Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Aksiz soligʻini avtomatik hisoblash: Soliq qoʻmitasi oktyabr oyi uchun yangi hisobot shakllarini ochdi Farmatsevtika mahsulotlari bozorida yuridik shaxslar uchun qoidalar qanday oʻzgaradi 2027 yilda yongʻin xavfsizligi: biznesning yangi majburiyatlari va javobgarligi
Barcha yangiliklar Kompaniya yangiliklari Ommabop maqolalar
Barcha yangiliklar
05.10.26

Cpeleoturizm qanday rivojlantiriladi

2026-2028 yillarda gʻor turizmi salohiyati yuqori boʻlgan ob’yektlarda turizm infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish rejalashtirilgan. Investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani yaratish, xalqaro miqyosda targʻib qilish hamda tabiiy va madaniy merosni muhofaza qilish va xavfsizlik choralarini kuchaytirish koʻzda tutilgan.

05.10.26

Kadrlar tayyorlash ish beruvchilarning buyurtmalariga bogʻlanadi

2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida bitiruvchilarni keyinchalik ishga joylashtirish sharti bilan korxonalarning buyurtmalari asosida dual ta’lim tizimi joriy etiladi. Talabalar nazariy ta’limni korxonalarda amaliyot bilan birga olib boradi, ish beruvchilar esa subsidiya va boshqa qoʻllab-quvvatlash choralariga ega boʻladi.

02.10.26

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqarmoqda

Davlat korxonalari va muassasalarini saqlab qolish, xususiylashtirish, qayta tashkil etish yoki tugatish zaruratini aniqlash uchun ularning faoliyatini har yili baholash joriy etiladi. Davlat ulushlarini xususiylashtirishdan oldin Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining tegishli sohadagi raqobat holati toʻgʻrisidagi xulosasi ham talab etiladi.

02.10.26

Bandlik va ishsizlikni hisobga olish tartibi oʻzgarmoqda

Mehnat resurslari, bandlik va ishsizlik toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirishning yangi tartibi tasdiqlandi. Ishlovchilar, oʻzini oʻzi band qilganlar, ishsizlar va aholining boshqa toifalari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar turli idoralarning ma’lumotlar bazalaridan toʻplanadi va «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo platformasi orqali uzatiladi.

02.10.26

Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kengaytirilmoqda

Qishloq xoʻjaligi sub’yektlari uchun bir qator yangi subsidiyalar, jumladan, paxta hosili, yem-xashak ekinlari va sovutilgan goʻsht importi uchun toʻlovlar koʻzda tutilgan. 2027 yildan boshlab tajriba tariqasida suv tejovchi sugʻorish texnologiyalari uchun «natijaviy subsidiya» ham joriy etiladi.

30.09.26

Koʻp qavatli uylar qurilishi ustidan nazorat kuchaytirildi

Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat boʻyicha hududiy inspeksiyalarning ruxsati talab etiladi. Bunday ruxsatnomasiz koʻp qavatli uylarni qayta qurganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etildi.

30.09.26

Pensiya tizimi yangi raqamli formatga oʻtkaziladi

2027 yil 1 yanvardan boshlab Pensiya jamgʻarmasi fuqarolardan qogʻoz shaklidagi hujjatlar va ma’lumotlarni qabul qilishni toʻxtatadi, «Mening pensiyam» xizmati orqali esa kelajakdagi pensiya miqdorini hisoblash va mehnat staji toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish mumkin boʻladi.

29.09.26

Paxtachilikni rivojlantirishda «Yangi agronom» va «Ustoz-shogird» tizimlari joriy etilmoqda

Mutaxassislarga zamonaviy agrotexnologiyalar oʻrgatiladi, ilgʻor agroklasterlar va fermer xoʻjaliklari oʻrtasida mentorlik aloqalari rivojlantiriladi. Muvaffaqiyatli «oʻqituvchilar» oʻzlariga biriktirilgan fermerlarning hosildorligini oshirganliklari uchun pul mukofotlari olishlari mumkin boʻladi.

28.09.26

Mahallalar hududlarni koʻkalamzorlashtirishda faol ishtirok etadi

1 oktyabrdan Oʻzbekistonda ikki oylik obodonlashtirish kampaniyasi boshlanadi, 2027 yildan esa mahallalarda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha yangi chora-tadbirlar paketi joriy etiladi. Mikrooʻrmonlar va mini bogʻlar tashkil etish, mahallalarga mutaxassislarni biriktirish, yashil maydonlar uchun yerlardan foydalanishning yangi qoidalari belgilandi.

28.09.26

1 oktyabrdan nimalar oʻzgaradi

Norma.uz portali 2026 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy oʻzgarishlar sharhini taqdim etadi.

25.09.26

Sun’iy intellektga asoslangan dasturiy mahsulotlarning yagona reyestri yaratiladi

«Taklif soʻrovi» asosida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinishi mumkin boʻlgan sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi tasdiqlandi. Bunday xaridlar qiymati BHMning 2 500 baravaridan oshmasligi kerak.

