqichi nazarda tutilgan.

12.12.19

Hokimliklar vakolatlari qayta koʻrib chiqildi

Prezident 9 dekabr kuni byurokratik toʻsiqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilishga qaratilgan qarorni imzoladi.

11.12.19

2020 yilda aksizlar qanday oʻzgaradi?

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ishlab chiqariladigan tovarlarga (koʻrsatiladigan xizmatlarga) aksiz soligʻi stavkalari tasdiqlandi.

11.12.19

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan toʻlovlar ketma-ket ikkinchi yil kamaytirilmoqda

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan summalari tasdiqlandi.

11.12.19

Jismoniy shaxslar uchun ijaraning eng kam stavkalari 6-25%ga oshirildi

“2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun bilan ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi. Ulardan 2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan koʻchmas mulkni va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladi.

10.12.19

Buxgalteriya hisobida soliq va bojxona imtiyozlari qanday aks ettiriladi

Siz oʻz imtiyozlaringizni 2019 yilda toʻgʻri hisobga oldingizmi? 17 dekabr kuni «Norma» kompaniyasi mahsulotlari foydalanuvchilari uchun bepul vebinar oʻtkaziladi.

10.12.19

MIZ ishtirokchilariga koʻproq imtiyozlar beriladi

“Maxsus iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida”gi Qonun 9 dekabr kuni ikkinchi oʻqishdan oʻtdi.

10.12.19

Deputatlar yangi tahrirdagi Soliq kodeksini qabul qildilar

9 dekabr kuni Qonunchilik palatasining majlisida ikkinchi oʻqishda «Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi taqdim etildi.

10.12.19

EKIH qonunlardan chiqarildi – endi qanday hisoblanadi

Bunga javobni 50 dan ortiq qonun hujjatlariga, shu jumladan 12 ta kodeksga kiritilgan tuzatishlardan topish mumkin.

10.12.19 NHH loyihalari
10.12.19

Soliq toʻlovchilar qanday segmentlanadi

DSQ Moliya vazirligi bilan birgalikda soliq organlarida soliq xatarlarini baholash va soliq toʻlovchilarning insofliligini segmentlash mezonlari boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqdi.

10.12.19 NHH loyihalari
10.12.19

Tadbirkorlik sub’yektlarining elektr tarmoqlariga ulanishi soddalashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi QHTBT portalida joylashtirildi. Maqsad – hisoblagichlarni tekshiruvdan oʻtkazish va xarajatlarni optimallashtirish.

09.12.19

Retseptsiz preparatlar kamaydi

Retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi roʻyxati e’lon qilindi.

09.12.19

«Non uchun» kompensatsiya – kimga va qancha

Moliya vazirligi Pensiya jamgʻarmasining un va qolipli non olish uchun kompensatsiya berilishi toʻgʻrisidagi tushuntirishini e’lon qildi.

09.12.19

Iste’mol savatchasi hisoblanadi, uch darajali pensiya ta’minoti joriy etiladi

Yaqinda boʻlib oʻtgan yigʻilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

09.12.19

Onlayn-NKM va virtual kassa qanday oʻrnatiladi va roʻyxatdan oʻtkaziladi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilindi.

09.12.19

Oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtadigan dastlabki 10 ta OTM belgilandi

Ular Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 dekabrdagi 967-son qarorida keltirilgan.

09.12.19

Prezident 92 nafar mahkumni afv etdi

Tegishli Farmonga sharh “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

09.12.19

Chiqindi poligoni turar joylardan 500 metr narida joylashtiriladi

Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma tasdiqlandi.

09.12.19

Qimmatli qogʻozlar faqat joylashtirilganidan keyin sotiladi

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan qimmatli qogʻozlar muomalasi maxsus tartibi belgilandi.

06.12.19

Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qanchaga tushadi

Ob’yektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi.

06.12.19

Bu qanday ishlaydi: qurilish boshlash haqida xabarnoma

Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Kompaniya yangiliklari
Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.

Xu­su­siy tad­bir­kor­lar­ning ka­me­ra­la­ri xav­fsiz­lik ka­ma­ri taqil­ma­gan­li­gi­ni qayd eta­di

Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.

Bo­la­lar­ga nis­ba­tan zoʻra­von­lik uchun ja­vob­gar­lik ku­chay­ti­ril­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.

Yay­lov­lar­dan foy­da­la­nish­ning yan­gi qoida­la­ri jo­riy etil­moqda

Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.