Investitsiya loyihalarini boshqarish Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasiga yuklatildi
Prezidentning 21.06.2018 yildagi «Xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ–3796-son qarori imzolandi
JIDUga kirish uchun – dastlabki imtihon, soʻng test sinovlari
Prezidentning 21.06.2018 yildagi qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʻqishning yangi muddatlari, shuningdek 2018/2019 oʻquv yilida oliy ta’lim muassasasiga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi
Qanday moliyaviy xizmatlar QQSdan ozod etiladi
Qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan moliyaviy xizmatlarga taalluqli operatsiyalar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritildi
Raqamli tovarlar qanday sotiladi va sotib olinadi
QHTBT portalida Raqamli tovarlar bilan bogʻliq bitimlarni rasmiylashtirish va ularning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda
Qanday qilib turizm biznesini yanada samarali qilish mumkin?
Turizm sohasida biznes yuritmoqchimisiz? Ushbu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyoz va preferensiyalardan iloji boricha samarali foydalaning
SAP-forum: korxona boshqaruvini qanday qilib avtomatlashtirish va soddalashtirish mumkin
Hammamizning oʻzimizga xos jihatlarimiz, har birimizning oʻz ehtiyojlarimiz bor. Zamonaviy texnologiyalar ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqara oladi. Toshkentdagi SAP-forumda shu haqda va umuman zamonaviy korporativ ilovalar yordamida biznes-jarayonlarni optimallashtirish toʻgʻrisida soʻz bordi
Muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi va oldindan toʻlov uchun nega jazolaydilar?
Shartnoma tuzish chogʻida oldindan toʻlovning eng kam miqdori uning summasining 15%ini tashkil etadi. Xaridor tovarlar (xizmatlar, ishlar)ni olgach, 90 kun ichida ularning haqini toʻlamasa, sotuvchida muddati oʻtib ketgan debitorlik qarzi yuzaga keladi. Buning uchun mansabdor shaxslarga jarima solishlari mumkin. Bugungi kunda ushbu choralar dolzarbmi? Hech boʻlmaganda xususiy biznesni jarima sanksiyalaridan ozod qilish lozim, – deb hisoblaydi Jorilla Abdullayev
Notarius xizmatlariga haq toʻlash osonlashdi
Notariuslar xizmatlariga endi Click va Payme haq toʻlash tizimlari orqali haq toʻlash mumkin. Ilgari xizmatlar haqini faqat UPAY vositasida toʻlash mumkin edi
Avtomashina yuridik shaxsdan 30 kungacha notariussiz ijaraga olinadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar 10 dan ortiq masalani koʻrib chiqdilar
Mikrokredit tashkilotining filialini ochish osonlashdi
Markaziy bank Boshqaruvining qarori (13.06.2018 yilda 2093-9-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi
Oʻrmonlar dronlar yordamida monitoring qilinadi
Vazirlar Mahkamasining 16.06.2018 yildagi 455-son “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimida "Oʻrmontexnoservis" davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Reabilitatsiya vositalari ishlab chiqarishga – soliq va bojxona imtiyozlari
Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarning moddiy-texnika bazasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi
1 iyuldan importni dastlab chegara oʻtkazish punktlarida deklaratsiyalash mumkin
Davlat bojxona qoʻmitasining qarori (18.06.2018 yilda 2418-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi
Dori vositalariga qat’iy narxlar bekor qilindi, preparatlarning xorijda roʻyxatdan oʻtkazilganligi tan olinadi
Prezidentning 20.06.2018 yildagi «Dori vositalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish samaradorligini oshirish va aholini ular bilan ta’minlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni imzolandi
Yozuvchilar uyushmasi: har bir boʻlinmaga 500 mln soʻmdan
Vazirlar Mahkamasining 13.06.2018 yildagi 451-son “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi
Kim yirik soliq toʻlovchi hisoblanadi
DSQning qarori (roʻyxat raqami 3023, 18.06.2018 y.) bilan Yuridik shaxslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish qanday amalga oshirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarori bilan Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Toshkentda «Xavfsiz poytaxt» konsepsiyasi amalga oshirilmoqda
Prezidentning 19.06.2018 yildagi «Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi
NNT adliya organlarini oʻz tadbirlari haqida qanday xabardor qiladilar
Adliya vazirining buyrugʻi (1.06.2018 yilda 3020-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Nodavlat notijorat tashkilotlarining oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirlari haqida xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
Onlayn-NKM qachon ish boshlaydi?