25.09.26

Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini boshqarish tizimi isloh etilmoqda

Prezident farmoni bilan energetika sohasini rivojlantirishning yangi tamoyillari, jumladan, bozor mexanizmlarini kuchaytirish, raqobatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etish belgilandi. 2026 yil yakuniga qadar iste’molchilarni 2050 yilgacha energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash konsepsiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

24.09.26

Toshkentda jarima maydonchalariga oid ma’lumotlar elektron formatga oʻtkaziladi

2026 yil 1 oktyabrdan boshlab tajriba tariqasida jarima maydonchalariga ushlab turilgan avtomobillarni olib kirish, saqlash, hisobga olish va olib chiqish «Jarima maydonchasi» elektron moduli orqali amalga oshiriladi. Transportni olib chiqish uchun ruxsatnoma ham QR-kod bilan elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

24.09.26

Korxonada baxtsiz hodisa yuz berganda nima qilish kerak

2026 yil 1 dekabrdan boshlab mehnat faoliyati bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish «Xavfsiz mehnat» tizimi orqali sun’iy intellekt yordamida amalga oshiriladi. Yangi qoidalar, shuningdek, xodimlarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararni maxsus tekshirish va qoplash tartibini belgilaydi.

23.09.26 NHH loyihalari
23.09.26

Yangi pensiya strategiyasi: soliq imtiyozlari oʻrniga biznes uchun subsidiyalar

Prezidentning «Aholi farovonligini ta’minlash va pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi (Loyiha IDsi:10855).

23.09.26

Talabalar oʻrtasida olimpiadalar oʻtkazish tartibi yangilandi

Talabalar oʻrtasida oʻtkaziladigan respublika va xalqaro fan olimpiadalari gʻoliblari shuningdek, ularning oʻqituvchilari bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Xalqaro olimpiadada birinchi oʻrin uchun talabaga BHMning 100 baravari, oʻqituvchiga BHMning 50 baravari miqdorida mukofot beriladi.

23.09.26

Xavfsiz ish muhitini ta’minlash choralari kuchaytirilmoqda

Yangi tizim xodimlarga nisbatan tazyiq, jinsiy shilqimlik, zoʻravonlik, psixologik bosim, ta’qib va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan. Murojaatlarni raqamlashtirish, murojaatchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va huquqbuzarliklarni yashirishga yoʻl qoʻymaslikka alohida e’tibor qaratilmoqda.

22.09.26

Bilim va malakalarni baholash agentligining vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Uning vazifalariga kirish va malaka imtihonlarini oʻtkazish, milliy sertifikatlar berish, test tizimini ishlab chiqish, ta’lim toʻgʻrisidagi xorijiy hujjatlarni tan olish va ta’lim muassasalarining rasmiy hujjatlarini apostillash kiradi.

22.09.26

Ijtimoiy muassasalar pullik xizmat koʻrsatadi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi muassasalari pullik xizmatlar koʻrsatishi, oʻz mahsulotlarini sotishi va mulkini ijaraga berishi mumkin boʻladi. Olingan daromadlar hisobidan xodimlarga lavozim maoshining 300 foizigacha ustamalar belgilash va har chorakda besh oylik maoshgacha mukofotlar toʻlashga ruxsat beriladi.

21.09.26

Elektrotexnika tarmogʻi uchun qanday soliq imtiyozlari va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari qabul

Prezidentning 12.09.2026 yildagi PQ-325-son qarori bilan yirik investorlarni jalb qilish va mahalliy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash uchun soliq va moliyaviy imtiyozlar belgilandi.

21.09.26

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt toʻloviga chegirma joriy etiladi

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning kunduzgi boʻlimida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari har yili toʻlov-kontrakt qiymatining 30 foizi miqdorida chegirma olishlari mumkin boʻladi. Uni rasmiylashtirish uchun kontrakt.edu.uz orqali ariza berish kifoya.

21.09.26

Uzumning yangi navlarini yetishtirish boʻyicha tajriba stansiyasi tashkil etilmoqda

Akademik M.Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti qoshida oʻsimliklarni «in vitro» usulida yetishtirish texnologiyasini joriy etish, uzumning yangi navlarini tarqatish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy resurstejamkor usullarni joriy etish boʻyicha tajriba stansiyasi tashkil etiladi.

18.09.26

Suv iste’moli monitoringi dronlar yordamida amalga oshiriladi

«Suvxoʻjaliknazorat» inspeksiyasiga suvni tejaydigan texnologiyalar va suv resurslaridan foydalanishni monitoring qilish uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini qoʻllashga ruxsat berildi. Bunda dronlar yordamida oʻtkazilgan tadbirlar tekshiruv hisoblanmaydi va «Yagona davlat nazorati» tizimida roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.

18.09.26

Ta’lim muassasalarida bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish kuchaytirilmoqda

Bir qator NHHga voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun mas’ul shaxslar tomonidan ularga nisbatan jismoniy zoʻravonlik, kamsitish va haqorat qilish uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritildi. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan pedagoglar bir yilga pedagogik faoliyatdan chetlashtiriladi.

