Ramazon hayiti 2 may kuni nishonlanadi
Prezident tomonidan 30.04.2022 yildagi “Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.
Oliy Majlis Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar qanday qonunlarni muhokama qilishdi?
Senatorlar “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi, “Inson a’zolari va toʻqimalari toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunlar va boshqalarni ma’qullashdi.
Jizzax viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlandi
Dastur aholi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarish qonun bilan tartibga solinadi
Qonunda organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga qoʻyiladigan talablar belgilangan.
Zominda ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi
Ixtisoslashtirilgan prokuratura tabiatni muhofaza qilish va yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni oʻrnatadi.
Qorakoʻlchilar va ipakchilarga berilgan imtiyozlar muddati uzaytirildi
Moliya vazirligi respublika byudjetining qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan 200 mlrd soʻm miqdoridagi kredit resurslarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga tijorat banklariga 10% stavkada ajratadi.
Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatilishi boshlanadi
Moliyalashtirish xizmatlarini xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan ishlab chiqilgan tartibda mikromoliya tashkilotlari koʻrsatishga haqli.
Bolalar orasida YHQ targʻiboti qanday amalga oshiriladi
YHQ targʻiboti maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va maktab oʻquvchilariga yoʻllarda harakatlanish asoslarini oʻrgatishni nazarda tutadi.
Joriy yilning 1 sentyabridan shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruxsat beriladi
Tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmat turlaridan tashqari xizmat turlarini pullik asosda tashkil etishga ruxsat beriladi.
Mamlakatda onalik va bolalikni muhofaza qilish kuchaytiriladi
Shu maqsadda tegishli 2022-2026 yillarda onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Spinal mushak atrofiyasi tashxisi qoʻyilgan bemor bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha choralar koʻrildi
2022 yil 1 maydan boshlab ular uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida multidissiplinar (nevrolog, pediatr, reanimatolog, pulmonolog, ortoped, xirurg) tekshiruv va davolash (operativ kontrakturalar va suyak deformatsiyalarini toʻgʻrilash) jarayoni tashkil etiladi.
2022 yil 1 avgustdan boshlab Mobil-ID tizimi joriy etiladi
Ushbu tizim foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qoʻllamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin.
Andijon viloyatini rivojlantirish boʻyicha besh yillik dastur tasdiqlandi
Dastur aholining mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi
Subsidiya har bir xodimga BHMning 1,5 baravari (405 ming soʻm) miqdorida beriladi.
Senatning yigirma beshinchi yalpi majlisi 2022 yil 28 aprel kuni chaqiriladi
Majlisda “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi, “Qoʻriqlash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunlar koʻrib chiqiladi.
Davlat investitsiyalarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi
Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Kasanachilarga soliq imtiyozlari beriladi
Kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini hisoblab chiqarishda kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50%ga, biroq hisobot davri (bir oy)da koʻpi bilan 1 mln soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha sinov oʻtkaziladi
Qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazishning tashkiliy va metodik prinsiplarini, dasturiy-texnik ta’minoti va ma’lumotlarni qayta ishlashning texnologik jarayonlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Qashqadaryo viloyatini rivojlantirishning besh yillik dasturi tasdiqlandi
Dastur aholi va tadbirkorlar muammolarini bartaraf etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat xizmatlari markazlari uy-joy buzilishi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni boshlaydi
Bu haqdagi ma’lumotnoma 3 ish kuni ichida rasmiylashtiriladi va ariza beruvchining elektron manziliga tegishli xabarnoma bilan yoʻllanadi.
Tuman suv xoʻjaligi xizmatlarining vazifalari belgilandi
Tuman irrigatsiya boʻlimlari tarkibida iste’molchilarga suv yetkazib berish, xoʻjaliklararo sugʻorish tarmoqlaridan foydalanish ishlarini tashkil qilish boʻyicha suv xoʻjaligining maxsus xizmati tashkil etiladi.
Tijorat banklariga 300 mln AQSh dollari ekvivalentida kredit liniyasi ajratib beriladi
Ular 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 10% stavkada milliy valyutada taqdim etiladi.
Respublika byudjeti barqarorligi qanday ta’minlanadi
Boshqa choralar orasida, shunday tartib oʻrnatildiki, unga koʻra, 2022 yilda QQS boʻyicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetiga yoʻnaltirilishi nazarda tutilgan mablagʻlarning 40%i Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetida qoldiriladi.
Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi
U yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning toʻlovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
«Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimida qanday oʻzgartirishlar boʻldi
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish uchun ma’muriy javobgarlik kiritildi (qayta takrorlansa – jinoiy javobgarlik).
Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari uchun yer uchastkalarini ajratish tartibi takomillashtirildi
Shu maqsad bilan tegishli «Yoʻl xaritasi» tasdiqlandi.
“Oltin aksiya” tushunchasi qonunchilikdan chiqarib tashlandi
Korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish uchun bir qator qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritildi.
Ayrim shaxslarning daxlsizligi va immunitetini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
14.10.2026 yildagi OʻRQ-1182-son Qonun bilan daxlsizlik va immunitetga ega boʻlgan shaxslar roʻyxati belgilandi, ularni javobgarlikka tortish tartibi belgilandi va ularga berilgan huquqlarni buzganlik uchun jazo choralari belgilandi.
Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy himoyasi kuchaytirilmoqda
Qonunchilikni buzgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan huquqiy choralarni qoʻllash imkoniyatini, shuningdek huquqbuzarlik bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik faoliyatini tezda tiklash imkoniyatini cheklaydigan ayrim ma’muriy tartib-taomillar bartaraf etildi.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklariga yer soligʻining bir qismi qanday qaytariladi
2027 yilda Namangan viloyatida tomorqa yerlari va dehqon xoʻjaliklari yerlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishdan yuqori daromad olayotgan fuqarolarga yer soligʻining bir qismini qaytarish boʻyicha tajriba oʻtkaziladi. Belgilangan talablar bajarilganda toʻlangan soliqning 90 foizi qaytariladi.
Pensiyalarni tayinlash boʻyicha ixcham boshqaruv tizimi joriy etilmoqda
Tajriba-sinov doirasida Pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari davlat pensiyalarini tayinlash, qayta hisoblash, pensiya turini oʻzgartirish hamda toʻlashni tashkil etish boʻyicha vakolatlarga ega boʻladi. Tajriba loyihasi 2026 yilning oktyabr–dekabr oylarida boʻlib oʻtadi, 2027 yilning yanvar oyidan boshlab esa yangi mexanizmni butun mamlakat boʻylab joriy etish rejalashtirilmoqda.
Bankrotlik jarayonida tadbirkorlarga maxsus hisobvaraqlar ochiladi
MB bank hisobvaraqlarini ochish, yuritish va yopish qoidalarini yangiladi. Oʻzgartirishlar reabilitatsiya, tashqi boshqaruv yoki tugatish tartib-taomillaridan oʻtayotgan tadbirkorlar uchun maxsus hisobvaraqlar ochishni nazarda tutadi, shuningdek, fuqarolarning oʻz bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytiradi.
Soliq musobaqasida mahallaning gʻolib boʻlishi qanday mezonlar bilan belgilanadi
Vazirlar Mahkamasi Soliq qoʻmitasining raqamli ma’lumotlari asosida mahallalarni baholash mezonlarini tartibga soluvchi «Eng yaxshi soliq toʻlovchi mahallalarni aniqlash mezonlari va tartibi toʻgʻrisida»gi nizomni tasdiqladi (09.10.2026 y. 548-son VMQ).
Yangilangan oʻzbek alifbosi tasdiqlandi
Prezident tomonidan «Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi Qonun imzolandi, u yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Suv soligʻini siz uchun soliq organlari hisoblaydi: tadbirkorlar nimalarni bilishi kerak
Hukumat soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish boʻyicha tajribani boshlayapti: 2027 yildan boshlab Toshkentda soliq organlari tadbirkorlik sub’yektlari uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobotlarni mustaqil ravishda shakllantira boshlaydi. Yangilik qishloq xoʻjaligi korxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlarga taalluqli boʻladi.
Konstitusiyaviy sud toʻgʻrisida yangilangan Konstitusiyaviy qonun qabul qilindi
Prezident 14.10.2026 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida"gi OʻRQ-1181-son Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi.
Biznesni roʻyxatga olish qanday oʻtkaziladi
Oʻzbekistonda biznesni roʻyxatga olish boshlandi. Yirik korxonalardan tortib oʻzini oʻzi band qilganlar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan sub’yektlargacha barchasi roʻyxatga olinadi.
Yangi sonlarda oʻqing
2026, 10 noyabr№ 45
- Yoshlarning startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda
- Kamroq aralashuv koʻproq foyda
- Nafaqalar toʻlash, muddatidan oldin pensiya olish va nogironligi boʻlgan shaxslarni parvarish qilishni rasmiylashtirish toʻgʻrisida: nimalarni bilish kerak
- Qurilish faoliyatining huquqiy asoslari
- Hisobvaraqlar rejasi bilan qanday ishlanadi