Oʻzbekistonda fiskal xotirali onlayn-nazorat-kassa mashinalarini joriy qilishga tayyorgarlik koʻrilmoqda. Yangi tizim qachon ish boshlaydi? Qanday NKMlar qoʻllaniladi? Muxbirimiz tadbirkorlar va iste’molchilarni qiziqtirayotgan savollarga javob topishga urinib koʻrdi
Xalqaro huquq boʻyicha kursda oʻqidingizmi – xorijda stajirovka oʻtaysiz
Vazirlar Mahkamasining 14.06.2018 yildagi 453-son qarori bilan Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar boʻyicha qisqa muddatli professional oʻqitish kurslari toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi
Fargʻona vodiysida 6 700 dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari (11.06.2018 yildagi 437, 438, 439, 441-son) bilan Fargʻona, Namangan va Andijon viloyatlaridagi ayrim tumanlar aholisining bandligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi
Moddiy-ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish uchun shpargalka
Moddiy-ishlab chiqarish zaxiralari (MIZ) hisobini qanday qilib toʻgʻri yuritish mumkin? «TRI-S-Audit» auditorlik kompaniyasi mutaxassisi Vera Tyurina maslahat beradi
6 oyda yuriskonsult boʻlish mumkin
Adliya vazirligining xabar berishicha, Vazirlar Mahkamasi Oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqladi
Bitta tashqi savdo kontrakti doirasidagi mahsulot 1 yilga sertifikatlashtiriladi
Oʻzbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi (13.06.2018 yilda 1458-4-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) bilan Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi
2019 yil 1 yanvardan patent bojlari va toʻlovlarini pasaytirish rejalashtirilmoqda
QHTBT portalida intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir «Yoʻl xaritasi» muhokama qilinmoqda
Haydovchilarning malakasini oshirish: 1 avgustgacha – faqat «Avtotest»da
2018 yil 1 avgustgacha korporativ avtotransport haydovchilarining malakasini oshirish mutlaq huquqi «Avtotest Report» MChJ va kamida 51%i ushbu kompaniyaga tegishli tashkilotlarda saqlanadi
Davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishi tartibga solinadi
QHTBT portalida Oʻzbekiston Respublikasi davlat qimmatli qogʻozlari chiqarilishlarini joylashtirish, muomalada boʻlishi va toʻlovining amalga oshirilishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasi e’lon qilindi. Hujjat Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Xususiy tadbirkorlarning kameralari xavfsizlik kamari taqilmaganligini qayd etadi
Yoʻl harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalariga qoʻyiladigan talablar yangilandi. Kameralar avtomobillar davlat raqami belgilarining kamida 95 foizini tanishi, haydovchining yuzi va xavfsizlik kamaridan foydalanishini qayd etishi lozim. 1 noyabrdan boshlab yoʻl-patrul xizmati inspektorlari 1.1 va 1.3 yoʻl chiziqlarini bosib oʻtishning ayrim holatlarini huquqbuzarlik sifatida rasmiylashtirmaydi.
Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1180-son Qonun ayrim ogʻir jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilishni, bolalarga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan ta’lim tashkilotlari xodimlarini ishdan boʻshatish uchun qoʻshimcha asoslarni, shuningdek jabrlangan voyaga yetmaganlarga davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.
Yaylovlardan foydalanishning yangi qoidalari joriy etilmoqda
Yaylovlar uchun oʻtlatish me’yorlari, «yashil», «sariq» va «qizil» toifalarga ajratish hamda sugʻurta joriy etiladi. Mahalliy aholi uchun bepul jamoat yaylovlari tashkil qilinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