17.09.26

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish joriy etiladi

2027 yil 1 iyuldan boshlab shifokorlar va farmatsevtlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2030 yilgacha u ixtiyoriy boʻladi, shundan soʻng faqat roʻyxatdan oʻtgan mutaxassislarga kasbiy faoliyat bilan shugʻullanish huquqi beriladi.

17.09.26

Shifokorlarni tayyorlash «5+1» modeliga oʻtkaziladi

Tibbiy ta’limning yangi tizimi besh yillik ta’lim va umumiy amaliyot shifokori malakasini olish bilan amaliy tayyorgarlikning oltinchi yilini nazarda tutadi. Tor soha mutaxassislarini tayyorlash toʻliq rezidentura formatiga oʻtkaziladi, klinik ordinaturada oʻqish esa bekor qilinadi.

17.09.26

Markaziy bankning asosiy stavkasi oʻzgarishsiz qoldirildi

Markaziy bank boshqaruvi 2026 yil 16 sentyabrdagi yigʻilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

16.09.26

Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda.

Suyultirilgan gaz yetkazib berish sohasida bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va raqamlashtirish yoʻlga qoʻyiladi. Aholini u bilan ta’minlash uchun ixtisoslashtirilgan "LPG-Trade" korxonasi tashkil etilib, ehtiyojmand fuqarolarga davlat tomonidan moddiy koʻmak koʻrsatilishi koʻzda tutilgan.

Kompaniya yangiliklari
17.05.19

Buxgalter boʻlishni xohlovchilar diqqatiga

«Norma» PRM «Buxgalteriya hisobi – noldan balansgacha» oʻquv kursiga taklif qiladi

10.04.19

knigi.uz internet-doʻkoni taklif qiladi

knigi.uz internet-doʻkoni boshlovchi buxgalterlarga foydali boʻlgan kitoblarni taklif qiladi

10.04.19

Foyda soligʻi qanday hisoblanadi, toʻlanadi va u boʻyicha hisobot beriladi

«Norma» PRMda Nigora Madraimovaning 12 va 13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga qabul nihoyalanmoqda

29.03.19

Soliqlar bilan qanchalik tez va oson tanishib chiqish mumkin

Bunda «Norma. Qonunchilik» axborot-huquqiy tizimiga kiritilgan «Soliq navigatori» yordam beradi

28.03.19

Foyda soligʻi. Barchasi hisoblash, toʻlash va hisobot haqida

«Norma» PRM N. Madraimovaning 12-13 aprel kunlari oʻtkaziladigan «2019 yil uchun yangi tartibda foyda soligʻini hisoblash, hisobot topshirish va toʻlash tartibi» oʻquv kursiga taklif qiladi

19.03.19

2019 yilgi soliq qonunchiligi toʻplamini qayerdan sotib olish mumkin

knigi.uz internet-doʻkoni oʻrnatiladigan CD-disk versiyasidagi «Oʻzbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi» normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini e’tiboringizga havola etadi

05.03.19

Ish haqini toʻgʻri hisoblashda kim yordam beradi

Mart oyida «Norma» PRM ish haqini hisoblab chiqarish bilan shugʻullanuvchi barcha mutaxassislarni oʻquv kursi va seminarga taklif etadi. Ekspertlar ushbu mas’uliyatli ishning barcha jihatlari haqida batafsil soʻz yuritib, savollaringizga javob beradilar

05.03.19

Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi

«Norma» PRM N.Madraimovaning «Beshta soliq – hisoblash, toʻlash, hisobot topshirish tartibi» kursiga sizni taklif qiladi

Ommabop maqolalar

Ay­rim shax­slar­ning dax­lsiz­li­gi va im­mu­ni­te­ti­ni buz­gan­lik uchun ja­vob­gar­lik bel­gi­lan­di

14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.

Tad­bir­kor­lik sub’­yek­tla­ri­ning huquqiy himo­yasi ku­chay­ti­ril­moqda

Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.

To­morqa yer ega­la­ri va dehqon xoʻja­lik­la­ri­ga yer so­ligʻining bir qis­mi qan­day qay­ta­ri­la­di

2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.

Pen­si­yalar­ni tay­in­lash boʻyicha ix­cham boshqaruv ti­zi­mi jo­riy etil­moqda

Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ban­krot­lik ja­ra­yoni­da tad­bir­kor­lar­ga max­sus hisob­va­raqlar ochi­la­di

MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

So­liq mu­so­baqasi­da mahal­la­ning gʻolib boʻli­shi qan­day me­zon­lar bi­lan bel­gi­la­na­di

Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).

Suv so­ligʻini siz uchun so­liq or­gan­la­ri hisob­lay­di: tad­bir­kor­lar ni­ma­lar­ni bi­li­shi ke­rak

Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.

Yan­gi­lan­gan oʻzbek alif­bo­si tas­diqlan­di

Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.

Kon­sti­tu­si­yaviy sud toʻgʻri­si­da yan­gi­lan­gan Kon­sti­tu­si­yaviy qonun qabul qilin­di

Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.

Biz­nes­ni roʻyxat­ga olish qan­day oʻtka­zi­la­di

Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.